Elektron ta`lim resurslari
1. www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublika Xalq ta’lim vazirligi rasmiy sayti.
2.www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portali.
3. lex.uz – O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARI VA PIRLS BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI
Safarova Mohidil Axmadovna
QVXTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang’ich
va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Kalit so’zlar: sinfdan tashqari o’qish, kixobxonlik, mustaqil o’qish, innovatsiya, PIRLS, tеxnologiya, monitoring, ijodkorlik
Ключевые слова: внеклассное чтение, чтение, самостоятельный чтение, инновационный, PIRLS, технология, мониторинг, креативность
Key words: extracurricular rearding, rearding, independent reading, innovation,PIRLS,technology, monitoring, creativity
XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib, aksariyat mamlakatlar tomonidan 2030 yilgacha belgilangan yangi ta’lim konsepsiyasida “butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmoni ham O’zbekistonda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonlifarmonibilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida О‘zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda. Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tajribalarni о‘rganish, mavjud tizimniqiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yо‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan Xalqta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni о‘rnatish, о‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.
Mazkur qarordan maqsad respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni о‘rnatish, о‘quvchi yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodi va ijodkorligini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdir.
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bо‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab о‘quvchilarining matnni о‘qish va qabul qilish bо‘yicha tayyorgarligi hamda о‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bо‘luvchi ta’lim tizimidagi о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, о‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. Endilikda boshlang‘ich 4-sinf ta’lim oluvchilarining matnni о‘qish va tushunish darajasini baholash uchun Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) tadqiqoti joriy etiladi.
Maktab bolani o’qish malakasi bilan qurollantiradi, shuning bilan birga, kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o’qib borishni talab qiladigan, ma’lum bir mazmunga doir kitoblarni tanlay oladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas, balki gazeta va jurnallarni ham o’qiy oladigan aktiv kitobxonni tarbiyalashi lozim. Sinfdan tashqari o’qish tarbiyaning ajoyib quroli sifatida xizmat qiladi, o‘qishga, ko’p narsani bilishga havasini orttiradi. Mavjud daturda sinfdan tashqari o’qish sohasida bolalar egallashi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar belgilab berilgan, bolalar yozuvchilarining ya’ni asarlarini bilish, mustaqil o’qigan kitoblarini to’g’ri baholay olish, kerakli materialni tanlay bilish, o’qish kundaligi yurita olish va hakozo.
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqini rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim.
Sinfdan tashqari o’qish darslari uchun mavzu tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:
Sinfdan tashqari o’qish darslarining mavzusi o’qish darslarining mavzusi bilan uyg’un bo’lishi;
Mavsumiy bo’lishi, ya’ni har bir faslga mos holda tanlanishi;
Bolalarning qiziqishlari hisobga olinishi;
Bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lishi;
O’quvchiga ta’lim berish bilan birga tarbiya berishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyoti o’z oldiga bolalarning yoshi, saviyasiga qarab katta ta’limiy-tarbiyaviy masalalarni qo’yadi. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar, ularning yosh xususiyatlariga mos bo’lishidan tashqari kichkintoylarga tushunarli va qiziqarli bo’lishi zarur. Bolalar adabiyotining maqsad va vazifasi yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berib, ularni davrimizning munosib farzandlari qilib yetishtirishdir.
Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shunday ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. ”Uch og’ayni botirlar”, ”Zumrad va qimmat”, ”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashni kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib borishlari lozim. Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish, yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |