RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZMIDAGI ILG’OR TAJRIBLAR TAHLILI
M.A.Yo’ldosheva
Guliston davlat universiteti, maftun1996@mail.ru
magistrant
Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yuqori sur’atlarda rivojlanishi jamiyat a’zolarining ijtimoiy tafakkuridagi ijobiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir. Jamiyatda yashayotgan kishilarning tafakkurida ijobiy o’zgarishlar hosil qilmoq uchun, eng avvalo ta’lim tizimida tub burilishlar bo’lishi lozim.
Mamlakatda bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan Milliy dastur barcha ta’lim tizimlari oldiga “…ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash” vazifasini qo’ygan bo’lsa-da, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishining holatini uchala bosqichda ham to’liq amalga oshirildi deb bo’lmaydi.[1] Bu holni maktabgacha ta’lim tizimida ham uchratish mumkin. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlashda chet mamlakatlar ilg’or tajribalaridan, xususan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiy, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning tajribalarini ta’lim tizimiga joriy qilish zarur. Quyida rivojlangan xorijiy davlatlar maktabgacha ta’lim tizmidagi bir nechta ilg’or tajriblalarini tahlil qilamiz.
Bolalar bog’chasi — olmonlar boshlab bergan va ko’pgina xorijiy mamlakatlar tomonidan o’rganilib, qabul qilingan muassasadir. U davlat ta’lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo’llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. Bolalar bog’chasi ta’sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar, ba’zi hollarda esa korxonalar va ittifoqlardir. Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o’qishdir. Bolalar bog’chalari oiladagi tarbiyani qo’llab-quvvatlashga, shuningdek keyingi hayoti va ta’lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning rivojlanishidagi kamchiliklarning o’rnini to’ldirishga qaratilgan.[3]
Nemis pedagoglari iste’dodsiz bolaning o’zi yo’q deb, hisoblaydi. Shunga ko’ra ular o’quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” deydi mashhur faylasuf Rene Dekart.[2] Olmon bog’chalarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda bolaning, hatto xato bo’lsa-da, mustaqil fikri bo’lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va pedagoglar o’rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi. Maktabgacha ta’lim tizimining hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o’z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang’ich ta’limga tayyorlashda o’rni katta. Shu bois ham Germaniyada bu tizim “tafakkur ustaxonasi” deb ataladi.
Yaponiyadagi MTM larda tarbiyaning eng muhim vazifasi bolani gapga quloq soladigan kattalar gapini bo’lmaydigan va hushxulq etib tarbiyalashdir. Yaponlar oilasida bola tarbiyasi haddan ziyod yumshoq bo’lib bolaga kamdan-kam biror narsani ta’qiqlashadi. Ammo ko’cha-ko’yda tanimagan begona odamlar bilan iloji boricha kirishimlilik bilan gaplashish o’rgatiladi. Shuning uchun bog’chada ko’p marotaba virtual hayotdagi tanishuvlar, maner tarbiyasi o’rgatiladi. Bolalarga etiket normalari, ularni qachon va qanday sharoitda qo’llash o’rgatiladi.
Yaponiya tarbiyachilari bolalarni tarbiyalashda bolalarni o’zaro munosabatlarini hisobga oladi bolalarni “xan” nomli kichik guruhlarga bo’lib chiqadi. Bu jarayon tarbiya jarayonida muhim hisoblanadi. Kichik guruhlarning har birining o’zining stoli, o’rni, shaxsiy nomi bo’ladi. Guruh nomi bolalar tomonidan har bir guruh a’zosining fikrini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu bolalarni o’z fikrini mustaqil bayon etish hamda qaror qabul qilishga o’rgatadi. Gruppa 6-8 boladan iborat bo’lib, ular qobiliyatlariga qarab emas, balki ularning faoliyatlarini yanada samarali bo’lishini hisobga olib taqsimlanadi. Bolalarga guruhda ishlash jarayonida tengdoshining fikrini tinglash va o’zini nazorat qilishni o’rganadi.Guruhlarning bu tarkibi doimiy emas. Har yili guruh tarkibi boshidan tuziladi. Guruh a’zolari tarkibini bunday o’zgartirish bolada sotsializatsiya jarayonini yanada samarali kechirishda yordam beradi.[5]
Isroil davlati tamoyilga ko’ra bola hech narsaga majbur emas. Ularning oilasida bola soni ko’p bo’lishi kerak. Isroilliklarning bola tarbiyasiga doir yondashuvi o’ta sabrlilik bilan olib boriladi. Isroilda bolalarning sog’lom va baxtli bo’lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitar yaratib qo’yilgan. Mamalakatda asosan maktabgacha yoshdagi bolalarga e’tibor katta. U yerda maktabgacha ta’lim tizimining o’ziga xos jihati ta’lim-tarbiya jarayonida turli qattiqqo’l streotiplardan xolilik, ma’lum qoida va reglamentlardan voz kechish hisoblanadi. Bu bolaning bog’chadan ishlayotgan har bir shaxsga bo’ysunishdan saqlaydi va u erkin tarbiya topadi.[4]
Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimining ilk bo’g’inini yanada takomillashtirishda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizim oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |