www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 51
Qaro aylab kechadek ro‗zg‗orim,- (27-bet)
deydi. Ul go‗zal shoirning sabr-u qarorini o‗g‗irlab hayotini tun misol qorong‗ulikka
aylantiradi. Yuqoridagi holatda Hazrat Navoiyning doston yozishga bo‗lgan
ishtiyoqi sabr-u qarorini tugatganligi bayon etilgan. Endi shoir bu balodan dostonni
yozmasa qutila olmaydi. Uning butun vujudini doston yozish xayoli qamrab olganki,
ko‗ngli dostonni yozsagina orom topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‗zbek tilining izohli lug‗ati. 3-tom. –Toshkent: ―O‗zbekiston milliy
ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashryoti, 2007. –B. 409.
2.Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. –Toshkent; ‖G‗afur G‗ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi‖ 2006. -B. 25. (Izoh:boshqa misollar ham shu manbadan olinib,
sahifada beti ko‗rsatiladi.)
3. Mushohada yog‗dusi. –Toshkent:‖Fan,‖2009.
4. Alisher Navoiyning ,,Hayrat ui-abror‘‘ asari
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 52
TA'LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Sayyora Safoyeva
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani 1- umumiy o'rta ta'lim maktabi
oliy toifali ona tili va adabiyot o'qituvchisi
Annontatsiya:
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini
innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‗zining aql-
zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‗ylab topishdan, algoritm va
nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori
texnologiyalarni kashf etishgacha bo‗lgan murakkab yo‗lni bosib o‗tdi.
Kalit so‘z:
jamiyat, Mahkama, maqsad, sohalar, mustaqillik, intellektual
Shu bilan bir qatorda ta‘lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha
sohalarining rivojiga o‗zining aks ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu bois ham ana shu ta‘sir va
bo‗shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan
2018-yilni ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-
quvvatlash yili‖ deb e‘lon qilishgan.
―Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga
qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga o‗tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta.
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi
fikr, yangi g‗oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak
degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‗lsak, uni
aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak‖.
O‗zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani,
yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega
tashkilot – O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish
uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e‘tibor qaratildi. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar
yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat
siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‗ziga xos rag‗bat bo‗ldi.
Ana shu rag‗batlarni amaliy qo‗llab-quvvatlash maqsadida bir qator me‘yoriy
hujjatlar qabul qilindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |