boshlang`ich sinfda Didaktik o'yinlar va ularning ahamiyati.
O`sarova Muqaddas Guliston shahar 10-umumta'lim
maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Didaktik o‘yinlardan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, nutq o‘stirish, tabiat bilan tanishtirish va ekologik ta’lim jarayonini tashkil etishda keng foydalaniladi.
Odatda, o‘quvchining yangi mavzuni o‘zlashtirib olishi uchun turli amaliy mashqlarga murojaat qilinadi. Ammo o‘yin shaklida o‘tkaziladigan mashqlar bolalarning diqqatini ko‘proq jalb qilishi, qiziqtirishi bilan ajralib turadi. Didaktik o‘yinlarda bolalar takrorlash lozim bo‘lgan so‘z yoki harakatni osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar.
Didaktik o‘yinning boshqa o‘yin turlaridan farqi shundaki, undan boshlang‘ich va maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Bola o‘yin jarayonida bilim oladi, malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi. Didaktik o‘yin o‘z ichiga, asosan, quyidagi to‘rt omilni qamrab oladi:
— o‘yinning vazifasi;
— harakati;
— qoidasi;
— yakuni.
1. Har bir didaktik o‘yinda ma’lum maqsadga qaratilgan vazifa qo‘yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va ma’lumot berishni nazarda tutadi.
Didaktik o‘yinda boladan ma’lum vazifani bajarish talab qilingani bois, o‘yin davomida u o‘zining fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, oldingi olgan bilimlarini eslashga harakat qiladi.
Bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlar ularda aniq bilimga, narsa va buyumlarga qiziqish uyg‘otishi, diqqatini jalb qila olishi lozim. Agar o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan vazifa ularning tushunchasiga mos bo‘lmay, bolalarni qiynab qo‘ysa, o‘yin o‘z qimmatini yo‘qotadi. Chunki o‘quvchi qiziqmagach, vazifa bajarilmaydi va kutilgan natijaga erishilmaydi.
Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti - o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
O'yin - bola hayotining uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.
Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi:
1. O'yinning vazifasi. 2. O'yinning harakati. 3. O'yinning qoidasi. 4. O'yinning yakuni.
Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Misol uchun savodxonlik davrining oxirgi oylarida quyidagicha o`yinlardan foydalansak o`quvchilarning o`tilgan darslarini yanda mustahkamlab borishiga sabab bo`ladi.
Bunda o`quvchilar rasmlarga qarab jadvallarni to`ldirib borishadi.
Bu o`yinda o`quvchilar jadvaldagi yozuvlarga qarab rasmlarini topishdi. Bunda o`quvchilardan chaqqonlik, ziyraklik, bilimlilik va mahorat kerak bo`ladi.
Didaktik o'yin dunyoni bilish vositasidir: o'yin orqali bola bola rangi, shakli, tabiiy xususiyatlari, o'simliklar va hayvonlarni o'rganadi. O'yinda bolalar o'ynash, qiziqish doirasini kengaytirish, ta'mi va so'rovlarni aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. O'yinlarning vazifalari va mazmuni bilan qoidalarni o'ylab, ularni asta-sekin murakkablashtirishingiz kerak. Didaktik o'yinni standartlashtirish mumkin emas, bolalar tashabbusi va ijodiga bo'sh joy berish kerak. Bolaning hayotida didaktik o'yin kattalar uchun ish va xizmat sifatida bir xil ma'noga ega. O'yin, ishlash uchun zarur bo'lgan jismoniy va ruhiy ko'nikmalarni oshiradi: faoliyat, ijodkorlik, qiyinchiliklarni bartaraf etish qobiliyati va boshqalar. Bu xislatlar "ishning kuchi va harakati" bo'lgan yaxshi o'yinda o'stiriladi. Xulos sifatida didaktik o'yin bolaning shaxsini har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida ishlaydi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |