16.05.2020
|
64-65 mavzu:
Ustyurt tabiiy geografik okrugi. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi.
|
Ustyurt platosining faqat janubi-sharqiy qismi O‘zbekistonga qaraydi. O‘zbekistonga qaraydigan Ustyurt respublikamizning eng shimoli g‘arbida joylashgan hudud hisoblanadi.
Ustyurt tabiiy geografik okrugi shimol va g‘arbda Qozog‘iston, janubda Òurkmaniston, sharqda Orol va Quyi Amudaryo okruglari bilan chegaralanadi.
Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega
bo‘lib, qishi quruq va sovuq, yozi issiq va quruq. Ustyurt
O‘zbekistonning qishi eng sovuq hududidir. Buning sababi u eng shimolda joylashgani bo‘lib, tabiiy to‘siqlarning yo‘qligi tufayli Arktika va Sibir sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishidir.
|