07.04.2020
|
53-mavzu:
Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi.
|
Iqlimi. O‘rta Zarafshon okrugi iqlimi O‘zbekiston tekislik qismidagiga o‘xshash bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yog‘in kam. Okrug janubda joylashganligidan hamda shimol, shimoli sharqdan tog‘lar bilan o‘ralganligidan qishda havo
haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvarning o‘rtacha harorati –0,9 –1,9°C. Ba’zan Arktika havosi kirib kelganda eng past harorat –24 –35°C gacha pasayadi. Yozda esa havo ochiq bo‘lib, +26 +28°C atrofida bo‘lib, eng yuqori harorat +40 +44°C ga yetadi.
|