www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 464
keyin, o‗tilgan mavzularni o‗zlashtirganlik darajasini baholashda, takrorlash,
mustahkamlash, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‗tkazishda foydalanish mumkin.
Mashg‗ulotlarni yakka va guruh shaklida tashkil etsa bo‘ladi. Qolaversa, o‗z ichiga
og‗zaki va yozma ish shakllarini qamragan holda turli mazmun va xarakterga ega
mavzularni o‗rganishda ham asqotadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. ―Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
qarori (1999 yil 16 avgust) //Xalq ta‘limi j. 1999. № 5
2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf. 2000.
3. Tolipov O‗. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. -
Toshkent: ―Fan‖. 2005.
4. Sherqulov. M . Ma‘ruza matni dan, Toshkent: 2012.
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 465
RANGTASVIR XUSUSIYATLARI
Madinaxon ShukurovaTursunovna
29 -maktab Tasviriy San'at
Annotatsiya:
Mazkur maqolada rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi
xususiyatlari,rangtasvirda turli tuman janrlarning paydo bo'lishi,monumental
rangtasvir,rangtasvir tarixida ikonaga rasm solish san'ati va rangtasvirning asosiy
turlari haqida to'liq bayon etiladi.
Kalit so'zlar:
rangtasvir,monumental rangtasvir,xolst,miniatyura, ikonaga rasm
solish, dekorativ naqsh, teatr - dekoratsiya.
Rangtasvir - rang san'ati hisoblanadi. Rangtasvir-haqiqiy hayotni aks ettirib,
tamoshabinning g'oyasi va ichki hissiyotlariga o'z ta'sirini o`tkazuvchi tasviriy san'at
turlaridan biri sanaladi.Biron bir buyum ustiga,moybo'yoq yoki qalam bilan
bajarilgan san'at asariga rangtasvir deb ataladi.Rangtasvirdagi ko'rinishlar juda ham
jilvador,tomashabop va yorqin bo'ladi. Rassomlar o'z asarlarini rangtasvir yoki
plastik vositalar yordamida yaratadilar. Rassomlar qalamtasvir va kompozitsiya
vositalaridan foydalanganlari bilan, rangtasvirdagi eng muhim ta'sirchanlikni
ko'rsatuvchi vositalardan biri bu ranglardir.Rangtasvirdagi ko'rinishlar tasviriy
yuzada uzluksiz bo`yoq qismini paydo etuvchi ranglar yordamidagina yaratiladi.
Rangning tasviriy va ta'sirchanlik sharoitlaridan rangtasvirda rassomga kerak bo`lgan
to`la kuch bilan ishlatiladi. Rang yordamida kompozitsiyadagi muhim g'oyani ajratib
ko`rsatish, asosiy qismlarini yanada ko'proq ko'rsatish, masofani chuqurligini
bildirish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin.Rangtasvirning eng asosiy ajralib
turuvchi xususiyatlari shuki, unda shakl va masofaning ko'rinishi, obrazlar va
harakatlar faqatgina rang yordamida ko`rinadi.Rangtasvir odam hissiyotlari va fe'l-
atvorining murakkab dunyosini aks ettirishi bilan birgalikda tabiat ko'rinishining eng
nozik o`zgarishlari, fantastik obrazlar va falsafiy g'oyalarni berish xususiyatlariga
egadir. Bularning barchasi rangtasvir janrlari yordamida beriladi.
Dunyodagi ob'ektlar, hodisa va voqealarning turli tumanligi va rassomlardagi ularga
bo`lgan intilishning yanada ortib borishi XVII asrga kelib, rangtasvirda turli xil
janrlarning yaratilishiga olib keldi. Bularga portret, manzara, natyurmort, animalistik,
Do'stlaringiz bilan baham: |