Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili o`qish matematika tabiiyot (1-4-sinf)” , — T., 2017-yil.
Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009.
G’afforova T., G’ulomova X. 2-sinfda o’qish darslari. –T.:Sharq, 2003.
U.Masharipova va b. “Ona tili” 1-4-sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma.-T.: “Sharq”, 2014.
PIRLS -- BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI
S.M.Rasulova
Qashqadaryo VXTXQTMOHM
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
rasulova@gmail.com
“Odamlar qachonki o‘qishdan to‘xtashsa,
tafakkur qilishdan to‘xtashadi”
Deni Didro
Annotatsiya
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini aniqlashda PIRLS Xalqaro baholash dasturi xususida bo’lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o’qish savodxonligini baholashga oid asosiy tushunchalar hamda topshiriq keltirilgan.
Annotation
This thesis defination of elementary school students in reading literacy in PIRLS international assessment program, which PIRLS International Study in essense, to assess reading literacy, basic concepts and tasks
Aннотация
Этот тезис связан с Международной программой оценки PIRLS в области чтения в раннем детстве, в которой изложены основные концепции и задачи международной оценки грамотности PIRLS.
Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda zamonaviy talablarni inobatga olingan holda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasi oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ta’lim sohasida jiddiy qadam edi. Shuningdek, Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O’zbekiston Respublikasida qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Qariyb 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o’rganish sohasida yetakchi tashkilot bo’lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o’rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko’rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o’zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko’plab mavzular bo’yicha o’ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o’tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o’qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo’nalishlarda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |