3. Tijorat sirini himoya qilish mexanizmining asosiy elementlari.
4. Raqobatchilar to`g’risida axborot olish uslublari.
13-MAVZU. KORXONANING TASHQI IQTISODIY ALOQALARI.
Reja.
Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari.
Tashqi savdo shartnomasini tuzish.
Tashqi savdo operasiyalarida qo`llaniladigan hisob-kitob usullari.
Asosiy terminlar: Xalqaro mehnat taqsimoti, tashqi savdo, tashqi savdo operasiyalari, tashqi savdo shartnomasi, hisob-kitob usullari.
1. Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari.
Bugungi kunda butun jahon ishlab chiqarishida tashqi iqtisodiy aloqalarni korxona miqyosida ham amalga oshirish keng tarqalgan. Bunga olib keluvchi asosiy manbalardan biri sifatida xalqaro mehnat taqsimotini hisoblashadi. Mamlakatlar o`rtasida mehnat taqsimoti tabiiy boyliklar, geografik joylashuvi, iqlim sharoitlari, ishlab chiqarishning tarixiy an`analari, mehnat resurslarining hajmi va boshqa shartli farqlarni hisobga olgan holdagi umumiy mehnat taqsimoti qonuniyatining natijasidir.
Xalqaro mehnat taqsimotini mamlakatlar o`rtasidagi hududiy mehnat taqsimotining yuqori darajasi bo`lib, u mamlakatlar o`rtasidagi tovar, xizmat va boshqa shakldagi ijtimoiy nafli faoliyat natijalarini ayirboshlash jarayonida miqdoriy va sifat ko`rsatkichlaridagi ulushlarda namoyon bo`ladi. Zamonaviy xalqaro taqsimot ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, fan-texnikaning rivojlanishi kabilar natijasida ancha murakkablashdi va hozirgi kunda xalqaro iqdisodiy integrasiya shaklida namoyon bo`lmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti ikki shaklda bo`ladi: xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarishning kooperasiyalashuvi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi – milliy ishlab chiqarishlarni tabaqalarga ajratish asosida bir turdagi ishlab chiqarishni yiriklashtirish va xalqaro ayirboshlashni intensivlashtirish maqsadida ishki iste`mol talablaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlashni yo`lga qo`yishdr. Xalqaro ixtisoslashuvning quyidagi asosiy shakllari mavjuddir:
buyumlashgan (tayyor mahsulot ishlab chiqarish);
detallashgan (mahsulot komponentlari va qismlarini ishlab chiqarish);
texnologik (alohida operasiyalarni amalga oshirish yoki alohida texnologik jarayonlarni bajarish).
Ishlab chiqarishni xalqaro kooperasiyalashtirish – bu turli mamlakatlar xo`jalik faoliyatlarini ishlab chiqariladigan moddiy ne`matlarni yuqori mehnat unumdorligi asosida ko`paytirish maqsadida birlashtirishdir. Xalqaro kooperasiyalashtirishning quyidagi turli-tuman shakllari mavjuddir:
sanoqat va intellektual mulk huquqidan foydalanishga lisenziyalar berish (sotish-sotib olish);
butlovchi materiallarni sotish;
butlangan texnologik liniyalarni uzatish yoki ayrim tarqoq uskunalarni mos keluvchi texnologiyalar bilan birga lizing asosida berish;
hamkorlikda ishlab chiqarish;
tajriba-konstruktorlik ishlari bo`yicha ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish;
pudratli kooperasiya;
qo`shma korxonalar tuzish va boshqalar.
Xalqaro mehnat taqsimoti shuni anglatadiki, xalqaro bozorda turli ayirboshlash jarayonlarida hamkorlar turli mamlakatlar bo`ladi. Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etuvchi mamlakatlar haqida shuni ta`kidlash mumkinki, qaysiki mamlakatda ishlab chiqarish sharoyitlari yaxshiroq bo`lsa bu mamlakat ixtisoslashuvchi mamlakat bo`ladi, qaysi mamlaktda shu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish xalqaro bozor o`lchovlari bo`icha samarasiz bo`lsa ular sotib oluvchi sifatida bozorda ishtirok etadi.
Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati – bu tovar va xizmatlarni xalqaro ayirboshlash, moddiy, moliyaviy va intellectual resurslarning ko`chishi bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar shaklini tanlash korxona faoliyatining aniq yo`nalishi, davlat va tashqi iqtisodiy faoliyat organlari tomonidan tartibga solish mexanizmi va turli mulk shaklidagi korxonalarning xo`jalik yuritish shakliga bog`liq bo`ladi. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllari quyidagicha bo`lishi mumkin:
tashqi savdo (tovar, xizmatlar, axborot, intellektual mulk);
xalqaro investision hamkorlik;
xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyalari;
valyuta va moliya – kredit operasiyalar.
Korxona o`z tashqi iqtisodiy faoliyatida imkoniyatlari va boshqa holatlarni hisobga olgan holda birontasini tanlab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |