O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
PQ-4300-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
1-ILOVA
Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r
|
Xo‘jalik jamiyatining nomi
|
Joylashgan manzili
|
Sotilishi belgilangan aktivlar (foizda)
|
davlat ulushi
|
xo‘jalik boshqaruvi organining ulushi
|
Moliyaviy institutlar
|
4.
|
“Kafolat” AJ (1) (2)
|
Toshkent shahri
|
25,0
|
-
|
Qurilish
|
5.
|
“Qizilqumsement” AJ (2)
|
Navoiy viloyati
|
35,9
|
-
|
6.
|
“Kvars” AJ (1) (2) (6)
|
Farg‘ona viloyati
|
74,98
|
-
|
Yog‘-moy tarmog‘i
|
7.
|
“Yevrosnar” MChJ
|
Buxoro viloyati
|
51,0
|
-
|
8.
|
“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ
|
Samarqand viloyati
|
64,9
| |
9.
|
“Urganch yog‘-moy” AJ
|
Xorazm viloyati
|
60,3
|
-
|
10.
|
“Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ
|
Toshkent shahri
|
51,0
|
-
|
11.
|
“Farg‘ona yog‘-moy” AJ
|
Farg‘ona viloyati
|
84,5
|
-
|
12.
|
“�arshi yog‘ ekstraksiya” AJ
|
Qashqadaryo viloyati
|
51,0
|
-
|
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish
|
13.
|
“N.A. Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ
|
Samarqand viloyati
|
71,2
|
-
|
14.
|
“Namangan vino” AJ
|
Namangan viloyati
|
57,24
|
-
|
15.
|
“Shoxrud” AJ
|
Buxoro viloyati
|
51,0
|
-
|
Kimyo sanoati (1) (2) (5)
|
17.
|
“Farg‘ona azot” AJ
|
Farg‘ona viloyati
|
48,05
|
2,95
|
18.
|
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
-
|
51,0
|
19.
|
“Dehqonobod soda zavodi” MChJ
|
Qashqadaryo viloyati
|
-
|
51,0 ortiq
|
Elektr energetika tarmog‘i
|
20.
|
“Angren IES” AJ
|
Toshkent viloyati
|
-
|
99,0
|
21.
|
“Yangi Angren IES” AJ
|
Toshkent viloyati
|
-
|
99,59
|
Neft-gaz tarmog‘i
|
22.
|
“Buxoroneftgazparmalash” AJ
|
Buxoro viloyati
|
-
|
51,24
|
23.
|
“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ
|
Buxoro viloyati
|
-
|
74,0
|
24.
|
“Qashqadaryoparmalash ishlari” AJ
|
Qashqadaryo viloyati
|
-
|
51,0
|
25.
|
“№eft va gaz quduqlarini sinash” AJ
|
Qashqadaryo viloyati
|
-
|
73,87
|
26.
|
“Surxon parmalash ishlari” AJ
|
Surxondaryo viloyati
|
-
|
51,0
|
27.
|
“Andijonneftgazquduq-ta’mirlash” MChJ
|
Andijon viloyati
|
-
|
100
|
28.
|
“Farg‘ona neftbazasi” MChJ
|
Farg‘ona viloyati
|
-
|
100
|
29.
|
“Guliston neftbazasi” MChJ
|
Sirdaryo viloyati
|
-
|
100
|
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 06/20/5992/0581-son)
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita zaruratga ko‘ra mazkur Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
Sotilishi belgilangan davlat ulushi yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushi miqdori o‘zgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
1) aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan umumqabul qilingan xalqaro baholash standartlari asosida amalga oshiriladi. Aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilganda baholash hisobotlarining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi. Baholovchilarni tanlab olish eng maqbul takliflar asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi, bunda baholash xizmatlariga haq to‘lash aksiya paketlari (ulushlar) sotilishi belgilangan xo‘jalik jamiyatlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
2) sotish investitsiyaviy vositachilar yoki konsultantlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
3) aksiyalarni ommaviy joylashtirish (SPO)ga mo‘ljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan so‘ng SPO yo‘li bilan realizatsiya qilinadigan qo‘shimcha ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
4) ustav kapitalining amalda shakllangan qismidan kelib chiqib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO)ga mo‘ljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud bo‘lganda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan so‘ng IPO yo‘li bilan realizatsiya qilinadigan qo‘shimcha ulushni sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
5) sotish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ–4265-son “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
6) SPO orqali 20 foiz aksiya paketini bosqichma-bosqich ommaviy joylashtirgandan so‘ng, 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni kiritish yoki uchinchi shaxslarga qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish sharti bilan. Bunda, ommaviy joylashtirishning avvalgi bosqichi yakunlangandan so‘ng salohiyatli investor mavjud bo‘lganda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi SPO yo‘li bilan realizatsiya qilinadigan qo‘shimcha ulushni mazkur salohiyatli investorga sotish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |