Tadqiqot natijalari:
Alisher Navoiy ijodini o‗rgangan, shoir ta‘sirida ijod qilgan uyg‗ur shoirlari,
adiblari va adabiyotshunoslari nafaqat SHarqiy Turkistonda balki, O‗zbekiston,
20
―Muhabbat dostonlari‖ majmuasining qo‗lyozma tasnifi, andan o‗rin olgan asarlarning janr xususiyatlari va
mundartijasi masalalari uyg‗ur adabiyotshunosligida mufassal o‗rganilgan. Qarang: [13,14,12,16,9]
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 194
Qog‗oziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Evropa mamlakatlarida ham to‗xtab
qolmagan. Jumladan, O‗zbekiston hududida ham uyg‗ur adabiyotshunoslari Alisher
Navoiy ijodini asosida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
Uyg‗ur va o‗zbek adabiyotshunosligida mazkur mavzu ko‗pdan buyon
tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‗lib keldi. Ularning echimiga S.E.Malov,
A.Ziyoiy, M. Hamroev, Yu.Muxlisov, U.Mamatoxunov, S.Erkinov, R.Qodiriy,
Sh.Umar, V.G‗o‗pur, A.Xusayn, T.Aliev, S.Mallaudov, D.Ro‗zieva, I.Imirov,
Q.Hasanov, D.Rayhonov kabi tadqiqotchilar munosib hissa qo‗shdilar. Bu
yo‗nalishda uyg‗ur adabiyotida Navoiy an‘analari masalalarini tadqiq etgan
M.Hamroev, Yu. Muhlisov, R.Qodiriy, D.Ro‗ziyeva va D.Rayhonovlarning ilmiy
ishlarini alohida ta‘kidlash kerak. Bu xususda uyg‗ur olimlari jamoasi tomonidan
yaratilgan ―Uyg‗ur adabiyotining qisqacha tarixi‖, ―Uyg‗ur klassik adabiyoti
tezislari‖ kabi asarlarda ham ilmiy ahamiyatga molik xulosalar bayon qilinganligini
qayd etish lozim[18].
Filolog olim R.Qodiriy uyg‗ur shoirlari uchun ―Navoiy o‗lmas asarlari bir
necha asrlar davomida mahorat sirlarini o‗rganadigan adabiy maktab bo‗lib hizmat
qildi‖[19: 52], deb yozgan. Tadqiqotchi olim M.Hamroev esa Navoiy ijodining
uyg‗ur shoirlariga ijobiy ta‘siri xususida so‗z ochib, uning ikki yo‗l bilan davom
etganligini ta‘kidlaydi. Uning birinchisi – uyg‗ur shoirlarining Alisher Navoiydan
so‗z san‘ati bilimlarini o‗rganishlari, ikkinchisi esa ularning Navoiy asarlarining
mavzu va syujelariga murojat qilishlarida ko‗rinadi, degan fikrni ilgari suradi[20: 21].
Ushbu xulosa garchi uyg‗ur va o‗zbek adabiy aloqalarining hamma shakllarini
qamrab olmas-da, mohiyatan masalaga xolis yondashuvdir.
Uyg‗ur shoirlarining Alisher Navoiy an‘analariga munosabati xususida
Yu.Muxlisov, S. Mallaudov, U.Mamatoxunov kabi bir qator uyg‗ur olimlarining
asarlarida ham muhim fikrlar o‗rtaga tashlangan[14,11,10,21,15]. Hususan, Yu.
Muxlisov ―Asrlar va asarlar‖ monografiyasida Nizoriy va G‗aribiy dostonlarining
Navoiy nazmiyati bilan muqoyasasi asnosida adabiy aloqalarning xarakteri va oqibat
samaralari haqida kuzatishlari bilan ilmiy jamoatchilikning e‘tiborini tortdi.
Yu.Muxlisov o‗z tadqiqotlarida Nizoriyning ―Farhod va Shirin‖, ―Layli va Majnun‖,
Do'stlaringiz bilan baham: |