Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet329/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Адабиётлар:

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: ―Ўзбекистон НМИУ, 2017 й.

  2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й.

  3. Ибрагимова Г. Интерфаол ўқитиш жараёнида ўқитувчиларда креатив функцияни ривожлантириш. Монография – Тошкент: “Фан технология”, 2011 й.

  4. Холиқов А. Педагогик маҳорат.: Иқтисод-молия. 2010 й.


INTEGRATSIYA VA ENEYJEYZERLAR
Mamatqulova Mavjuda Shakirovna
Guliston shahar 16-maktabning
Rus tili fani o’qituvchisi


Vaqt oliy hakam. Davr rivojlanishdan to’xtamaydi. Dunyo yangiliklarga boyib, eskilarini unutib borishda moil. Biroq shunday haqiqatlar bo’ladiki, ming yillar davomida o’rni ortib boradi. Kunlardan bir kun ko’l bo’yida qorni och qolgan bir kishi baliq tutib turgan donishmandga duch kelibdi va unga murojaat qilib: “Men ochman, menga yordam ber!”. Baliqchi, keksa donishmand unga quyidagicha javob beribdi: “Men senga baliq berishim mumkin, sen tez to’yasan va biroz vaqt o’tgach, huddi shunday yana och qolasan va mendan yana yordam so’raysan. Men senga qarmoq, berishim mumkin, lekin u qachondir sinib qolishi mumkin, unda sen menga yana murojaat qilishingga to’gri keladi. Yaxshisi, men senga qarmoq yasashni va u orqali baliq tutishni o’rgataman, bu uzoq va qiyin, lekin keyinchalik senga mening yordamim kerak bo’lmaydi. O’z yo’lingni tanla ”., – debdi…
Aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan rivoyat, yaxshi o’qituvchi o’quvchiga “qarmoq yasashni” va shu bilan yasalgan qarmoqdan qanday qilib baliq tutishni o’rgatishi va aqlli o’quvchi esa uni o’rganishi lozim. O’quvchilar “qarmoq yasashni” qanchalik tez va mustahkam o’rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj bo’lmasdan o’z “ov uslublariga” ega bo’ladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo’l kelishini tadqiqotchilar tomonidan turli ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan ko’pgina pedagogik tajribalarining natijalari tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar o’z sohalari bo’yicha olib borayotgan mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalarni o’z o’rnida qo’llashni bilishlari o’ta zarur.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatib kelingan edi. Bunday usul o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni biroz so’ndirar edi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan mashg’ulotlar talaba (yoki o’quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Bugungi ta’limning oldidagi maqsadlardan biri innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Quyida interfaol ta’lim yuzasidan bir qancha munosabatlar yuritilgan. O’quvchilarga taqdimot taqdim etiladi. 1-taqdimotda berilgan slayd orqali har qanday o’quvchiga javob berish uchun murojaat qilish mumkin. Bunda o’quvchi maxsus monitorda ko’rsatilib turilgan 1-slayddan xohlagan raqamini tanlash imkoniyatiga ega. Tanlangan raqam ostida bir savol mavjud. Raqam ustiga sichqoncha tugmasini bir marta bossak, uning ostiga berkitilgan savol paydo bo’ladi(2-slayd). Raqam ostiga bekitilgan savol manitorga chiqqach, uni o’quvchi o’qib shu savolga javob beradi. Slaydlar ketma-ketligi qanday joylashtirilishidan qatiy nazar, o’quvchi belgilagan raqam ostidagi savol monitorda hosil bo’ladi. Savol (2-slayd) paydo bo’lgach unda quyidagicha qismlar mavjud: savol, raqam, javob. Bularning asosiy qismi savol bilan bog’liq bo’ladi. Raqam esa ushbu savol raqamidir. Javob qismida esa har bir o’quvchi javob berib bo’lgach “Javob” tugmasini bosganimizda savolning to’g’ri javobi hosil bo’ladi(3-slayd). Uchunchi bosqichda slayd 2 qismdan iborat. Bular: javob va uycha rasmlaridir. O’quvchi bergan javobini yoki uning xatoligini 3-slayd orqali bilishi lozim. Bunda u to’g’ri jabob berganligini biladi yoki o’z xatosini tushunib yetadi. Bunday ko’rgazmalilik orqali mustahkamlash darslari yaxshi samara beradi. O’quvchilarni qiziqtirishning bunday yo’li ko’rgazmalilik asosida tashkil etilishi dars samarasini oshirish bilan birgalikda o’qituvchining ishini ham osonlashtiradi. Keyingi slaydlar shu tariqada ishlatiladi. Javoblar va uycha yozilgan 3-slayddagi uycha qismiga sichqoncha tugmasi bosilganda 1-slaydga qaytib boriladi. Bu esa yana savol tanlash imkoniyatini beradi. Aytaylik, 26 raqami tanlansa, shu raqam ostidagi savol hosil bo’ladi. Savolga javob berilgach, javob tugmasi bosiladi va to’g’ri javob hosil bo’ladi. Javob aniq bo’lgach uycha rasmi bosiladi va yana 1-slaydga qaytib ketiladi. Bu esa voroq-voroq qog’ozlarda ishlashni oldini oladi va ishni ancha osonlashtiradi.
Bunday darslar oralig’ida turli eneyjeyzarlarini ham o’tkazib turish mumkin. Ulardan birini quyidagicha tashkil qilish mumkin:
Dastlab sinf bir necha guruhlarga bo’linishi lozim. Birinchi guruhdagi o’quvchilar orasidan bitta o’quvchi tanlab olinadi va ikkinchi guruh o’quvchilari o’zlarini turli hatti-harakatlari bilan uni chalg’itishadi. 4-5 nafar ishtirokchilar turli hatti-harakat qilganlaridan keyin birinchi guruh ishtirokchisi ularni qaytarib berishi lozim. Masalan, ikkinchi guruh ishtirokchilaridan biri qo’llarini ko’tarib tushirishi, ikkinchisi boshini qimirlatib, yo’talib olishi, uchinchi ishtirokchi esa, kitoblarini bir-bir varoqlab olishi mumkin, to’rtinchi ishtirokchi doskaga chiqib nimanidir yozib keyin joyiga borib o’tirishi lozim. Shundan so’ng birinchi guruhdan tanlab olingan 1-a’zo ikkinchi guruhdagi yuqorida keltirilgan 4 nafar o’quvchini hatti-harakatini takrorlab beradi. Agar harakatlar to’g’ri topilsa, a’lo baho oladi. Bu mashq bilan o’quvchilarni qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda xotirasini ham mustahkamlaydi. Bu o’yinni o’quvchilar zerikib qolishganida darsga jalb qilish maqsadida o’tkazish o’rinlidir.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish