www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 467
turuvchi kichik o`lchamdagi tasviriy san'at asari hisoblanadi.O`rta asrlarda qo`lyozma
kitoblarga ishlangan tasvirlar miniatyura san'atining paydo bo`lishiga olib keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayev N.U. "San‘at tarixi" — Toshkent; O 'qituvchi, 1986.
2.
Azimova B.Z., Rajapov R., Abdirasilov S.F. Tasviriy san'atga oid atam alam ing
izohli lug‗ati. Toshkent, 1994.
3.
Boymetov B.t Abdirasilov S. Chizmatasvir. Т.: " G'\G'lulom nomidagi nashriyot-m
anbaa ijodiy uyi", 2004.
4.
Abdullayev N.U. "San‘at tarixi" — 2/1 Toshkent, "San‘at", 2001.
5.
Nabiyev М. Rangshunoslik. Т.: "Okqituvchi", 1995.
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 468
"SUV BEBEHO BOYLIK UNI TEJAB ISHLATAYLIK"
Rajabov Hamza Ozodovich
Xorazm viloyati Shovot tumani XTBga qarashli 22-umumiy o'rta ta'lim
maktabi kimyo fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Yer yuzidagi suvlarni asrab - avaylab, isrof qilmaslikni o'zimizga odat
deb bilishimiz lozim
.
Kalit so'zlar:
toza suv, suvni isrof qilmaslik, suv - hayot manbai, suv ifloslanishi, suv
obi - hayot, suv-tiriklik manbai.
Suv — bu hayot. Odamlar yashash uchun doim suv bor joyga intiladi. Yurtimizning
asosiy qismi ikki daryo oralig‗ida joylashgan... Atrofimizni dengiz o‗rab olmagan
bo‗lsa-da, shunga ham shukr qilamiz. Amu bilan Sir xalqimiz uchun HAYoT daryosi
sifatida necha asrlarki, xizmat qilmoqda. Movarounnahr — bu ikki daryo oralig‗i
degani-ku. Bundan tashqari, yurtimizda Norin, Zarafshon, Sangzor, Qashqadaryo
kabi 14 dan ortiq kichik daryolar yurtimizning bog‗u rog‗lariga, dalalariga suv uzatib,
qut-baraka ato etmoqda.
Tabiat boyliklari orasida suv alohida o‘rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar
hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo‘lishi mumkin emas. Hattoki ota
bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e‘tibor
berganlar. Har doim odamlanni suv bilan ta‘minlash masalasi muammo bo‘lib
kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya,
AQSH va boshqa ko‘plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta‘minlash bosh
masaladir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda
mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori,
suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlo-dimizning taqdiri,
baquvvatligi, sog‘ligi obi-hayotimiz bilan bog‘liq ekan, demak, ayni shu kunlarda
qabul qilinayotgan suv tog‘risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan
oqilona foydalanish, uni bulg‘anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash
ishiga ko‘maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza
qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo‘nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |