1. Закон республики Узбекистан: «Национальная программа по подготовке кадров» Т., 1997.
2.Аппликационные работы в начальных классах. - М.: Просвещение, 1990. - 192 c.
3.Давыдкина, Л. М. Математика. 3 класс. Тренажер.
4.Математика. 4 класс. Сборник текстовых задач. - М.: ВАКО
5.Родин, И. Задачи по математике. 4 класс / И. Родин. - М.: Книга по Требованию, 2005. - 230 c.
TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Yuldashev Shuxrat Shakirovich - GulDU katta o’qituvchisi
Elabatova Shoxsanam, Qo’shnazarova Nozima - GulDU talabalari
Mehnat darslarida turli mehnat faoliyat turlaridan foydalanish jarayonida o`quvchilar tomonidan to`planuvchi tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarining muhim asosini tashkil etadi.
Mehnat darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi bu ularning o`rganilayotgan ob`yekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, darsdan darsga yanada ham aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog’oz turlarini aniqlash, qog’ozning ko`pgina vazifasiga ega bo`lgan material sifatida umumiy xususiyatlarni hamda qo`llanish va foydalanishning cheksiz miqdordagi shartlarini ta`riflash vazifasini qo`yadi.
O`quvchilar tomonidan bajariluvchi kuzatishlar va tajribalarning muhim natijasi – hayot bilan bog’liqlik, bunda olingan bilim va malakalarning joriy o`quv ishlarida, mehnat daslarida turli buyumlarni tayyorlashda amaliy qo`llanishidir.
Kichik maktab bolalarini nafaqat ko`ra olishga, balki o`tkaziluvchi kuzatishlar maqsadini qo`ya olish, eng oddiy, amalga oshirish mumkin bo`lgan tajribalarni tashkil eta olish, o`z kuzatishlaridan xulosalar chiqara olish va bu xulosalardan mehnat jarayonida foydalana olishga o`rgatish juda muhim.
O`qituvchi tomonidan tashkil etiluvchi ko`rsatishlar, kuzatishlar va tajribalarning ko`p qismi odatda o`quvchilar oldin mashg’ulotlar, suhbatlar, ekran qo`llanmalarini ko`rib chiqish jarayonida o`zlashtirgan o`quv materialini takrorlash, mustahkamlash va umumlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu holda maxsus topshiriqlar va rejalar bo`yicha bajariluvchi kuzatishlar va tajribalar kichik maktab o`quvchilariga ularning bilimlarini tizimlashtirish, ularni to`ldirish va aniqlashtirish, boshqa o`quv fanlari bo`yicha olingan bilimlar bilan bog’lash, bilimlarning amaliy ishni bajarish uchun ahamiyatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Turli materiallarning bir turdagi xususiyatlarni aniqlash va taqqoslash uchun o`tkaziluvchi kuzatishlar va tajribalar katta foyda beradi, masalan, qog’oz va gazlamani, loy va plastilinni, iplar va qog’oz shpagati, qog’oz va plastmassa plyonkalarni. Bunda bajariluvchi taqqoslashlar muhim politexnik ahamiyatga ega bo`lib, bolalarga materiallarning farqli xususiyatlari, sifatlarini yaxshiroq o`zlashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |