Bulardan ko'rinib turibdiki, “x” kirish kattaligi ma’lum qiymatga yetganda “y” chiqish kattaligi birdaniga o‘zgaradi. 6.1-a,b rasmlarda kirish signalining ishorasiga farq qiladigan ikki pozitsiyali neytral relelarining xarakteristikalari keltirilgan. Kirish signalining qiymati “0’’ dan “x” gacha o'zgarsa, (6.1-a rasm) rele o'zining holatini o'zgartirmaydi. Kirish signalining qiymati “x” ga yetganda, (ishlash juftmetri) “y” chiqish signali ymin dan ymax gacha birdaniga o'zgaradi. Kirish signalini keyinchalik oshirish, chiqish signalini o'zgarishiga ta’sir qilmaydi, ya’ni y=ymax=const. Kirish signali x>x2 dan x=x1gacha o'zgarganda chiqish signali o'zgarmaydi, y=ymax . Kirish signali x1 qiymatiga yetganda (qo‘yib yuborish juftmetri), chiqish signali ymax dan ymm gacha birdaniga o'zgaradi.
Ikkita turg'un holatga ega bo'lgan ikki pozitsiyali releli qurilmalarning xarakteristikalari 6.1-d rasmda keltirilgan. Kirish signalini olib tashlaganda (x=0) rele avval ega bo'lgan (avval turgan) holatiga qaytadi. Bu bog’lanishning (6.1- d rasm) boshqalaridan (6.1-a, b rasmlar) farqi uning reversli xarakteristikasidadir, ya’ni kirish signalining ishorasi o'zgarsa, chiqish signalining ham ishorasi o'zgaradi.
6.1- e. f rasmlarda sezgirsiz zonali uchta pozitsiyali releli elementlarning xarakteristikalari keltirilgan. 6.1-e rasmda chiqish signalining kirish signaliga ta’sirining boshqacha ko'rinishi keltirilgan.
Elektromagnit relesining asosiy xarakteristikalariga yana:
quvvati bo'yicha ishlashi (Rto’l);
chiqish yoki kommutatsiya qilish quvvati (Rchiq );
to‘liq ishga tushishga ketgan vaqti (tto’l. ij. t.);
kuchaytirish koeffitsiyenti (Kk)kabi xarakteristikalar kiradi.
Bunda:
Rish -rele ishlaganda g‘altak eng kam iste’mol qilgan quvvat;
Rchiq – chiqish zanjiridagi relesining kontakti ajraladigan katta tokni manbaning iste’mol qiluvchi kuchlanishga ko'paytmasi;
Tto’l. ij. t. –relesining kirishiga boshqaruvchi signal berilgan vaqtdan boshlab, relesining chiqishida signalning yo‘q bo‘lgunicha (kontaktlarini ulanishi/uzilishi) ketgan vaqt;
tqo’y –relesining kirishiga berilgan boshqaruvchi signalni olgandan boshlab, uning kontaktlarini ochishiga ketgan vaqt va yakorni qimirlashiga (ttr) hamda harakatlanishiga ketgan vaqt (tdv) ga tengdir, ya’ni