Ishlab chiqarishni rejalashtirish masalasining variantlari. Biz soddalash-
tirilgan ishlab chiqarish rejasini qurish masalasini ko`rdik. SHunday masalalar ham
mavjud bo`ladiki, ularda modellashtirilayotgan vaziyatning o`ziga hos tomonlarini
xam hisobga olishga to`g’ri keladi. Bunday xollarda ham matematik model xuddi
shu usul bilan quriladi. Masalan, u yoki bu mahsulotga bo`lgan ehtiyojlar
chegaralangan bo`lishi mumkin. Korxona o`z imkoniyatlariga ko`ra mavjud
talabga qaraganda yanada ko`proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Bunday
sharoitlarda j – mahsulotning xajmi d
j
miqdor bilan chegaralanadi. U holda
cheklagnishlar sistemasiga quyidagi shartni qo`shib qo`yishga to`g’ri keladi.
.
j
j
d
x
YAngi qurilgan modelimiz talab va korxona imkoniyatlarini xam
++mahsulot koplekt xolda sotuvga chiqariladi. Aytaylik, bitta komplektga j –
mahsulotdan k
j
birlik kiradi. Komplektning bahosi h bo`lsin. YUzaga kelgan
sharoitda ishlab chiqarishning optimal rejasi uchun matematik model quramiz.
Rejalashtirilayogan komplektlar sonini q orqali belgilaymiz. YAngi modelni
eskisini qayta ko`rib chiqish va tuzatmalar kiritish orqali xosil qilamiz. Maqsad
funtsiyada komplektlar sotuvidan tushgan tushumga komplektga kirmagan
38
mahsulotlar tushumini ham nazarda tuish lozim bo`ladi. Avvalgi cheklanishlar
sistemasiga ishlab chiqilgan mahsulotlardan tashkil topgan komplektlarni ham
xisbga olib, qo`shimcha shartlar kiritamiz. Natijada quyidagi masalaga kelamiz:
Masalaning yana bir modifikatsiyasini ko`raylik. Faraz qilaylik, korxona
ma`lum bir zarar ko`rish evaziga resurslar xajmini orttirishi mumkin, ammo o`z
imkoniyatlarini kengaytirayotgan xam bo`lsin. Aytaylik, i-chi resursning bir
birligini p
i
narxda olayotgan bo`lsin. Demak, reja ishlab chiqishda ishlab chiqarish
uchun korxona o`z ihtiyoridagi b
i
resurslarga qo`shimcha ravishda xami xozircha
noma`lum bo`lgan shu resurslardan xam foydalanishi mumkinligini e`tiborga olish
kerak bo`ladi.
SHunday qilib, nafaqat ishlab chilishi lozim bo`lgan mahsulot xajmini, balki
sotib olinishi rejalashtirilayotgan resurslarni xajmini ham hisobga olish talab
qilinadi, chunki aynan ana shu qo`shimcha resurslar evaziga korxona mahsulotlar
xajmini ko`paytirishi mumkin bo`ladi. Xozircha noma`lum bo`lgan resurslar
xajmini u
i
orqali belgilaymiz.
Resusrlarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlarni xam hisobga olish uchun
ularni maqsad funksiyaga minus belgisi kiritamiz. Ishlab chiqarish jarayonida
bunday mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlarini e`tiborga olish uchun
cheklanishlar sistemasining o`ng tomoniga zarur tuzatmalarni kiritish talab
qilinadi. .
Ko`rsatilgan o`zgarishlarni qayd etilganidan so`ng, biz qurgan matematik
model’ quyidagi ko`rinishga keladi:
39
Agar korxona qandaydir mahsulotlarni shaxsiy maqsadlarda (polu-fabrikat)
ishlab chiqarayotgan bo`lsa, u xolda bunday mahsulotlarni korxona o`zidan nol
baxo bilan sotib olayotgan mahsulot sifatida qaraladi va modelga kerakli
o`zgartirishlar kiritiladi.
Qaralayotgan modellar ma`lum bir vaqt oralig’ida ishlab chiqarishni
rejalashtirish uchun mo`ljallanadi. Xar biri ma`lum bir davrga mo`ljallagan optimal
rejalar ketma-ketligini qurish uchun quyidagi tarzda ish tutiladi. Xar bir davr uchun
alohida model’ quriladi, so`ngra bu modellar qo`shimcha shartlar asosida
birlashtiriladi.
Korxonaning bir davrdagi faoliyati natijasi (daromadlari, moddiy zahiralari)
navbatdagi davr uchun shakllantirilayotgan shartlar uchun asos bo`ladi.
Qo`shimcha shartlar davrlarga xos modellarni bir-biriga bog’lash uchun aynan ana
shu shartlardan foydalanadi.
Biz resusrlardan optimal foydalanishnig aossiy (bazaviy) modelini va uning
turli modifikatsiyalarini ko`rib chiqdik. Bu modifikatsiyalarni zarur bo`lganda
birlashtirish va birgalikda foydalanish mumkin. YAna boshqa, bu erda qaramalgan
xolatlar bilan bog’liq va biz tilga olmagan qo`shimcha shartlar xam mavjud
bo`lishi mumkin. Bunday xollarda ham xuddi shu zaylda mulohazalar yurtilishi va
matematik modellar qurilishi mumkin.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa qo`shimcha shartlar hech bir
qiyinchiliklarsiz, matematik modellarda o`z ifodasini topishi mumkin. Ular faqat
modelning kengayishiga sabab bo`ladi, cheklanishlar sistemasi va o`zgaruvchilar
sonini oshiradi, ammo uning sifat darajasida ortiqcha o`zgarishlarning bo`lishiga
sabab bo`la olmaydi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |