TAYYORLOV GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI
Xazratqulova Nigora Abdurashidovna Sirdaryo viloyati
Guliston shahar 13- umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Ma’lumki, har bir inson o’zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko’ra hayotda o’z o’rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo etishi mumkin
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish ta’lim sifatini oshirish ,intellectual salohiyatli,jismonan barkamol avlod ni shakllantirish,aniq fanlarni chuqurlashtirish o’qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo’lib,pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimini yaratish ko’zda tutilgan.
Zamonaviy fanda matematik tushunchalarni rivojlantirishning bir necha yo’nalishlari belgilanadi:falsafa bilimlarining haqqoniylik muammosini ko’rib chiqadi;mantiq tushunchani rivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o’rganiladi ,psixologiya har bir bolaning mustaqil fikrlash jarayonini nimaga ,qaysi fikrlash jarayonlari orqali namoyon bo’lishini ,inson fikrlash jarayoni yordamida noma’lumni ,yangilikni topadi,degan farzni ko’rib chiqadi;pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo’llarini,yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi.
Bolalar bog’chasining turli yosh guruhlarida matematika mashg’ulotlarni o’tkazishda mashg’ulotning davomiyligi ,ularning davriyligi, dastur materialini bo’laklarga bo’lib batafsil taqdim etishning zarurligiga e’tibor qaratiladi.
Maktatabgacha ta’lim massasasi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi :
1. Hayotining uchinchi va to’rtinchi yilida bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish .
2. Bolalarda son –sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish, sanashga o’rgatish .
3. Bolalarda predmetlarning o’lchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
4. Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish .
5. Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish
6, Bolalarda vaqt tasavvurlarni shakllantirish.
7. Bolalar bog’chasida bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha ishni rejalashtirish va qayd qilish.
8. Olti yoshli bolalar bilan matematikaga oid ishlarning mazmuni va metodikasi.
9. Bolalarni matematikaga o’rgatishda bolalar bog’chasi, maktab va oila hamkorligi.
10. Bolalar bog’chasida bolalarda matematik tasasvvurlarni rivojlantirish ishiga metodik raxbarlik qilish.
Mashg’ulotlarni o’tkazishda didaktik materiallar va metodik usullarni almashtirish tushuntirish, namuna, namoyish qilish orqali amalga oshiriladi.
Dastur materialini o’rganishning turli bosqichlarida o’yin usullaridan foydalaniladi.
Matematik bilimlarni o’zlashtirishda amallar va mashqlarning ahamiyati bo’yicha tarbiyachining faoliyatiga qo’yiladigan talablarning bajarilishi pirovard natijaga olib keladi.
Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolishi va taqqoslashning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, to’plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda o’yinlar va o’yin mashqlardan foydalaniladi .
Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda” Ko’p” va ”Bitta”, “Ko’p” va “Kam” o’rtasidagi o’zaro munosabat bilan tanishtirish va butunni elementlarga ajratish, predmetlarni turli belgilar bo’yicha guruhlashga o’rgatish, predmetlarni gorizantal bo’ylab joylashtirishda ko’z va o’ng qo’lning chapdan o’ngga qarab harakatlanishini rivojlantirish holatlari amalga oshiriladi.
Bolalarning son –sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish, sanashga o’rgatish jarayoni sanash va o’lchash jarayonida “Butun sonlar qatori” haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Bolalarda predmetlarning o’lchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish jarayoni o’lchash haqidagi tushuncha, o’chamning asosiy xususiyatlari, ilk va maktabgacha yoshda predmetlarning o’lchami, idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan bajariladi.
Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish etapi sifatida bo’lib unda bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari, tadqiq qilish amallari va ularning shaklini bilishdagi roli, shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so’zning o’rni, geometrik figuralarni turli belgilari bo’yicha guruhlarga ajratish, geometrik figuralarning burchaklari va tomonlarining soni bo’yicha taqqoslash, ularni o’lchash, umumlashtiruvchi tushunchalarni shakllantirish amallari bajariladi.
Matematik masalalarni echish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limda boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |