Mavzu:Òzbekistonda eksportni rivojlantirishda qishloq xòjaligining òrni
Reja:
1.Òzbekistonda agrar sohani isloh qilish
2.Òzbekistonda qishloq xòjaligida muammolar
3.Qishloq xòjaligini rivojlantirish va eksporni oshirishdagi islohotlar.
Qishloq xoʻjaligi qoʻshimcha imkoniyatlarga boy soha. Bozorlarimiz fayzu barakasi, hayotimiz farovonligi koʻp jihatdan unga bogʻliq. Zero, yurtimiz zamini saxovatli. Shu bois keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Masalan, davlat xarid narxlarining qariyb 3 barobar oshirilishi paxtachilik va gʻallachilikni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirdi. Qolaversa, paxtachilikda mutlaqo yangicha ish tutumiga, yaʼni klaster tizimiga oʻtilgani mehnatga munosabatni tubdan oʻzgartirdi. Ishni samarali tashkil etish va boshqarish imkoniyati yuzaga keldi. Shuningdek, paxta maydonlarida sugʻorishning tejamkor usullari tatbiq etildi. Shu yilning oʻzida 25 ming gektar paxta maydonida suv tejovchi yangi sugʻorish tizimi joriy qilinishi natijasida oʻtgan yildagiga nisbatan uch barobar koʻp hosil olish kutilayotgani, foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yer maydoni qayta foydalanishga kiritilayotgani shunday saʼy-harakatlar samarasidir.
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish;
Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish;
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish;
Qishloq xoʻjaligining eksport salohiyatini oshirish va qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini koʻpaytirish;
Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish;
Qishloq xoʻjaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda qishloq xoʻjaligi statistikasini toʻliq raqamlashtirish orqali maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlash;
Kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirish.
Albatta, bundan koʻzlangan asosiy maqsad qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini taʼminlashdir. Qisqacha aytganda, qishloq xoʻjaligida shu paytgacha amal qilib kelgan eskicha ish uslubidan butunlay voz kechish, shunchaki xom ashyo yetishtirish manbaiga aylanib qolgan sohani tubdan isloh etish. Chunki yangicha ishlash uslubiga oʻtish payti, allaqachon, yetib keldi. Joriy yilning 6-sentyabr kuni Prezidentimiz huzurida oʻtkazilgan yigʻilishda ishlab chiqilayotgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi muhokama qilindi. Unda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish, suvdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligining eksport salohiyatini oshirish va qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, qishloq xoʻjaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda tarmoq statistikasini toʻliq raqamlashtirish orqali maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlash, kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yettita ustuvor yoʻnalish belgilab berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri:
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotning 30 foizini tashkil etsa-da, lekin qilayotgan ishlarimiz yetarli emasligi, oldimizda katta potensial borligi namoyon boʻlmoqda. Oxirgi ikki yil ichida biz qishloq xoʻjaligida juda koʻp ishlarga kirishdik. Jumladan, klasterlar, kooperatsiyalar tashkil qilindi. Suvni tejash, yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha koʻp tashabbuslarni boshladik.Endi keyingi oʻn yillikda qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning haqiqiy “drayveri”ga aylantirish uchun tubdan koʻp islohotlarni amalga oshirishimiz kerak. Chunki 30 yilda qishloq xoʻjaligiga deyarli teginilmagan, desak, xato boʻlmaydi. Mahsulotlarimiz, umuman, qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalarimiz boshqa davlatlar bilan haqiqiy raqobatdosh boʻlishi uchun islohotlarni bugundan amalga oshirishimiz kerak.
Prezidentimiz olib borgan yigʻilishni ushbu sohadagi juda muhim yigʻilish, deb aytsak boʻladi. Chunki unda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida oʻn yilda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab oldik. Binobarin, qishloq xoʻjaligini faqatgina bitta yoʻnalishda hech qachon isloh qilib boʻlmaydi.Strategiyaga qisqacha toʻxtalsak, unda, avvalo, yerdan samarali foydalanish nazarda tutilyapti. Solishtiradigan boʻlsak, bizning yerdan oladigan daromadimiz, toʻgʻrisini aytganda, baʼzi davlatlardan besh-olti barobar kam.Yerdan foydalanuvchi uni haqiqiy oʻziniki, deb hisoblaydimi yoki yoʻq? Strategiyada shu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish belgilangan. Vaholonki, tahlillarda bitta fermer yerdan bir, bir yarim yil foydalangan holatlari ham kuzatilgan. Bu nimadan dalolat? Agar yerdan foydalanuvchi uni oʻziniki, deb bilmasa, qandaydir “qoʻrquv” boʻlsa, munosabat ham xuddi shunday boʻladi. Yerga nafaqat qarash, balki mablagʻlarni ham sarflash kerak.
Shu bilan birga, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash ham ustuvor vazifalardan biridir. Yaʼni undan foydalanmas ekanmiz, vaqtni ham, mablagʻni ham yoʻqotamiz.Maqsad — oʻrganilmagan bozorlarga kirib borish.Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi faol qoʻllab-quvvatlanadigan davlatlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda respublikamiz agrar sohasiga davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 barobar koʻp mablagʻ ajratilmoqda. Biroq ushbu mablagʻlarni toʻgʻri va maqsadli yoʻnaltirilyapti, deb boʻlmaydi. Shuning uchun ham 2025-yilga borib, davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi faqat bozor mexanizmlari asosida tartibga solinadi. Tan olish kerak, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining eksport salohiyatini oshirish va qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini koʻpaytirish borasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar koʻp. Birinchidan, bozorni oʻrganish va bozor topish borasida muammolar bor.Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda, xususan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming, Misrda 8 ming, Isroilda 12 ming dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarilsa, bizda bu raqam 300 dollardan oshmayapti.Aslida, mamlakatimizning 20 milliard dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun 1 gektar yerda kamida 10 ming dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi zarur.
Eksport uchun qulay bozorlar kam emas. Masalan, dunyo bozorida bodomning yillik import hajmi salkam 3 milliard dollarni, gilos va olchaniki 2 milliard dollarni, pistaniki esa 1,5 milliard dollarnitashkil etadi. Ushbu bozorlar biz kirib boradigan va sifatli mahsulotlarimiz bilan muqim joy egallaydigan katta maydon. Bu orqali 2025-yilgacha eksport hajmini yiliga 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qoʻyilgani shu maqsaddagi muhim qadamdir.Xalqaro standartlarga mos mahsulot jahon bozoriga chiqishning eng asosiy vositasidir. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarimizning eksportda oqsayotgani shu jihat bilan ham bogʻliq. Shu bois endilikda Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va arab mamlakatlari standartlari asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini joriy etish choralari koʻriladi. Eksport salohiyatini oshirishda tomorqa xoʻjaliklari boy manba hisoblanadi. Boisi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 70 foizi tomorqalarda yetishtiriladi.Hozir Oʻzbekistonda 4,5 million aholining tomorqa yer maydonlari mavjud.
Strategiyadatomorqada yetishtirilgan mahsulotlar logistikasiga, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida logistika va kooperatsiya xizmatini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilgani diqqatga sazovordir.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini samarador va raqobatbardosh qilish yo‘llari.Qanday qilib qishloq xo‘jaligidan foydalanishni muvozanatlashtirish, hosildorlik va eksportni oshirish hamda yer egaligi huquqlarini mustahkamlash mumkin? O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolar tahlili Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya maqolasida.
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qishloq xo‘jalik muammolari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi Sergiy Zorya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni tavsifladi.O‘zbekiston YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga layoqatli aholining 27 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi, qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi ko‘tariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay oladi.Biroq qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, shuningdek xususiy sektor, aholi va davlat manfaatlari uchun xizmat qiladigan sohaga aylantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish kerak. Jahon banki tahlillari hozirgi kunda mazkur maqsadga erishishning besh asosiy muammosi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu maqolada mazkur muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘lida davlat tomonidan olib borilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy chora-tadbirlarni ko‘rsatishga harakat qildim.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni muvozanatlash lozim
2018 yilda O‘zbekistonning 70 foiz ekin maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirish uchun ishlatilgan. Oxirgi bir necha yillarda ba’zi yer maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirishdan chiqarildi. Lekin qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda unumdorlikni oshirish uchun hozirgi kunda mazkur ikki mahsulot ekish uchun ishlatilayotgan qo‘shimcha maydonlardan keyinchalik boshqa yanada foydali ekinlarga, xususan, meva va sabzavotlar ekish uchun foydalanish lozim.
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yerni qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi.Aks holda meva va sabzavotlarni qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.
2.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hosildorligini oshirish kerak
O‘zbekistonda paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning o‘rtacha hosildorligi ularning real imkoniyatlaridan ancha past. Bu ko‘rsatkichni oshirish nafaqat fermer xo‘jaligi va agrotashkilotlar foyda va eksportlarini oshiradi, balki hozirgi kunda bug‘doy va paxta bilan band qilingan maydonlarni yanada foydali ekinlar uchun foydalanishga topshirish imkoniyatini ham yaratadi.O‘n yillar davomida ilmiy tadqiqotlar va xizmatlar taqdim etilishining yetarlicha moliyalashtirilmasligi hamda sektorni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yetarlicha ko‘rsatilmaganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. 2018 yilda O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti daromadining faqatgina 0,02 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi izlanishlarga sarflnadi. Shu bilan birga, hozirgi kunda mahalliy fermerlar uchun axborot-konsultativ xizmatlar mutlaqo mavjud emas.Taqqoslash uchun, muvaffaqiyatli qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan o‘rta daromadli mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 1 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga uchun sarflaydi, ko‘p daromadli mamlakatlar esa o‘rtacha 2,5 foiz sarflaydi.
2.Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eksport imkoniyatlaridan
Qishloq xo‘jalik kooperativlarining agrobiznes va eksportchilar bilan kooperatsiyasi va hamkorligini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari yordamida yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mazkur zanjirlar bilan integratsiyalashuvi ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda kichik dehqon va xususiy mulkdorlar biznesining rentabelligini oshirishga yordam bergan bo‘lar edi.
Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi.
Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish kerak.
Boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligiga YAIMning nisbatan kichikroq ulushini ajratadilar. O‘rta daromadli mamlakatlar YAIMning o‘rtacha 0,6 foizini sarflaydi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) yuqori daromadga ega mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida mablag‘ ajratiladi. 2018 yilda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligiga YAIMning 0,8 foizini, Vetnam esa 0,5 foizini sarfladi. Xatto yigirma yil avval ham o‘rta daromadli mamlakatlar kambag‘al bo‘lganida, ularning qishloq xo‘jalik byudjetlari YAIMga nisbatan 1,3 foiz ni tashkil qilar edi.
Davlat xarajatlari yuqori darajali bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi hali yuqori samaradorlikni namoyish eta olmaydi. Misol uchun, 2018 yilda qishloq xo‘jaligi noldan biroz yuqori o‘sishni ko‘rsatdi.Mazkur rukndagi davlatga qaratilgan chaqiriq shundan iboratki, uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur.
Masalan, hozirgi kunda byudjet mablag‘larining katta qismi yerlarga sug‘orish suvlarini chiqarib berish uchun talab etiladigan elektr energiyasiga, suvni paxta va bug‘doy ishlab chiqaruvchilariga yetkizadigan irrigatsiya tizimini boshqarish va ekspluatatsiya qilishga sarflanadi. Shu bilan birga, sug‘orish va melioratsiya infratuzilmalarini modernizatsiya qilish uchun juda oz mablag‘ sarflanadi. Bu shuni anglatadiki, qisqa muddatda hukumatning diversifikatsiyalangan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga xizmat qilish uchun ushbu infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi talab qilinadi.Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun o‘ta muhim bo‘lgan ko‘plab davlat dasturlari har doim mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanmay kelgan. Mazkur dasturlarga qishloq xo‘jaligining amaliy tadqiqotlari, bilimlarni tarqatish, qishloq xo‘jalik fanlaridan ta’lim olish, tuproq unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish (qishloq xo‘jaligi kooperativlari, klasterlar, samarali sherikchilik munosabatlari), statistik va bozor ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasi va agrologistikasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosatni tahlil qilish, xodimlar malakasini har qanday darajaga oshirish va monitoring qilish kabilar kiradi. Kelgusida ushbu dasturlar davlat mablag‘larining katta miqdorini talab etishi mumkin.
O‘zbekiston uchun yaxshi xabar shundaki, mamlakat bug‘doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Ko‘pgina davlatlarda vaziyat butunlay teskari. Jahon bankining hisob kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda paxta va bug‘doy narxlarining pasayishi hisobiga o‘zbek fermerlari yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizini yo‘qotdilar. Natijada fermerlarda hosildorlikni oshirishga rag‘bat bo‘lmaydi.
3.Fermer xo‘jaliklarining yerga egalik qilish huquqlarini himoya qilish kerak
Dehqon xo‘jaliklari (kichik dehqonlar) ning yerga egalik qilish huquqlari qonuniy himoyalangan. Bu moddiy-texnik resurslarga ko‘proq pul to‘lashlari, o‘zlarining kichik yer maydonlarida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash qiyin bo‘lsa ham, nima sababdan kichik dehqon xo‘jaliklarida yirik fermer xo‘jaliklaridagiga nisbatan hosildorlik o‘rtachadan yuqori ekanligining asosiy sabablaridan biridir.
Shu bilan birga, bir qator sabablar bilan va istalgan vaqtda yirik fermerlar davlatdan ijaraga olingan yerlarni yo‘qotishi mumkin. Bu fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish, ekinlarni joylashtirish rejasini bajarmaslik yoki paxta va g‘alla hosilini davlat rejasiga rioya qilmasligi tufayli sodir bo‘lishi mumkin, bu mas’uliyat mahalliy hokimiyat organlariga yuklangan.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardan foydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan voz kechish zarur. Ushbu choralar sobiq Sovet Ittifoqining butun hududida, shuningdek, ko‘p yillar oldin Xitoy va Vetnamda amalga oshirilar edi.
Xitoy va Vetnam tajribasi fermerlarni rag‘batlantirishga yondashuvni qanday isloh qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda davlat buyurtmasi tizimi allaqachon bekor qilingan, biroq bu qishloq xo‘jaligining barbod bo‘lishiga olib kelmadi. Bu yerda strategik ekinlarning bir qismini ishlab chiqarish ekinlarni joylashtirish tizimlari, fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet to‘lovlari hamda hosildorlikni oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, shuningdek ularni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashga qaratilgan tegishli davlat dasturlari hisobidan rag‘batlantiriladi. Mazkur yondashuv O‘zbekistondagi mavjud paxta va bug‘doy tayyorlash bo‘yicha davlat rejasini qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan farq qiladi.Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi.Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar va chaqiriqlar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
Samatov G‘.A., Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti.- T.: 2012. – 346 b.
Umrzoqov O‘.P., Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti: o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod – moliya, 2008. – 268 b.
Qosimova D.S. Menejment nazariyasi: o‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2009. – 208 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |