El ardoqlagan shoira
Insho
Reja:
Zulfiyaxonim hayoti
Zulfiyaxonim bahor va muhabbat kuychisi
Shoira hamon qalbimizda
Zulfiyaxonim qizlari
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili. O’zbekiston xalq shoiri, xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tehsil olgan. 1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot institute aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat” nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi.
Zulfiyaxonim Isroilovabahor va muhabbat kuychisidir. Zulfiyaxonimning ilk she’rlari “Hayot varaqlari” nomi bilan 1932-yilda chop etilgan. Shundan so’ng shoiraning “she’rlar” va “Qizlar qo’shig’I”, “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida”, “Dalada bir kun”, Tong qo’shig’I”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Kuylarim sizga”, “Oylar” kabi o’nlab she’riy to’plamlari chop etildi. Zulfiyaxonim “Semurg’” , “Zaynab va Omon” dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratdi. O’zi ham “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” kabi poemalaryozadi. Rus, Ukrain, Ozarbayjon, hind shoiralarining she’rlarini o’zbek tiliga tarjima qiladi.
Atoqli va ardoqli shoiramiz Zulfiyaxonim Isroilova qalbimiznig, yuragimizning tub – tubidan joy olgan. Zulfiyaxonim Isroilovaning she’rlari hamon dilimizda yangromoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta’riflashicha “Uning jahon manbalarida yangragan she’rlari sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik muhabbat va sadoqatdan saboq bergan”.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan qizlar balki bizning maktabimizda yoki qo’shni maktablarda o’qir. Bu tanlov, har yili respublikamizda ta’lim, fan, adabiyot san’at sohasida o’z iste’dodini namoyon etayotgan maktab kasb – hunar kolleji va akademik litseylar hamda oliy o’quv yurtlarida o’qiyotgan qizlarga taqdim etiladi. Bu ko’rik tanlovda g’olib bo’lgan qizlarga Zulfiyaxonim qizlari degan mukofot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |