1. So‘z turkumlari ma'no ifodalashiga ko‘ra quyidagicha:
nomlovchi so‘zlar: ot, sifat, son, fe'l, ravish.
ifodalovchi so‘zlar: undov, modal so‘z, yuklama, taqlidiy so‘z.
ko‘rsatuvchi so‘zlar: olmosh, bog‘lovchi, ko‘makchi.
2.Morfologik jihatidan o‘zgarishiga ko‘ra quyidagicha:
morfologik jihatdan o‘zgaradigan so‘zlar : ot, sifat, son, olmosh, fe'l.
morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan so‘zlar: ravish, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama.
3. Gapda sintaktik vazifa bajarishiga ko‘ra quyidagicha:
sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, taqlidiy so‘z.
sintaktik vazifa bajarmaydigan so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov so‘z. Modal so‘zlar garchand gap bo‘lagi bo‘lmasada, gapda kirish so‘z vazifasini bajaradi.
Lug‘aviy va grammatik ma'noga ega bo‘lib, gapda biror gap bo‘lagi vazifasini bajaradigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi.
Mustaqil so‘zlarda yuqorida sanab o‘tilgan har uch xususiyat u yoki bu darajada mavjud. Masalan, ot va fe'llarda barcha turdagi (so‘z yasovchi, shakl yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi) qo‘shimchalarni olgan holda qo‘llanish xususiyati mavjud bo‘lganidek, olmosh va sonda bu xususiyatlar deyarli yo‘q, yoki mustaqil so‘zlardan olmosh lug‘aviy jihatdan atama bo‘la olmasligi bilan ham ajralib turadi. Ular gapda ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanib, narsa- hodisaning nomi, miqdori belgisi bo‘lmaydi.
Yordamchi so‘zlar lug‘aviy ma'no anglatmaydi. Masalan, uchun, ammo, sayin, bilan, va deganda hech narsani tushunmaymiz. Biroq, til tizimida bu so‘zlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Binobarin, ular so‘z va gaplarni o‘zaro munosabatlarini uyushtiradi (ko‘makchi), so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘laydi (bog‘lovchi), so‘zlarga, ba'zan gapga qo‘shimcha ma'no beradi (yuklama).
Shunga ko‘ra yordamchi so‘zlar ham til tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan so‘zlardir.
O’QUVCHILAR BILIMINI OSHIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
SVXTXQTMOHM
Nizomov Shuxrajon
Respublikamizda tarbiya mazmuni, shakli tubdan o‘zgardi, tarbiyaviy ishlar aniq maqsad tomon yo‘naltirildi, bu jarayonda sub’ektlarning o‘zaro samarali hamkorlikda bo‘lishlari uchun uzviylikda bo‘lgan tarbiya shakli, vosita va usullari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxs qilib yetishtirishda milliy madaniy, ma’naviy, ilg‘or milliy an’ana, urf-odat va umumbashariy qadriyatlar asos bo‘ldi.
Integratsiya - bu, ayrim, bo‘lak, qismlarning birlashib, bir butun bo‘lishidir. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalashda asosiy masala vazifalarning o‘zaro birligini ta’minlashda, avvalo, maqsad, metod, shakl, vositalar va kuzatilgan natijalarni belgilab olishdir.
Hozirgi davrda o‘quv fanlarini integratsiyalash mazmunini, rivojlanish tarixini, fanlarni integratsiyalashning shakli usul va vositalarini aniqlash, uning kelajak istiqbolini belgilash - asosiy vazifa bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, “Fan” so‘zi lotincha “bilm” demakdir. Shu ma’noda fan o‘tmishda ham, hozirda ham, bir tizimga solingan bilimlar birligi deb tushuniladi.
Fan - ma’naviy madaniyatning muhim bir bo‘lagi, insoniyatning eng yuqori shakli, maqul metodlar vositasida erishilgan, aniq bayon qilingan, haqiqiyligi ijtimoiy soha tajribasida isbotlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Demak, integratsiya, bu - ayrim bo‘laklarning qo‘shilib bir butun bo‘lishidir.
O‘quv fanlarini integratsiyalash, bu - turli o‘quv fanlarini sun’iy ravishda bir biri bilan birlashtirish degan (fanlarini) gap emas. Ularni o‘zaro uyg‘unlik, uzviylikda o‘rganish, fanlar o‘rtasidagi umumiy o‘xshashlikni, har biriga xos xususiyatini va har birini hayotga tatbiq etish usullarini puxta, aniq bilib olgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Shundagina o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash shakllanadi, ular mehnat jarayonida ijtimoiy hayot, tabiatda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar o‘rtasidagi uyg‘unlik, uzviylikni chuqur anglab oladilar.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o‘quv fanlarini uzviylikda, izchillikda o‘rganish aniq ifodalangan.
