12-modda. Erkaklarning reproduktiv salomatligini saqlash - Erkaklarning reproduktiv salomatligini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- o‘zining reproduktiv salomatligi, bepushtlikni davolash uslublari va kontratsepsiya to‘g‘risida ishonchli hamda to‘liq axborot olish;
- reproduktiv salomatlikni saqlash sohasidagi xizmatlardan foydalanishni ta’minlash;
- yangi tibbiy, shu jumladan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan, shuningdek kam invazivli (kam jarohatlaydigan) aralashuvlardan foydalangan holda bepushtlikni davolash;
- reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan maxfiylikka rioya etilgan holda tibbiy maslahatlar va xizmatlar olish.
13-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash - tibbiy-profilaktika tadbirlarini, shu jumladan reproduktiv a’zolar patologiyasini, shuningdek irsiy kasalliklarni aniqlashga qaratilgan tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni;
- jinsiy tarbiya va ularni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishni;
- ularni reproduktiv salomatlik masalalari bo‘yicha o‘qitish va axborot berishni o‘z ichiga oladi.
- Reproduktiv salomatlik muammolari bo‘yicha tibbiy aralashuv voyaga yetmagan shaxsni, shuningdek uning qonuniy vakilini xabardor etgan holda ularning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan shaxsning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun tibbiy aralashuv tavsiya etilgan taqdirda hamda qonuniy vakildan va voyaga yetmagan shaxsdan rozilik olishning imkoni bo‘lmaganda, tibbiy aralashuv shifokorlar konsiliumining xulosasi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
- Voyaga yetmagan shaxslarni reproduktiv salomatlikni saqlash masalalari bo‘yicha tarbiyalash, o‘qitish hamda ularga axborot berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash tegishlicha oilada, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi.
13-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash - Reproduktiv salomatlik, shu jumladan jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘qitish ta’limni va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari bilan birgalikda voyaga yetmagan shaxslarning yoshi, psixologik va jismoniy o‘ziga xosliklari hisobga olingan holda, ularning oilalari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan, maxsus tasdiqlangan dasturlarga ko‘ra amalga oshiriladi. O‘qitishga tegishli tibbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar jalb etiladi.
- Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi xizmatlar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda amalga oshiriladi.
- Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasida axborot berish anonim va maxfiy tarzda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |