www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 47
savolning o‘zini tushunishi darkor. O‘quvchi savolning maqsadini anglamasa,
masalaning mohiyatiga yetmasa yechim uchun usul tanlolmaydi. Bunday muammoga
uchraydigan o‘quvchida tinglab tushunish qobiliyati yaxshi shakllanmagan bo‘ladi.
O‘qigan asari yoki tinglagan matnini mazmunini so‘zlab berish vazifasi topshirilsa
ham natijalar ijobiy bo‘lmaydi. Yuqoridagi toifaga kiruvchi o‘quvchilarga yordam
berish uchun, ularning aniq fanlardan beriladigan masalalarni qiynalmasdan
yechishlari uchun o‘quvchining ona tili va adabiyot fanlaridan chuqurroq
o‘zlashtirishlari kerak degan taklifni ma‘qul ko‘raman. O‘quvchi masalada so‘ralgan
savol yuzasidan yechim topishi uchun avval masala nutqida berilgan so‘zlarning
qanday shakllanganiga e‘tibor berib, so‘zlarda mavjud qo‘shimchalarning turlarini
farqiga bormog‘i kerak . Quyidagi qo‘shimchalar aniq fan masalalarida ko‘p uchrab
o‘quvchini chalg‘ishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan: Qarashlilik ma‘nosini
bildiruvchi:– ning qo‘shimchasi Shaxs va narsalarning son-sanog‘ini bildiruvchi
shaxs- son qo‘shimchalari:- man, -san, -miz, -ng, -ing, -m,- im, Lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimchalarga omonimlik hosil qiluvchi so‘z yasovchi qo‘shimchalar:-
xon, -boz, -chilik, -imlik, -im, -m va boshqalar Kelasi zamon va hozirgi zamonni
ifodalovchi qo‘shimchalar ma‘nosini farqlolmaslik. Sifat yasovchi qo‘shimchalardan
:-li, -ser, -dosh va boshqalar Bu qo‘shimchalarni tushunmas ekan o‘quvchi biror
natijaga erishishi qiyin bo‘ladi. Adabiyot fani doirasida esa o‘quvchi biror asar bilan
tanishib chiqqanidan keyin, o‘zi o‘qigan asarning aynan qaysi o‘rinlariga ahamiyat
berishi lozimligi muhim sanaladi. Tabiiyki matematik savodxonlikni oshirish uchun
qo‘yiladigan talablar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshiruvchi abiturientga
qo‘yilgan talablardan birmuncha farq qiladi.Bunda o‘quvchi biror badiiy asar bilan
tanishib chiqqanidan so‘ng quyidagi muammolar yuzasidan o‘zi mustaqil yoki
o‘qituvchi yordamida mashg‘ulot o‘tashi kerak. -Asarda keltirilgan har bir
qahramonni nomini yozib chiqish; -Ijobiy qahramonlar va salbiy qahramonlar
ro‘yxatini shakllantirish; -Har bir qahramonning qilgan xatosi uchun sabab bo‘lgan
omillarni aniqlash; -Badiiy detallarni aniqlash; -Badiiy detalga asrda tasvirlangan
davrning va bugungi zamonamizdagi muhitning munosabatlarini solishtirish; -Badiiy
asar syujetini jamlab bundan bir asr oldingi davrga ko‘chirsak,yoki bir asr kelajakda
Do'stlaringiz bilan baham: |