Ta’limni integratsiyalashtirish o‘quvchilarda jo‘shqinlik fanlarni o‘rganishga qiziqish hissini kuchaytiradi, o‘quv fanlari bo‘yicha bilim darajasini oshiradi, ularning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, o‘quv materiallarinig o‘zaro, tabiiy ravishda uzviylikda bo‘lishini ta’minlaydi.
Darsda o‘quvchilarda ongli qiziqish faoliyati, mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanadi, ularda o‘quv faniga nisbatan shaxsiy munosabatda bo‘lish, ijodkorlik hissi shakllanadi. Integratsiyalashtirilgan darsda ta’lim tarbiya uzviyligi ham bir butun holda amalga oshadi. O‘quv fanlarni uzviylikda o‘rganish o‘quvchilar bilimini mustahkamlashning muhim omillaridan biri sifatida o‘quv tarbiya jarayonining ham uyg‘unlikda bo‘lishini taqozo etadi.
Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, ta’lim - aloqa, fikr, tafakkur va bilimlardan iborat. Fanlar o‘rtasudagi o‘zaro uzviylik tabiat va jamiyat voqealari o‘rtasidagi mavjud uzviylikning obyektiv inikosidir. Binobarin, o‘zaro uzviylik tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga xos umumiy va muhim xususiyat sanaladi. Har bir narsa, voqeaning mohiyatini bilish uning boshqa narsa va hodisalar bilan bo‘lgan munosabatini bilishga bog‘liq.
Insoniyatning olamni bilish doirasida ikki tendensiyani ajratib ko‘rsatish mumkin: biri borliqning, dunyoning yaxlit, butun manzarasini ifodalash bo‘lsa, ikkinchisi materiyaning turli ko‘rinishlarini xususiy holda, chuqurlashtirilib o‘rganishdan iborat.
Ta’limda integratsiyani amalga oshirishda uning nazariy asoslarini o‘rganib, ishlab chiqarishgina yetarli bo‘lmay, shuningdek tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari kompleksi ta’minlangandagina o‘z samarasini beradi. O‘zbekistonda bu sohada olib boriliyotgan ishlar tahlili natijasi sifatida quyidagi ayrim yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muofiqdir:
- ta’lim mazmunini integratsiyalash, xususan integrativ darsliklar yaratish ( R. Safarova, F. Musaev U. Musaev, A, Bahromov va boshqalarning ilmiy ishlari). “Integratsiya” atamasining turli talqinlari mavjud bo‘lib, ularning asosida umumiy bir g‘oya yotadi. “Integratsiya” so‘zi matematika bag‘rida XVII asrda vujudga kelgan matematik analizning asosiy tushunchalaridan biri - integral tushunchasi sifatida vujudga keldi. Integral hisobining ijodkorlaridan biri I.Nyuton, G.B.Leybnis egri chiziqli trapetsiya yuzasini shartli ravishda asosi dx va balandligi y bo‘lgan cheksiz ko‘p ensiz qirqimlar yig‘indisi shaklida tasvirlash mumkinligini tasvirladi, uni belgilovchi matematik simvol (j) - lotincha summa-yig‘indi so‘zining bosh harfini bildiradi. Keyinchalik bu so‘z siyosat va fanda keng ma’noda asl mohiyatini saqlagan holda ishlatila boshlandi.
Integratsiyaning komponentlari, ya’ni tarkibiy elemenlari mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasi, ta’siri natijasida muayyayn integratsiya vujudga kelishi haqida gapirish joizdir. Ilmiy integratsiyaning komponentlari bilim va uning tarkibiy qismlaridan iborat bo‘ladi.
Biz matematika ta’limida integratsiya masalalarini tatqiq etar ekanmiz, integratsiya muammosini ikki yo‘nalishda:
ta’lim(fanlar) mazmuni;
o‘qitish texnologiyalari asosida hal qilishni maqsad qilib qo‘ydik.
Ta’lim mazmunini integratsiya etish - fanlararo aloqadorlik vositasida amalga oshirilib, fanlararo darajadagi aloqalarda tayanch predmet maqomi turli variantdan iborat bo‘lishi mumkin. Ikki o‘quv predmeti orasidagi aloqalarni o‘rnatishda, ularni integratsiyalashda vaqti vaqti bilan u yoki bu predmet tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, matematika fanining mohiyati, uning muayyan hodisalarni abstraklashtirib o‘rganishdan iborat, ya’ni matematikalashtirish bilimlar integratsiyasini amalga oshirishning ko‘rinishlaridan biridir.
Darhaqiqat, matematikalashtirish bilimlarni sintez qiladigan qadimgi metodlardan biri. Matematik tushunchalarning umumiyligi asosida ilmiy mulohaza, qonun va prinsiplarning umumiyligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |