Xavfli ishlab chiqarish omillari (XIO) - bu shunday ishlab chiqarish
omillari xisoblanadiki, bunda ma’lum bir sharoitlarda ushbu omillar ta’sirida
ishchilarga jaroxat etkazilishi yoki ularning sog‘ligining keskin tarzda buzilishiga
olib kelishi mumkin.
Jaroxat - bu odam organizmi tuqimalarining buzilishi va uning tashqi
ta’sirlar natijasida funksiyasining izdan chiqishi xisoblanadi. Jaroxat ishlab
chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz xodisa natijasida yuz berib, bunda xavfli
ishlab chiqarish omillarining ishchilarning o‘z mehnat burchini bajarishi yoki ish
raxbarining topshirigini bajarishi davomida amalga oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |