Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet327/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Адабиётлар рўйхати:
1. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2008.
2. Ғозиев Э.Ғ. Психология (Ёш даврлар психологияси). -Т.Ўқитувчи. 1994 й.
3. Кайковус. Қобуснома. –Т.: “Мерос”, 1992.
4. Маҳмудов И. Бошқарув психологияси. –Т.: “Akademiya”, 2006.


MA’NAVIYAT – TARBIYANING NEGIZI
Uralov Azamat Begnarovich
Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM,
Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri, fil.f.b.fal.dok.
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo’q ondin
Navoiy hazratlari ashorlarida bitilganidek insonni so’zlash madaniyati hayvondan ajralib turishini belgilagan bo’lsa, fikrlash qobilyati insonni insondan ajratib turuvchi jihatdir. Ma’naviy komillik tushunchasi har bir insonga xos bo’lib, uni har kim o’zicha tahlil etadi. Binobarin, komillik sari intilgan har bir banda bu yo’ldan albatta o’tishadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ma’naviy boy, sermulohazali, dunyoqarashi keng, eng muhimi chiroyli notiq, qolaversa, ma’daniy shakllangan, o’z ustida tinimsiz ishlaydigan, insonlarga imkon topib yordam beradigan shaxslargina bunday baxtlarni yaxshi his qilishadi.
Inson ma’naviyatini shakllantirishda ilmiy va badiiy adabiyotlarning o’rni alohida ekanligi ma’lum. Jumladan, ma’naviyatli inson o’qishdan to’xtamaydi, buyuklar aytganidek:
“Insonlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”. Kitoblar insonni ma’naviyatini boyitish bilan bir qatorda, dunyoqarashini ham, fikrlash qobilyatini ham o’zgacha charxlaydi. Bu bilan esa inson ma’naviyati yetuklik sari asta sekin qadam tashlab boraveradi. Borib-borib vaqtlar o’tishi bilan yig’ilgan tafakkur durdonalari jamiyat uchun xizmat qiladigan bir yo’nalish sifatida namoyon bo’ladi. Inson ongi qanchalik rivojlanib bormasin, u yana o’qishga, bilim olishga intilishi so’nmaydi, akchincha kuchayib boradi.
Eng avvalo, dars jarayonidagi ma’naviyat haqida to’xtalib, o’qituvchining har bir xatti-harakati bola uchun o’rnak bo’lishligi aniq, deb hisoblaydigan bo’lsak, ikkinchi tomondan qaralganda u yo’naltirayotgan yo’nalish yoki berayotgan bilimning har bir nuqtasi ostiga bekitilgan ma’naviyat haqida ham to’xtalib o’tish kerak. Binobarin, har qanday jamiyatda kelajakni yoshlar qurishadi. Ertangi kun uchun bugundan boshlangan ijobiy tadbirlar albatta o’z samarasini beradi.
Milliylik tushunchasi har bir qadamimizda dush kelishimiz mumkin bo’lgan o’zligimizga xos va mos mentalitetimiz yig’indisidir.
Inson tafakkuri qanchalik rivojlansa, uning o’y fikrlari, dunyoqarashi, qolaversa, butun borliqni tushunish va anglash ko’nikmasi ham shu darajada shakllanib boradi. Milliy g’oyani bola ongiga singdirishning yo’llaridan biri bu ularning ongiga ta’sir etish hisoblanadi.
Agar har bir ota-ona o’z farzandi o’qishi uchun jon kuydirib harakat qilsa, uning o’quv faoliyati haqida qiziqsa, maktablarga, kollejlarga lozim bo’lsa, oliygohlarga borib ularning nima ish bilan shug’ullanayotganliklarini ko’rib, ulardan xulosa chiqarib tursa, albatta, bola shaxsini komil inson sifatida kamol topishlari uchun qo’shgan dastlabki ishlari bo’lar edi. Afsuski, ko’pgina ota –onalar farzandining o’qish joylariga borish bu yoqda tursin, hatto telefon qilib farzandining qanday muammolari va yutuqlari borligidan xabar ham olishmaydi. Bu bilan biz ota-onalarni yomonlashdan ancha yiroqmiz, biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, har bir inson kamolotga yetishish davrida o’z ota-onalari mehri va e’tiboriga muhtoj bo’lishadi. Bu muhtojlik o’z vaqtida qondirilmasa, bola izdan chiqib ketishi mumkin. Shaharga o’qish uchun yuborilgan talaba dastlabki kunlarda o’qishga bo’lgan munosabati yaxshi bo’ladilar(aksariyat hollarda). Keyinchalik ota-onalari farzandlariga haddan ziyod ishonib qoLishlari natijasida bolalar turli yo’llarga kirib qolishlari mumkin. Bunda ta’lim muassasalarini ham ayblari bor, lekin muassasada 6 soat o’qishlari mumkin. Qolgan vaqtlardagi (18 soat) u muassasadan tashqarida bo’lishadi. Shu bois bolaning asosiy vaqtlari uyda va ko’chada bo’lishi bilan belgilanadi. Bola shaxsi tarbiyasi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmagan holda, ta’lim muassalarida berilgan bilim va tarbiya jarayonini uyda albatta mustahkamlash lozim. Aks holda, e’tiborsiz qoldirilgan o’quvchi turli bahonalar bilan dars tayyorlamaydi yoki davomadi pasayib ketadi. Bu esa borib-borib o’quvchini turli salbiy illatlar orttirib olishlariga xizmat qilsa ajabmas. Ko’rinib turibdiki, milliy g’oyasi shakllanmagan bolada jamiyat bilan aloqa qilish vositasi ham shakllanmaydi. Shu nuqtai-nazardan olib qaraladigan bo’lsa, bola tarbiyasi faqat ta’lim muassasalarida emas yoki faqat ota-onalarning imkoniyatlaridan emas balki ular orasidagi yoki ular o’rtasidagi tinimsiz muloqotlar natijasida yuzaga keladi.
Inson kamol topishida ma’naviyat, milliy go’ya darslarini o’tilishi katta o’rin tutadi. Bola tarbiyasi o’ta mashaqqatli ish bo’lganligi sababli unga berilayotgan tarbiya jarayoni ham keng ko’lamda o’ylanib, ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Insonda Vatan hissi, uni sevish, ardoqlash, o’tmishga hurmat bilan qarash tushunchalari, o’zgalar fikrini hurmat qilish, o’z fikrini erkin bayon qila olish ko’nikmasi maktabdayoq shakllanib boradi. Maktab darsliklarida o’itilayotgan milliy istiqlol g’oyasi fani bugungi kun davr talabi bo’lib qolmoqda. Hozirda dunyo ahlini aqlini shoshirib qo’yayotgan ommaviy mafkura va g’oyalar ham bizni chetlab o’tayotgani yo’q. Ommaviy madaniyat atalmish bizning mentalitetimizga yot bo’lgan G’arbcha mafkuralar yoshlar ongida umuman iz qoldirmayapdi deyish qiyin, albatta. Sababi oddiy, biz ularni qalbiga begona g’oyalarning kirib ketishiga yo’l qo’yib bermoqdamiz. Buning uchun milliy g’oya targ’ibotini chuqurroq olib borish, Vatanni sevish, uni tom ma’noda anglay olish zarur.
Hayotning mazmunsizlanishiga asos bo’luvchi beg’amlik haqida I.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham alohida to’xtalib dushmandan qo’rqmaslik, nari borsa u o’ldiradi, do’stdan ham hayiqmaslik u ham nari borsa siringni sotadi, ammo loqayddan qo’rqish, u qilayotgan ishlarga loqaydlik bilan jim qarab turaverishi insonning qalb-qalbigacha ta’sir etishligi alohida aytilgan.
Har bir o’quvchilarimiz qalbiga nur bag’ishlayotgan milliy istiqlol g’oyasi bugunning dolzarb mavzulari bo’lishi lozim. Bola tarbiyasi haqida fikr yuritish kerak bo’lsa, bolaning sog’lom bo’lishi bir tarafdan jismoniy harakatlar bilan bog’liq bo’lsa, boshqa tamondan qaralganda albatta bola ruhiy sog’lom bo’lishi talab etiladi. Bunda har bir o’quvchining fikrlashi, dunyoqarashi, bilim darajasi va saviyasi inobatga olinishi kerak. Bilim olish jarayonini kitoblar va turli gazeta va jurnallar bilan bog’lash mumkin, ammo shuni alohida takidlash joizki, bilim olishning zamonaviy usullaridan biri bu fan texnikaning rivojlanishiga ham bog’liqdir. AKT va YPT davr talabi bo’lib turgan bir paytda izlanuvchan o’quvchi va talabalar (o’qituvchilar ham) internet atalmish o’rgamchak to’ri ta’siriga tushib qolish holatlari ham kuzatilmoqda. Bu jarayonning ilk ko’rinishlari telefonlardir. Ota-ona o’z farzandlari haqida ma’lumot olib turishlari uchun telefon olib berishadilar. Keyinchalik bu telefonlar yaxshirog’iga (oxirgi modeldagi-internet ishlatish uchun qulay bo’lgan) almashtirish hollari ularning internet haqida dastlabki tushunchasini shakllanishiga asos bo’ladi. Bu bilan esa dastlab maktab o’quvchilari internetdan qanday foydalanish sirlarini tengdoshlaridan o’rganishlariga to’g’ri keladi. Bora-bora bu o’rgamchak to’ri ta’siriga tushib qolishlariga xizmat qiladi. Biz farzandlarimizga noto’g’ri tarbiya berayapmiz deyishimiz to’g’ri emas, lekin telefondagi internet ma’lumotlarining aksariyat qismi bola shaxsini to’g’ri shakllanishida salbiy oqibatlar keltirishi mumkin.
Shu boisdan farzand tarbiyasida telefonlarni ham qandaydir salbiy illatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishimiz, lozim bo’lsa, bu haqda tarbiya soatlari(uy sharoitida ota-onalar) o’tishimiz kerak. Internetni ishlatilishi bilim olish uchun keng imkoniyat albatta, biroq uning illatlari haqida ham tushunchalar berib borilishi foydadan holi bo’lmaydi. O’rgamchak to’ridagi keraksiz deb topilgan ma’lumotlarni qanchalik sir saqlamaylik ular haqida yoshlarimizning qiziqishlari shu darajada kuchayib bormoqdaki, uni to’xtatish juda mushkul.
Ba`zi o’quvchilar hamisha ustozlarining gaplariga quloq tutadilar va ular bergan bilim bilan bemalol bellashishlari ham mumkin. Ota-onalarining gaplarini ikki qilsa qiladilarki, ustozlarining fikrlariga ergashishadi. Bu esa pedagoglik kasbimizdagi sharafli nuqta hisoblanadi.
Inson ma’naviyati shakllanmas ekan, u olayotgan bilimlar behuda. Shunday ekan har bir olinajak bilim va xulosa muhimdir. Ma’naviyatga e’tibor sust bo’lgan muhitda hech qanday sivilizatsiya bo’lmaydi. Ma’naviyat esa bu bilim, odob, dunyoqarashlarning mujassam shaklidir. Manaviyatli shaxs uchun lozim bo’lgan yana bir tushuncha bor, bu yurt ishqi. Yurt ishqini esa albatta milliy istiqlol g’oyasi beradi.


Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish