CAD/CAM/CAE TIZIMLARINI O`QUV JARAYONIGA QO`LLASH TAJRIBASI VA AHAMIYATI Ibragimov Ulug`bek Muradilloyevich Buxoro muhandislik texnologiya instituti Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini o`rganish dolzarbligi nafaqat dasturiy ta`minotni ishlab chiqaruvchilar orasida muhandislik xizmatlari bozorida raqobatni kuchayishi bilan bog`liq, balki korxonalarda ushbu dasturiy ta`minotlardan foydalanuvchlar sonini oshishi bilan ham bog`liqdir. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalsh dasturlari qoida bo`yicha detallar va bog`lamlarni zaruriy hajmlari va formalarini olish uchun uch o`lchamli geometrik modellashtirish texnologiyalarini qo`llashadi, natija sifatida yarimavtomatik chizmalarni shakllantirish va standartga mos ularni rasmiylashtirish imkonini beradi. Shuni tushunish kerakki, mos dasturiy vosita yordamida loyihalash ob`yektini uch o`lchamli virtual aks etish loyihalashda, texnologik ishlab chiqarish va texnikaning barcha sohalarida maxsulotni tayyorlash katta potentsialga ega. O`zida barcha konstruktorlik-texnologik ma`lumotlarini saqlovchi uch o`lchamli kompyuter geometrik modeli, loyihalashning boshqa ichki tizimlariga grafik ma`lumot almashinishi sifatida standart fayllar import/eksporti orqali yoki to`g`ridan-to`g`ri uzatiladi. Ushbu model aralashgan avtomatlashtirilgan loyihalash (kinematik tahlil, yig`ma modellar va hokazolar), muhandislik tahlili, SDB(sonli dasturiy boshqaruv) qurilmalari uchun tayyorlash va muhandislik hujjat aylanishini boshqarish vazifalarini yechish uchun xizmat qiladi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi 2015 yildan buyon magistratura mutaxassisligi uchun “Muhandislik loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (CAD/CAE/CAM)” fani kiritilgan. Ushbu fan doirasida quyidagi dasturiy maxsulotlar imkoniyatlari bo`lajak muhandisga o`qitilib kelinmoqda:
PowerShape - dasturida uch o`lchamli modellarni yaratish va eksportlash;
SolidWorks – uch o`lchamli modellarni tayyorlash va simulyatsiyalash jarayonlarini ko`ib chiqish;
Feature CAM – tizimida jarayonlarni simulyatsiyalash va NC kodlarni generatsiyalash;
SRP Player – Roland MDX-40A rusumli sonli dasturiy boshqaruvga ega bo`lgan qurilmada detallarni tayyorlovchi dasturiy vositada freyzalash jarayonini amalga oshirish;
Adams – dasturida jarayonlarni simulyatsiyalash ketma-ketligini ko`rib chiqish;
ARTCAM - dasturida uch o`lchamli modellarni yaratish va eksportlash.
Bunda o`quv jarayoni shunday tashkil etilganki, ushbu fanni yakunlagan muhandis mutaxassis o`zining geometrik modellashtirish va muhandislik tahlil bilimlarini kelajakdagi loyihalarda va aniq bir muhandislik masalalarni yechishda qo`llashi mumkin bo`ladi. Bundan tashqari bo`lajak muhandis mutaxassis kafedra laboratoriyasida mavjud Roland MDX-40A freyzali uskunada va Ultimaker 3D printerida real ishlash tajribasiga ega bo`ladi.
Rasm-1. Talaba magistrant Roland MDX-40A freyzalash uskunada ish ustida.
Rasm-2. Ultimaker 3D printeri.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bugungi kunda nafaqat “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” mutaxassisligi balkim, Respublikamizning muhandislik institutlarining ko`pgina mutaxassislik va bakalavriat yo`nalishlarida “Muhandislik loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (CAD/CAE/CAM)” fanini kiritishni taklif etgan bo`lardik. Bu esa tayyorlanadigan muhandislar sifatini oshirishga olib keladi. Hamda yuqorida sanab o`tilgan va foydalaniladigan ta`lim uchun arzon hamda sifatli qurilmalardan foydlanish bo`lajak muhandis nafaqat nazariy bilimlarga, balkim yetarli tajribalarga ega bo`lishiga zamin yaratadi.