1. Do`konda tushgacha diagrammada ko`rsatilgan miqdordagi mahsulotlar sotildi. Tushdan keyin ham shunchadan sotilgan bo`lsa, bir kunda qaysi mahsulot ko`p va qancha sotilgan?
A)Un 500 kg B)Un 1000 kg D)Guruch 800 kg E) Shakar 300 kg
2 . Voleybol maydonining eni 18 m, bo`yi enining qismiga teng. Maydonning yuzini toping.
A)79cm2 B)160 cm2 D)162 cm2 E)102 cm2
3. Qaysi avtomobil 100 kmga ko`proq yoqilg’i sarflaydi?
A) Spark B) Cobalt D) Malibu E)Tracker
4. 6 dan 2 qismi bo`yalgan shaklni toping.
5. Yashil rangda sabzi, qizil rangda pomidor ekilgan maydon tasvirlangan. Sabzi ekilgan maydonning yuzini toping.
A)24 m2 B) 48 m2 D)96 m2 E) 52 m2
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
TIMSS topshiriqlarni berish jarayonida oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlab olamiz.
BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH YO`LLARI.
Qaraqulova Mamlakat Xudoyqulovna Mirzaobod tumani
5-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Muammoli o`qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog J.Dyuining nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi.J.Dyui o`qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy,konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so`z, san‘at asarlari, texnik qurilmalar, o`yinlar va mehnat.Bugungi kunda, muammoli o`qitish deganda mashg`ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o`quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o`quvchilar kasbiy bilimlarga, ko`nikmalarga, malakalarga ega bo`ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.Muammoli o`qitish, o`qitishning shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub‘ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o`ziga xos qiziqish uyg`otishdir.
Muammoli o`qitish, o`qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqni o`zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.Muammoli vaziyatlar kiritilib, an‘anaviy, bayon etish o`quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi,o`quvchi uni yechishga yo`naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o`qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo`lishi individual holat bo`lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
-o`quv fani va darslar mavzusini o`rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash;
-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;
-o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
-zarur o`quv vositalarini tayyorlash;
-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko`rsatish;
-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
-o`quvchilarning muammoni hal etishda yo`l qo`yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko`rsatish;
-o`quvchilarning noto`g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to`g’ri yo`lni topishlariga ko`maklashish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |