4sm ~ (15 - 0,2) ■ 0,93 " 50 Smola bo‘yicha sutkalik ishlab chiqarish unumdorligi.
50 ■ 24 = 1210 l/sut yoki 1,210 m3/sut Har sutkada sorbsiyaga tushadigan bo‘tana oqimini aniqlaymiz.
Vn = 1 8 4 • 24 = 4416m3/sut Sorbsiya jarayonidagi qattiq zarralar hajmini aniqlaymiz.
Kmi Qsm Цг Kon = 0,25 + 4416 = 4416,2 5 m3/sut Qsm = 50-24 = 1200 l/sut = 1,200 m3/s
amaliy mashg‘ulot Sorbsiya jarayonining texnologik parametrlari
Sorbsion tanlab eritish uzluksiz tartibda ketma-ket joylashtirilgan bir nechta apparatlarda qarama-qarshi oqim harakati asosida amalga oshiriladi. Bo‘tanani birinchi apparatga berib, oxirgisidan, (regeneratsiyalangan) anionitni asa aksincha, oxirgi apparatga berib, oltinga tuyingan smolani birinchi apparatdan chiqarib olinadi. Smola bilan bo‘tanani bir-biridan ajratib olish uchun har bir apparat maxsus to‘rsimon drenaj bilan ta’minlangan. Smola bilan bo‘tananing qarama-qarshi oqimini qo‘llash oltinga maksimal to‘yingan smola va oltinning miqdori minimal bo‘lgan chiqindi olishga imkon beradi.
Bir xil sharoitda bo‘tananing suyuq fazasida oltinning konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, anionitning sig‘imi shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun to‘yingin anionitni regeneratsiyaga chiqarishdan oldin anionit konsentratsiyasi yetarli darajada yuqori bo‘lgan sianidli eritma bilan ta’sirlashtiriladi. Bunda oltinli rudani sorbsion tanlab eritishdan oldin oltinni qisman eritmaga o‘tkazish uchun oldindan ionitsiz sianlanadi. Olingan bo‘tanani sorbsion tanlab eritishgauzatiladi va unda oltinning erishi vabo‘tanadan oltinnnng yutilishi sodir bo‘ladi.
Sorbent oltin konsentratsiyasining keng chegarasida yetarli darajada yuqori sig‘imga ega bo‘lishi kerak (2-10 mg/l dan to 0,02-0,03 mg/l).
Anionit sig‘imining kichik bo‘lishi oltinning kichik konsentratsiyalarida oltinning miqdorini tashlab yuboriladigan
109
konsentratsiyaga keltirish uchun bosqichlar (apparatlar) sonining ortib ketishiga olib keladi (apparatlar soni 10-12).
Sorbsiya bosqichlarining sonidan tashqari sorbsiya jarayonining asosiy parametrlari bo‘lib, ionit oqimi, sorbsion tanlab eritish vaqti, ionitlarning apparatlarda bo‘lish vaqti va bir vaqtda solinadigan ionitlar miqdori hisoblanadi.
Ionit oqimi ajraladigan Au miqdori ortishi bilan ortib, ionitning sig‘imi ortishi bilan kamayishi kerak.
Sorbsion tanlab eritish vaqti, ya’ni bo‘tananing butun apparatlar bo‘ylab harakatlanish vaqti oltinning qattiq fazadan maksimal to‘liq erishi va erigan metalni to‘liq yutish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda sorbsion tanlab eritish vaqti 10-20 soatni tashkil qiladi.
Smolaning sorbsion tanlab eritish apparatlarida bo‘lish vaqti smolaning oltin bilan tuyinishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bu vaqt ishlatilayotgan smolaning kinetik xossalari bilan belgilanadi. Sanoatda keng ishlatiladigan smola uchun smola bilan eritma orasida muvozanat ta’sirlashuv vaqt i 4060 soat, shuning uchun 3-4 bosqichdan iborat sorbsiya vaqti bu apparatlarda 150-200 soatni tashkil qiladi.
Sorbsion tanlab eritishda ishlatiladigan dastgohlar
Sorbsion tanlab eritish pnevmatik aralashtirgichli agitatorlar- pachuklarda amalga oshiriladi. Sorbsion tanlab eritishda ishlatiladigan pachukning tuzilishi quyidagi rasmda keltiringan.
21-rasm. Sorbsiyaon tanlab eritish uchun pachuk
110
Bo‘tana bilan smolani aralashtirish 1 sirkulyator orqali amalga oshiriladi. Bo‘tanani keyingi apparatga, smolani o‘zidan oldingi apparatga oshirish 2aerolift orqali bajariladi. Smolani bo‘tanadan ajratish qiyao‘rnatilgan sim orqali bajariladi. To‘rsimning o‘lchami smolaning o‘lchamidan kichik, lekin yanchilgan ruda o‘lchamidan katta bo‘lish kerak.
aerolift bilan bo‘tana 4 to‘rsimga beriladi, uning orasidan o‘tib 3 tarnovcha orqali keyingi apparatga o‘tadi. Smolaning donachalari to‘rsimda ushlanib qoladi va undan past tomon dumalab tirqishcha orqali o‘zidan oldingi pachukka tushadi.
о
Sanoat masshtabiga qarab hajmi 500 m gacha bo‘lgan pachuklar qo‘llaniladi. To‘rsimlar po‘latdan tayyorlanib, ko‘zlarining ulchami 0,4 mm. Pachuklarning hajmiga qarab, to‘rsimlarning soni 2 tadan 12 ta
л
gacha, ularning umumiy maydoni esa 1 dan 15 m gacha bo‘lishi mumkin. To‘rsimlar suriladigan yog‘och ramkalarga tortilib, ikki parallel qatorlar holida apparat markaziga tomon qiyalab o‘rnatiladi. Bo‘tanani tashish uchun sarflanadigan havo sarfi 1,5-3 m3/m3.
Sorbsiyaon tanlab eritish uchun pachuklarni tanlash
Sorbsiya jarayonini hisoblashda sorbsiyaga tushadigan bo‘tananing umuiy hajmi.
Qum = 4416 m3/sut.
Sorbsiya vaqti amalda ishlab turgan ZIF ma’lumotlari asosida
Ts =14 soat.
Sorbsiya pachugi orqali o‘tadigan bo‘taning hajmini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |