Interaktiv metodlar — bu jamoa bo'lib fikr yuritish, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshirilishi.
Innovatsion texnologiya — pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda, asosan, interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Bunday hamkorlik jarayonining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
o'quvchi-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod bilan izlanishga majbur etishi;
o'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qi-ziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;
o'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshishini rivojlantirilishi;
pedagog va o'quvchi-talabaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
O'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va samarai natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Tasviriy san'at o'qituvchisi har bir darsni oldindan tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib oiishi katta ahamiyatga ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish uchun o'qituvchi badiiy pedagogika, san'at psixologiyasi, xususiy metodika, pedagogik va ax-borol texnologiyalardan xabardor bo'lishi, shuningdek, metodlar va usullarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning maqsadi qisqa vaqt davomida o'quvchilaming imkoniyatlarini hisobga olgan holda keng va chuqur bilim va malakalar berishdir.
Xulosa qilib aytganda, pedagogik texnologiyaning muhim hususiyatlaridan biri bu ta'lim oluvchilarni o'qitish emas, ularni bilim va malakalarini mustaqil egallashlariga qaratishdir. Bunda o'qituvchining vazifasi o'quvchi-larni mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat bo'ladi. Pedagogik texnologiyaning samarasi, asosan, o'quvchilarni tegishli o'quv-metodik majmualar bilan qurollantirishga qaratilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |