ARIFMETIK MASALALAR YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISH.
Narmetova Firuza Xabibullayevna
Guliston tuman 70-maktab internati boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang‘ich sinflar matematika darslarida ko‘pgina tushunchalarni hayotiy tajribaga asoslanib o‘qitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko‘rgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo‘llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni yechishda o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o‘zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo‘llash usullarini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Masalalar yechish matematikada o‘qitishni muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Masalalar yechishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural sonlar arifmetikasini o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog‘lanishlarni amalda qo‘llanishlarni bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib berishda har xil miqdorlar orasidan baxolashlar bilan tanishishiga yechish va ular haqida fikr yuritish katta axamiyatga ega bo‘ladi.
Sodda va murakkab masalalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga yashirin ma’lumotni oladi. Masalalarni yechishda predmetga bo‘lgan qiziqishni rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shish va ayirishga o‘rgatish 1 sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik masalalarni echib, hisoblash malakalarini egallab boradi. Bu arifmetik masalalarning ma’nosini tushunishiga hamda unga ongli ravishda yondoshishlar, xatoliklar natija hamda amallar komponenti orasidagi o‘zoro bog‘lanishlarni aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya’ni narsalar ustida ish bajarishdan qo‘shish ayirishdan bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik, ko‘paydi, ayirdik, kamaydi) arfmetik masalalarni yechadilar. Bular yig‘indi va qoldiqni toipishga qaratilgan masalalardir. Bolalarga katta son kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi. Ularni avval 1 soni qo‘shish va ayirish keyinroq 2 va 3 sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi. Masalalar yechish bolalarga avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantiradi. Fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. O‘ylash masalalarni hayotga tatbiq eta olish, har bir amaliarni ma’nosini tushunishdan iboratdir. Qo‘shish amallariga doir masalalar yechishiga to‘plam elementlarini birlashtirish natijasida belgilarni aniqlaydilar amaliarni noma’lum komponenti (noma’lum qo‘shiluvchi, ko‘payuvchi, bo‘luvchi) topishga doir masalani yechayotib bolalar arfimetik amallarni komponentlari va orasidagi bog‘lanishni o‘zlashtiradilar. Masalalar konkret material bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilar yangi bilmlar vujudga keladi va mavjud bilmlar tadbiq qilish mobaynida mustahkamlanib boriladigan holda nazariyani amaliyot bilan o‘qitish tushuntirish bilan bog‘lab olib borish imkonini beradi. Arifmitik masalalar yechish o‘quvchilar kundalik hayotida har kungi o‘quv zarur bo‘lgan amaliy fikrlarini vujudga keltiradi. Hayotdagi harid qilingan narsaning narxini ko‘rishgan narxini olgan narsalarni narxini, ishga kech qolmaslik uchun uydan qachon chiqqanligi haqida fikr yuritiladi. O‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun masalalardan keng foydalaniladi. Masala tuza bilish ko‘nikmasi uning tuzilishini o‘zlashtirib olish uchun zamin yaratadi. Bolalar masala tuzish bilan 2 yoki 3 mashg‘ulot o‘tganidan so‘ng tanishadilar ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar. Masala shartini kamida 2 ta son bo‘lishligi alohida ta’kidlanadi. Masalalar yechish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sentez, taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. O‘quvchi istalgan masalani yechayotganda analiz qiladi savolini masala shartida fikr yuritadi. O‘quovchilar masala yechish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog‘lanishlarini aniqlash uchun fikr yuritadilar. Masalalar yechish mobaynida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan belgilar sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir o‘quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga so‘ngra boshqa turdagi masalalarni yechishga fikr yutita olib negaki masalalar yechish jarayonida berilgan sonlar va noma’lum son orasidagi bog‘lanishni aniqlash buning aloxida arifmetik masalalarni tanlashni o‘rganadilar. YA’ni masalada arfimetik amalni tanlashga o‘tish uchun fikr mulohaza yuritiladi. Masala yechish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi haqida fikr mulohaza yuritadilar og‘zaki yechishda tegishli arfimetik amallar va tushuntirishlar og‘zaki bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda yechiladigan masalalarni deyarli yarmi og‘zaki bajarilishi kerakligi haqida mulohaza qiladilar. Masalalar yechish o‘quvchilarda masala mazmuniga chuqurroq qarash haqida berilgan sonlar va izlanayotgan va orasidagi bog‘lanishni har tomonlama fikrlash qobiliyati rivojlantiradi. O‘quvchilarni mustaqil masalalar yechishiga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ko‘rsatamiz.
1-bosqich masala o‘quvchining yo‘naltiruvchi savollar bo’yicha yechiladi va bu yechish doskada va daftarga bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich masala shartini o‘qituvchi rahbarligida analiz qiladi va yechish rejasini tuziladi. Yechishni o‘z doirasiga yozilmaydi og‘zaki aytilmaydi ham. O‘quvchilar esa uni mustaqil fikr yuritib boradilar.
3-bosqich o‘qituvchi raxbarligida masala faqat analiz qiladi. Yechish rejasi va yechishning o‘zini o‘quvchilar mustaqil bog‘laydi.
4-bosqich masalani o‘quvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish uchun fikr yuritadilar. O‘quvchilarga masalalar yechish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalalar yechish mobaynida iqtisodiy tarbiya berish ham amalga oshiriladi. Iqtisodiy fikrlash va bilish o‘zoro muhim aloqadorlikdadir.
Masalan: Tayyorlangan ozuqa 20 ta sigirga 60 kunga etadi. Shu ozuqa 50 ta sigirga necha kunga etadi?
Yechish: ozuqa 20 ta sigirga 60 kun 50 ta sigirga ozuqa 1 ta 20* 60 = 1200 kunga etadi.50 ta shu sigirga 1200:50=24 kunga etadi
Javob: 24 kunga etadi
O‘quvchilar o‘qituvchining maxsus talab qilishiga muxtoj bo‘lmasdan, o‘zlari masalada nima xaqida so‘zlayotganini ochiq tasavur qilishlari kerak? O‘quvchilarda o‘quv masalalarini mustaqil yechish mahoratini paydo qilish boshlang‘ich ta’limning eng muhim maqsadlaridan biridir.
1) 1 to‘p gazlamadan 30 m oldingisidan 5 marta kam gazlama qirqib olindi.
Tejamkorlik hisobida yana 4 m gazlama qoldi. To‘pda necha metr gazlama bo‘lgan.
Yechish: olindi -tup 5marta kam. Qoldi-?
Yechish; 1 t 30- 5=]50m 150+4= 154m
Javob: to‘pda 154m gazlama bo‘lgan.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushuncha o‘qitilishini arifmetik amallar natijalar va komponetlari orasidagi bog‘lanishning ahamiyatini hisobga olib, matematika o‘qituvchilarining boshlang‘ich ta’lim matematika kursini o‘qitishda o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari, mashqlar yechishda mantiqiy asoslash va fikrlashni talab etadigan biz ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanishlari ularning umuman matematik tayyorgarligi, qiziqish va qobiliyatlari rivojining oshishiga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
Jumayev M.E, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi
Toshkent. “Ilm Ziyo” 2003 yil.
Jumayev M.E, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan praktikum. Toshkent. “O‘qituvchi” 2004 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |