Promo-o`ramlarning asl nusxalari, (amaldagi Qoidalarning 12.3-bandiga
muvofiq), Sovrin olingan joyda O'yin uchun sarflangan Oltin miqdoriga mos
keladigan miqdorda saqlanib qolishi kerak, amaldagi qoidalarning 12.4-bandiga
muvofiq O’yinlarda o'ynash uchun Sovrin sifatida olingan Qo'shimcha Oltin
miqdoriga mos keladigan miqdor bundan mustasno (Qo'shimcha Oltinlar soni
Ishtirokchining Saytdagi faoliyat ma'lumotlari tarixiga ko'ra Tashkilotchi
tomonidan belgilanadi) sovrin olganligi haqidagi aktning nusxasi;
G‘olibning amaldagi shaxsini tasdiqlovchi/doimiy propiska qilinganligi haqidagi
guvohnomasining nusxasi, ShIR ma’lumotlari albatta ko‘rsatilgan holda;
G'olib tomonidan Saytda ro'yxatdan o'tkazilgan Promo-kodlari ko'rsatilgan barcha
Promo-o`ramlarning asl nusxalari;
Sovrin topshirilganligi to‘g‘risidagi to‘ldirilgan Dalolatnoma nusxasi;
G'olibning aniq yashash joyini pochta indeksi bilan to'liq Manzili.
15.8.
Mazkur Qoidalarning 14.6 va 14.7-bandlarida ko'rsatilgan barcha hujjatlarning
nusxalari aniq, tushunarli harflar va raqamlar bilan yozilgan bo'lishi kerak. Shaxsni
tasdiqlovchi/doimiy propiska qilinganligi haqidagi hujjatlarning nusxalari har ikkala
tomonidan suratga olinishi kerak.
15.9.
Tashkilotchi Sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni (davlat
organlari tomonidan qo‘shimcha ravishda so‘ralgan hujjatlar va h.k.) G‘olibdan
talab qilishga haqli.
15.10.
G‘olibga tegishli bo‘lgan Bosh/Kafolatlangan
Sovrin miqdori mazkur
Qoidalarning 14.6-bandida ko‘rsatilgan tartibda Aksiya G‘olibi barcha hujjatlarni
taqdim etganidan keyin 15 (o‘n besh) ish kuni ichida G‘olibning bank hisob
raqamiga (Bank hisob raqami mavjudligi haqidagi Ma`lumot asosida) o‘tkaziladi.
15.11.
Agar G‘olib Tashkilotchiga kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim
etishdan bosh tortsa, yoki boshqa sabablarga ko‘ra ularni taqdim etmasa,
shuningdek, talab etilgan hujjatlar to‘liq yuborilmasa yoki yuborilgan nusxalarning
sifati ularni
aniqlashga imkon bermasa, Tashkilotchi bunday g‘olibga Aksiya
sovrinini berishni rad etish, hamda ulardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqli.
15.12.
Tashkilotchiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra Aksiya G'olibi bilan
Saytda ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan aloqa ma'lumotlari (telefon/elektron
pochta manzili) orqali bog'lana olmaslik, Ishtirokchi Sovrinni olishdan voz kechishi
deb hisoblanadi. Mazkur Qoidalarning 14.6-bandi, 14.7-bandida ko‘rsatilgan
muddat tugaganidan so‘ng, G‘olib Aksiya Sovrinini talab qila olmaydi.
15.13.
G‘olib hamda Muqobil da’vogarlarning talab va shartlari Aksiyaning mazkur
Qoidalariga mos kelmasa, shuningdek, ushbu Qoidalar va (yoki) O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlarga zid kelsa, Tashkilotchi
ularga Sovrinni olishiga rad javobini berishga haqli.
15.14.
Aksiyaning barcha talab qilib olinmagan Sovrinlari, shuningdek, Aksiya
Ishtirokchilari olishdan bosh tortgan Aksiya Sovrinlarini Buyurtmachi o‘z xohishiga
ko‘ra tasarruf etadi.
15.15.
G'olib tomonidan Sovrinni olish huquqini boshqa shaxslarga o'tkazishga yo'l
qo'yilmaydi. Aksiya sovrinlari va ularni olish huquqi kelishuv predmeti, to‘lov
vositasi yoki garov predmeti bo‘lgan holatlarda, Aksiya Sovrinlarini olishdan oldin
tuzilgan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
15.16.
G'oliblarning Sovrinni olish bilan bog'liq har qanday xarajatlari, ko`rgan
zararlari Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan qoplanmaydi. Tashkilotchi
Aksiya Ishtirokchilariga Aksiya Sovrinlarini olish joyiga borish bilan bog‘liq
xarajatlarni to‘lamaydi.
15.17.
Aksiya G‘olibi
Aksiya Sovrinini olish, egalik qilish va foydalanish bilan
bog‘liq O‘zR (yoki) boshqa mamlakatlar byudjetiga boshqa to‘lovlar, yig‘im,
soliqlarni to‘lash, komissiya hamda boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish
G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
15.18.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan mobil telefon raqami (uyali aloqa
Operatorining abonent raqami) yuridik shaxs, boshqa jismoniy shaxs nomiga qayd
etilgan taqdirda (Ishtirokchining ro‘yxatga olish ma’lumotlari va telefon egasining
ma’lumotlari o‘rtasida nomuvofiqlik kuzatilsa), Tashkilotchi Sovrinni Ishtirokchiga
topshirishni rad etish yoki uni topshirishni kechiktirish (berilmaslikning tegishli
sabablari bartaraf etilgunga qadar) huquqiga ega ekanligiga
Ishtirokachi roziligini
bildiradi.
15.19.
Tashkilotchi firibgarlik aniqlangan taqdirda Sovrinlarni topshirmaydi:
Saytda ro'yxatdan o'tishda firibgarlik, Sayt faoliyatini buzishga urinish, o'zi haqida
ishonchsiz ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish va boshqa qoidabuzarliklar.
Operator firibgarlik va qalbakilashtirish mavjudligini o'z xohishiga ko'ra aniqlaydi.
Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish natijasini soxtalashtirishga imkon beruvchi
maxsus dasturlar yoki skriptlardan foydalanishiga shubha tug‘ilgan taqdirda,
Ishtirokchi avtomatik tarzda Aksiya shartlarini buzgan hisoblanadi va uning shaxsiy
kabineti qo‘shimcha ogohlantirilmasdan va sabablari
tushuntirilmasdan Aksiya
tugaguniga qadar bloklanadi.
15.20.
Agar mazkur Qoidalarning har qanday buzilishi aniqlansa, Tashkilotchi
bunday shaxslarni Aksiyada qatnashishini bekor qilishi va (yoki) Aksiya Sovrinini
olishga ruxsat bermasligiga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: