Синфдан ташқари ишлар — умумий ўрта таълим мактаби ўқув тарбиявий ишининг таркибий қисми, ўқувчиларнинг бўш вақтини ташкил этиш шаклларидан бири. Синфдан ташқари ишлар ўқувчиларни баркамол шахс сифатида шакллантириш ва уларни ҳаётга тайёрлащда кенг имкониятлар яратади. Синфдан ташқари ишларга ўқувчилар билан ўтказиладиган ва уларга тарбия ҳамда билим беришга қаратилган турли хил машғулотлар тизими киради. Бундай машғулотлар педагогик жамоа, синф раҳбари, ёшлар ташкилотлари раҳбарлиги ва болаларнинг ўз-ўзини бошқариш ташкилотлари томонидан дарсдан ташқари вақтда уюштирилади. Ўқувчиларнинг синфдан ташқари ишларни ташкил этишда ўқувчилар саройлари, ёш техниклар, ёш габиатшунослар, ёш сайёхлар клуби ва мактабдан ташқари бошқа муассасалар катта ёрдам беради..
Тарбиявий ишлар системасида мактаб ва мактабдан ташқари муассасалари, жамоатчилик, маҳалла қўмиталари ва оқсоқоллари билан ўзаро ҳамкорлик қилиши ижтимоий ва педагогик жиҳатдан муҳим аҳамиятга эгадир.
Кўриниб турибдики, синфдан ташқари ишларнинг кўринишлари турли-туман, мазмуни бой, ҳатто мактаб тарих курсининг мавзусидан четга чиқиши ҳам мумкин. Шуни айтиш керакки, синфдан ташқари ишларнинг мазмуни қанчалик бой ва турли- туман кўринишларда олиб борилмасин, улар бир мақсадга: таълим-тарбия вазифаларини амалга оширишга хизмат қилади.
Тарбиявий ишларни ташкил этишда ва уларни комплекс ҳал этишда мактаблардаги, гимназия, коллеж ва лицейлардаги маънавий ва маърифий ишлар ташкилотчиси ҳам алоҳида ўрин эгаллайди. Унинг болалар таълим-тарбия муассасалари, синф раҳбарлари, ва жамоат ташкилотлари билан ўзаро ҳамкорлиги алоҳида аҳамиятга эга. Синфдан ташқари ишнинг асосий мақсади ўқувчилардаги фанга бўлган қизиқишни ривожлантириш, уларни дарсда олган билимларини тўлдирувчи ва чукурлаштирувчи, малака, кўникма ва компетенциялар билан қуроллантиришдан иборат.
3-SINF O`QUVCHILARIDA TABIAT DARSLARIDA SHAKLLANTIRILADIGAN TAYANCH KOMPETENSIYA ELEMENTLARI
Azizova Dilnoz Yo`ldashevna
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazio`qituvchisi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-son qaroriga ko`ra davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishni maqsad qilib qo`yilgan.
Kompetentsiyalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim sifati o`quvchilar tomonidan akademik bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi bilan emas, balki hayotiy faoliyatning turli sohalari bo`yicha kompetentsiyalarning
shakllanligi, bir umr o`qib-o`rganishga tayyorgarlik, shaxsiy va kasbiy rivojlanish kabi motivatsiyalarning turg`unlanish darajasi bilan o`lchanadi.
Umumiy o`rta ta’lim tizimida o`quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiat fannini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
3-sinf o`quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1 standart darajasiga ko`ra muloqotga kirishish uchun zarur bo`ladigan og`zaki nutqni o`zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so`z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.
A1+ standart darajasiga ko`ra mavzuga doir tayanch so`z va atamalarni xorijiy tilda ayta olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1 standart darajasiga ko`ra mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
A1+ standart darajasiga ko`ra manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.
O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1 standart darajasiga ko`ra manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash. Dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o`stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug`ullanish, o`zini tuta olish, to`g`riso`z bo`lish, o`zining xatosini tushunish.
A1+ standart darajasiga ko`ra maktabda tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1 standart darajasiga ko`ra davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo`lish; farzandlik va o`quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o`quv qurollarini asrab-avaylash.
A1+ standart darajasiga ko`ra o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish, Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo`lib ulg`ayib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1 standart darajasiga ko`ra o`zi yashaydigan o`lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do`stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo`lish.
A1+ standart darajasiga ko`ra o`zi yashaydigan joyning tabiiy boyliklari haqida kichik referatlar tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1 standart darajasiga ko`ra tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish, jihozlardan foydalana olish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish.
A1+ standart darajasiga ko`ra o`z ehtiyoji uchun kerak bo`lgan narsalardan (suv, yoqilg`i boyliklari) tejab foydalanish; bir kunlik xarajatlarini hisoblashni bilish kompetensiyalarini shakllantirish masalalari qamrab olingan.
Bularni amalga oshirish jarayonida mavzudan kelib chiqib, eng past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni inobatga olgan holda belgilanishini nazarda tutishimiz lozim. Masalan; “Manadiy o`simliklar” mavzusida quyidagi axborot bilan ishlash kompetensiyasi elementini qo`llashimiz mumkin: multimediadan mozaika yasay oladi va o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiya elementi: madaniy o`simliklarga oid qo`shimcha ma’lumotlar topa oladi.
“Tut daraxti. Ipak qurti” mavzusida quyidagi milliy va umummadaniy kompetensiya elementini, ya’ni insonlar mehnatiga va o`simliklarga oqilona munosabatda bo`lish lozimligini biladi.
Xulosa qilib aytganda, tayanch kompetensiyalarni belgilash asosida o`quvchining o`zlashtirish darajalari inobatga oligan holda belgilanishi muhim omil ekanligini unutmasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |