www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 477
задаchу по русскому yaзыку, нужно активировать знаниya из других областей,
тем самым укреплyaютсya межпредметные свyaзи.
Исходya из этого, любаya технологиya обладает средствами,
активизирующими деyaтельность уchащихсya, в некоторых технологиyaх эти
средства составлyaют главную идею и основу эффективности результатов. Все
это в результате даѐт хороshий результат на экзамене.
Использованные литературы:
1.
Григорьева, Н. И. Словесные игры, используемые на уроках русского yaзыка /
Н. И. Григорьева. — Текст : непосредственный //
2.
Актуальные вопросы современной педагогики : материалы VI Междунар.
науch. конф. (г. Уфа, март 2015 г.). — Уфа : Лето, 2015. — С. 104-106.
3.
URL: https://moluch.ru/conf/ped/archive/148/7360/ 13.01.2022.
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 478
SHARQ HUQUQIY TAFAKKURIDA HUQUQIY DAVLAT
KONSEPSIYALARINING TALQINLARI.
URMANOV ABDULAZIZ
O`ZMU 2-KURS MAGISTRANTI
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada huquqiy davlat tushunchasining
mazmuni, tavsifi va talqinlari o‗rganilgan. Sharq mutafakkirlarining siyosiy-huquqiy
ta‘limotlarida huquqiy davlat konsepsiyasiga doir qarashlari, zamonaviy xorijiy
tajribalar qiyosiy tahlil qilingan.
Kalit so`zlar:
Huquqiy, demokratik, Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy,
Zahriddin Muhammad Bobur, «Avesto»
Huquqiy demokratik davlat g‗oyasi - halqimizning asrlar davomida adolatli
jamiyat, adolatli qonunlar, adolatli sud to‗g‗risidagi orzularining ifodasidir. Turon
zaminda adolatga, adolatli qonunlarga asoslanib faoliyat yuritadigan davlat haqidagi
fikrlar asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelganligi ma‘lum. Forobiy, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz
qonunga asoslangan adolatli jamiyat haqida teran fikrlarni ilgari surganlar.
A.Navoiyning davlat va odil hukmdor haqidagi fikrlari o‗sha davr va o‗sha makon
uchun ilg‗or qarash bo‗lganligi aniq.
Ma‘lumki, demokratik jamiyat asoslari davlatda siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy va
huquqiy tamoyillarning tizimiy yaxlitligi mavjudligida namoyon bo‗ladi. Ayni
paytda, ular umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗un holda bo‗lishiga asoslanadi.
«Avesto»da bunday qadriyat va tamoyillar shakllantirilganligining guvohi bo‗lamiz.
Inson tabiatan erkinlikka, ezgulikka intilib yashaydi. Bunday ehtiyojlarning barcha
uchun umumiy bo‗lgan qoidalarini va ularning tartibotlarini tashkil etishda davlatga
bo‗lgan ehtiyoj vujudga keladi. Mana shunday ehtiyoj umuminsoniy qadriyatlarning
nazariy mezonlarini shakllantirgan. Kishilik jamiyatining o‗zaro urushlar va ixtiloflar
bilan bog‗liq davrlarida yangi ma‘rifiy ta‘limotlar xaloskor g‗oya sifatida ham
vujudga kelgan. Aynan IX va XII asrlar O‗rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr
bo‗lgan. Xalqning o‗z mustaqilligi uchun kurashi va bunda hurriyat va inson erkinligi
bilan bog‗liq g‗oyalar millatni ma‘naviy yuksalishga chaqiradi. Dunyoga mashhur
Do'stlaringiz bilan baham: |