Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet257/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

«Integratsiya» - differensiatsiya jarayonlaridagi fanlarning o’zaro yaqinlashuvi va bog’liqligida ko’rinadi. Integratsiya jarayoni fanlararo bog’liqliqning yuqori shaklida nomoyon bo’ladi.
Integratsiyalash - lotincha «integer» - umumiylik, «integera» - umumiylikni tuldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta’lim mazmunidagi uyg’unliklarni ta’minlash muammolari ham integratsiyalashning shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. U tushunchalarni umumlashtirishni o’rgatish. Ta’lim va tarbiyada esa bilimlar, tushunchalar, ko’nikmalar va malakalarni shakllantirishlarni umumlashtirib, qonun yoki qoida ko’rinishiga keltirishni amalga oshiradi. Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy termin bulib, u umumlashtirish, xulosalashlarda metodologik vosita bo’lib hisoblanadi, chunki uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg’unlik algoritmlari yaratiladi. Pedagogik tadqiqotlarda tadqiqot ob’ekti va metodologiyasiga tegishli ma’lumotlar o’rtasidagi aloqadorliklarni o’rnatish (funktsional bog’lanishlarni) masalalarini hal etishda integratsiyalashdan foydalaniladi.
Tadqiqot ishlami bajarishda va turli fanlardagi ta’lim mazmunlarini umumlashtirish va to’ldirishda integratsiyalash jarayoni doimo qo’l keladi va ko’zlangan maqsadga erishishni kafolatlashga yordam beradi.
Integratsion tizim - bu to’liq dunyoqarashga ega, o’zida bor bilimlarni mustaqil tizimlash qobiliyati va turli xil muammolarni yechishda noan’anaviy yondashadigan to’liq ma’lumotga ega yosh insonni tarbiyalashga imkon beruvchi o’qitishning differentsiyasidir (turlanishidir).

  • O’qitish maqsadidagi integratsiya - bu o’quvchini o’qitishni birinchi qadamlaridanoq olamni bir butunlikda va uni barcha elementlari o’zaro bog’liqligi haqida tasavvur berishdir.

  • Integratsiya — an’anaviy ta’lim vositasi; oldin mavjud turlangan bilimlar kesishuvida bilmaganlarni to’ldirib olish, ular orasidagi mavjud aloqani o’rnatish; o’qitishda mavjud tor ixtisoslashuvni yangilash bilan o’quvchini bilim darajasini oshirish.

Ta’lim jarayonida integral yondoshuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:

  • Evristik suhbatlar;

  • Umumiy suhbatlar;

  • Ekskursiyalar;

  • Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar;

  • Ta’limning ko’rgazmali, metodlari;

  • Mustaqil ishlar;

  • O’qish, matematika darslarida og’zaki rasm chizish;

  • Imo-ishorali ko’rinishlar (pantomimalar);

  • Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish;

  • Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda);

  • O’lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, yechish va boshqalar.

Integratsiyalashgan darslardan maqsad,o’zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog’liqlik, o’zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli - tumanligi haqida keng va eng asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar(tabiiy,ilmiy,tarixiy,axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg’u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko’rinishini tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyosi ham o’zini o’rganuvchi, tekshiruvchi o’rniga qo’yadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, integratsion ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog’likligini ko’rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog’liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o’rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang’ich maktab amalga oshirishi kerak.
DIDAKTIK - TA’LIMIY RESURSLARNING AHAMIYATI VA ULARNING
DARSLARGA TATBIQI
Sanaddinova Nazira
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 5-umumta’lim
maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Inson ijtimoiy munosabatlar tizimining ko’p qirrali, murakkab qismidir.U, bir tomondan, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo’lsa, ikkinchi tomindan , o’zi ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etadi. Uzluksiz ta’lim jarayonida darsni samarali tashkil etish ko’p jihatdan uning turli o’quv vositalari - tarqatmalar, axborot kommunikatsion texnika vositalari , ko’rgazma bilan boyitilganligiga bog’liq.
Pedagogik faoliyat, hayotda yuzaga keladigan har qanday vaziyatda kasbiy- shaxsiy o’sishga olib keladigan holatni yaratish, o’qituvchiga xos kreativlik, ijodkorlik, kashfiyotchilik xususiyatlarini saqlashga intilish ham zamon bilan hamnafaslikni anglatadi. Uzluksiz ta’lim jarayonida o’qituvchiga xos bo’lgan yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olish kutilgan natijani beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, bugun nafaqat o’qituvchining kasbiy mahoratini tashqi omillar ta’sirida takomillashtirish, balki uning o’zini rivojlantirish uchun sharoit va motivatsiya yaratish, ichki intilishlariga asoslanish muhim bo’lmoqda.
Ta’lim berishdan ko’zda tutilgan, olinadigan ma’lum hajmdagi bilimdan maqsad- o’quvchilarning maktabdagi faoliyati zamonaviy ta’lim talablari asosida tashkil etilishi, shaxsga yo’naltirilgan ta’limning mazmun-mohiyatini tushunishi, bunda o’quvchi shaxsini hurmat qilish, uning tabiiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktik-o’quv topshiriqlari yaratish, ularni izlanishga, o’quv tadqiqotlari qila olishga yo’naltirish , o’quvchining dars jarayonidagi o’z faoliyatini baholay olish, hamkorlikda ishlash ko’hikmalarini , qolaversa, bilish ehtiyojini shakllantirish , mustaqil fikrlay olishi uchun muammoli vaziyatlar yaratish, qisqasi, munosib o’quv muhiti bilan ta’minlash “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ekanligini anglatish o’quvchini aniq va puxta bilimlar bilan qurollantirishimizga bog’liqdir. Ma’ruza darslarining an’anaviy shakllaridan voz kechib, uni qiziqarli va samarali tashkil etish, buning uchun darsni kerakli didaktik-ta’limiy resurslar, topshiriqlar bilan ta’minlash, uni tayyorlash bo’yicha tavsiyalar berish maqsadimizdir.
Inson axborotni qabul qilishiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:
1 . Abstrakt tafakkurli.

  1. Konkret-obrazli tafakkurli.

  2. Vizuallar.

  3. Audiallar.

  4. Kinestetlar.


Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish