Hukumat siyosatida ikki tendentsiya kurashi. IV asrda Rim hukumati o’zining III asrdagi og’ir krizis holatidan birmuncha qutuldi. Imperatorlardan Diokletian (284—305) va Konstantin (306—337) imperiyaning ma’muriy-moliyaviy apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha reformalar o’tkazdi. Soliqlarning natura shaklida olinishi, soliq solishni tartibga solish maqsadida goh-goh yerlarning va aholining hisobga olib turilishi (hukumat denzlari), ish haqining va mollar narxining normaga solinishi, oltin muomalasining (solid) tiklanishi (Konstantin vaqtida), dehqonlar-kolonlarning, hunarmandlar - kollegiatlarning amalda tutqunlikka solinishini yuridik yo’l bilan rasmiylashtirilishi va boshqalar - bo’larning hammasi quldorlar sinfining tushkunlikka yuz tutgan davlat tuzumini va ijtimoiy tuzumni mustahkamlashga zo’r berib uringanini ko’rsatadi.
Imperator hokimiyati har qanday qilib bo’lsa ham o’z e’tiborini mustahkamlashga intilib, ochiqdan-ochiq diktatorlik tusini oldi. Printsipat o’rnini, ya’ni hali respublikaga xos bo’lgan ba’zi traditsiyalarni saqlab qolgan imperator hokimiyati o’rnini doimiy, muntazam samoderjaviening bir formasi bo’lgan va SHarqdagi qadimgi despotik (mustabid) monarxiya podsholari hokimiyatiga o’xshash despotik hokimiyat tashkiloti bo’lgan dominat egalladi. Diokletian o’zining batamom ilohiylashtirilishini va jumladan, xudoga atab qurbonlik qilingani singari, unga ham atab qurbonlik qilinishini talab qildi. Diokletian va Konstantin vaqtida chinovniklar byurokratiyasi haddan tashqari kuchaytirildi. SHu narsa xarakterliki, imperiyani markazlashtirish sari bunday intilish bilan bir qatorda Rimning keyingi asrlardagi imperator hokimiyati o’z oqibati jihatidan markazlashtirishga butunlay zid bo’ltan tadbirlarni amalga oshirdi. YUqorida aytib o’tilganidek, imperatorlik mahalliy magnatlarning xususiy hokimiyatani (xalqka hukmronlik qilish funkdiyalarini ham) tan olgan edilar, bundan tashqari Diokletian imperiyani to’rt qismga (ikki Avgust bilan ikki TSezar o’rtasida) taqsim qilib, tetrarxiya deb atalgan narsani joriy qildi, har bir oqimga muayyan viloyatlar va maxsus poytaxt ajratib berdi. Konstantin yana yakka hokimlikni tikladi. Lekin u o’lgandan keyin imperiya yana ikki yoki uch qismga bo’linib ketdi. 395 yilda imperator Feodosiy I o’lgandan keyin imperiya butunlay mustaqil va hatto bir-biriga dushman bo’lgan ikki qismga - o’arbiy va SHarqiy qismlarga uzil-kesil bo’linib ketdi. III asr oxirida - IV asrning boshlarida imperiyaning siyosiy markazi SHarqqa ko’chdi. YAngi Rim yoki Konstantinopol imperiyaning siyosiy markazi bo’lib qoldi, bu shaharki Konstantin Buyuk antik zamondagi Vizantiya shahri o’rnashgan joyga qurgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |