1-qavatdagi xonalardan evakuatsiya chiqish joylari
1-qavat
Vestibul
5.9-band
a)
1-turdagi zina (zina katagidagi, ichki)
Marshrutlarning raqamlari
|
Birinchi qavatdagi xonalardan tashqariga qarab evakuatsiya marshrutining yozilishi:
|
1
|
bevosita;
|
2
|
koridor orqali;
|
3
|
vestibul (foye) orqali;
|
4
|
zina katagi orqali;
|
5
|
koridor va vestibul (foye) orqali;
|
6
|
koridor va zina katagi orqali;
|
7
|
evakuatsiya chiqish joylari bilan ta’minlangan qo‘shni xonaga (A va B toifadagi xonalardan tashqari)
|
Evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan talablar qurilish me’yorlari va qoidalari tomonidan belgilanadi va ular avvalam bor yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya paytida odamlarning bir maromda harakat qilishlarini va evakuatsiya yo‘llarining tutunga qarshi himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bir maromda harakatlanishni ta’minlab berish esa, o‘z navbatida evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylarining soni, o‘lchamlari va joylashishiga; evakuatsiya yo‘llaridagi turli qarshiliklarning (yer tekisligidan chiqib turadigan qismlar, yo‘llarning torayishi, zinapoyalarning har xilligi va h.k.) oldini olishga; eshiklarni o‘rnatish usuliga qo‘yiladigan talablar evaziga erishiladi.
Evakuatsiya yo‘llarining muhofazasini ta’minlovchi asosiy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Hajmiy-rejaviy tadbirlar: evakuatsiya chiqish joylarigacha bo‘lgan eng qisqa masofalar, ularning yetarli bo‘lgan kengligi, evakuatsiya yo‘llarining yong‘in- va portlashdan xavfli xonalardan izolatsiyasi, bir-nechta evakuatsiya chiqish joylariga qarab harakatlanishning imkoni va h.k.
Ergonomik tadbirlar: odamlarning antropometrik o‘lchamlariga, ular harakatlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga javob beradigan evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylari o‘lchamlarining belgilanishi, eshiklarni ochishda kuchlanishlarni me’yorlash va shu kabilar.
Konstruktiv tadbirlar: evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylari konstruksiyalarining mustahkamligi, chidamliligi va ishonchliligi, evakuatsiya yo‘llaridagi pardozlash materiallarining yonuvchanligini, harakatlanish yo‘llarida past-balandliklarni, zinapoyalarning o‘lchamlarini, zina va panduslarning qiyaligini va boshq. me’yorlash.
- olovga bardoshlilik darajasi V-bo‘lgan va konstruktiv yong‘in xavfi bo‘yicha C3 sinfiga mansub bo‘lgan binolardan tashqari barcha binolarda evakuatsiya yo‘llarida yong‘in xavfi ko‘yida keltirilgan materiallarnikidan yuqoriroq bo‘lgan materiallarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi:
lift shaxtalaridagi, zina kataklari, vestibullardagi osma shiftlarni to‘ldirish va devor, shiftlarga pardoz berish uchun – Г1, В1 , Д2, T2;
umumiy koridorlardagi, xoll va foyelardagi osma shiftlarni to‘ldirish va devor, shiftlarga pardoz berish uchun – Г2 , В2 , Д3, Т3 yoki Г2 , В3, Д2, T2;
vestibullardagi, zina kataklari, lift xollaridagi pollarning to‘shamasi uchun – Г2 , РП2, Д2, T2;
umumiy koridorlardagi, xoll va foyelardagi pollarning to‘shamasi uchun – В2 , РП2, Д3, T2.
- yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan va ishlatiladigan A, B va V toifadagi Ф5 sinfiga mansub xonalarning pollarini yonmaydigan materiallardan yoki Г1 guruhiga mansub materiallardan bajarish lozim;
- xonalardagi va evakuatsiya yo‘llaridagi osma shiftlarning karkaslari yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak;
- evakuatsiya chiqish joyiga olib chiquvchi koridorlarda, me’yorlarda alohida ta’kidlab o‘tilgan holatlar bundan mustasno, 2 m balandlikda devor tekisligidan chiqib turuvchi jihozlarni, yonuvchi suyuqliklar uchun mo‘ljallangan quvuro‘tkazgichlar va gaz quvurlarini hamda kommunikatsiyalar va ichki yong‘in o‘chirish kranlari uchun mo‘ljallangan shkaflardan tashqari boshqa shkaflarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Boshi berk – tupik koridorga olib chiquvchi xonalarning sig‘imi ham me’yorlanadi, masalan, jamoat binolari uchun 80 tadan 125 ta odamgacha.
Koridordan zina katagiga olib chiquvchi evakuatsiya chiqish joylarining kengligi hamda zinaning zina marshi kengligi binoning olovga bardoshlilik darajasiga, binoning konstruktiv yong‘in xavfi sinfiga, hajmi va toifasiga bog‘liqdir.
Xonalardan koridorlarga qarab ochiladigan eshiklarda, koridor bo‘ylab evakuatsiya yo‘lining kengligi sifatida quyidagi ko‘rsatkichlargacha kamaytirilgan koridor kengligini qabul qilish lozim (3-rasm):
eshik kengligining yarmigacha – eshiklarni bir tomonlama joylashishida;
eshikning kengligigacha – eshiklarni ikki tomonlama joylashishida. а) bп.э.=bк. – bд.б) bп.э.= bк. – 0,5· bд.в) bп.э.= bк.bд.bд.bк.bд.bк.bк.
Barcha qavatlarni (birinchidan tashqari) binodan bevosita tashqariga olib chiqish joylari bilan bog‘lovchi yagona evakuatsiya yo‘llari sifatida zinalar xizmat qiladi. Shuning uchun zinalar evakuatsiya qilinuvchilarning qavatlar bilan qulay tarzda bog‘lanishini ta’minlashi va bir vaqtning o‘zida qavatlardan mustahkam ravishda ajratilgan (izolatsiya qilingan) bo‘lishi kerak. Izolatsiya esa, o‘z navbatida yong‘inning xavfli omillarini odamga ta’sir etishidan saqlashi kerak. Yuqoridagilarga erishish uchun zinalarni zina kataklarida o‘rnatish talab etiladi. Zina kataklari esa, o‘z navabatida yonmaydigan materiallardan bajarilgan, olovga bardosh to‘suvchi va yuk ko‘taruvchi konstruksiyalardan bajarilishi kerak (4-rasm).
5-rasm. Zinalarning qiyaligini
aniqlash
Qiyalik N/L nisbat asosida aniqlanadi, masalan, agar N=1 m va L=2 m bo‘lsa, zinaning qiyaligi 1:2 ni tashkil etadi. Amaldagi me’yorlarga muvofiq evakuatsiya zinalarining qiyaligi 1:2 va 1:1,75ni, yordamchi zinalarning qiyaligi esa – 1:1,5ni tashkil etishi kerak.
Zinadagi zinapoyaning kengligi (6-rasm), qoida bo‘yicha, kamida 25 sm, balandligi esa – ko‘pi bilan 22 sm bo‘lishi kerak ([ШНҚ 2.01.02-04]ning 5.30-b.).
Zinapoya balandligi ko‘pi bilan 22 sm
Zinapoya kengligi kamida 25 sm
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.ШНҚ 2.01.02-04 "Бино ва иншоотларнинг ёнғин хавфсизлиги".
2.ССБТ. ГОСТ 12.1.004–91 "Пожарная безопасность. Общие требования".
3.М. Я. Ройтман. Противопожарное нормирование в строительстве. –М., Стройиздат, 1985.
4.В. Ф. Кудаленкин. Пожарная профилкатика в строительстве. –М., ВИПТШ МВД , 1985.
5.Б. В. Грушевский и др. Пожарная профилкатика в строительстве. –М., Стройиздат, 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |