D)
a) yacheykali (istalgan): b) ieraxik: v) aylana; g)zanjirli: d) intellektual markazli yulduz: e) snejinka.
Aloqa yo`lidan birgalikda foydalinishni tashkil etish kompyuterlarni manzilgohlash ethernet tarmoq muammolarini echishdagi standart misoldir.
Tarmoqning kommunikatsion (aloqa) funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratadi. Foydalanuvchilar aloqa liniyasidan birgalikda foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Kommunikatsion texnologiyaning eng muhim xususiyatlardan biri, bunda axborot manbalari aloqa liniyalari aloqa kanallari va texnik vositalardan bir vaqtning o`zida jamoa bo`lib, birgalikda foydalanishni tashkil etadi. Bundan tashqari foydalanuvchilarga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar uyushtirish, bir shahardan turib, ikkinchi shahar ko`chalarini tomosha qilish va x.k. imkoniyatlarini yaratib boradi. Aloqa menyusidan muloqat amalga oshirlganda esa aloqa kanali ham va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita ham monopol egallanmaydi.
Foydalanuvchilar tarmoqda samarali ishlashi uchun lokal tarmoqda yordamchi dastur modullari bilan ta`minlanadi. Ular ayrim hollarda tarmoq OT bilan, ayrim hollarda alohida olinadi. Ular:
elektron pochta – xatlarni, fayllarni, ma`lumotlarni, tovush, faks va video xabarlarni etkazishni ta`minlaydi;
uzoqdan kirish vositalari - xuddi tarmoqga bevosita ulangandek lokal tarmoqga modem orqali ulanadi va kommpyuterda ishlaydi;
gurux bo`lib ishlash vositalari - birgalikda hujjatlar ustida ishlash, turli foydalanuvchilarning hujjatlar versiyasini kelishuvini ta`minlash, hujjat oborotini tashkil etishni tayminlaydi;
rezerv (zaxira) nusxalash dasturlari - lokal tarmoq kompyuterida saqlanayotgan ma`lumotlarni rezerv nusxasini olish;
lokal tarmoqni boshqarish vositasi - bitta ishchi joyining tarmoq resurslari yordamida boshqarishni amalga oshiradi.
Kompyuterlar orasidagi aloqa, maxsus periferiya qurilmalari adapterlar yordamida bajariladi. Tarmoq kompyuterlari orasidagi o`zaro xarakat tarmoq adapteri va aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari turli xil periferiya qurilmalari - printerlar, modemlar va faks apparaturalaridan foydalaniladi. Katta tarmoq ishlarini boshqarishda shtat administratori tarmoqdagi xatolarni testlab uni aniqlaydi, tuzatadi, rezerv nusxalarni yaratadi va tarmoq resurslari ishini nazorat qiladi. Ma`lumotlarni uzatish apparaturalari (Data Circuit Terminatinq Eguipment DCE) va bevosita ma`lumot uzatuvchi apparatga ulanuvchi asboblar (Data Terminal Eguipment; DTE) (kompyuter, kommutator, marshrutizatorlar) foydalanuvchining aloqa yo`lida ishlatiladigan apparaturasiga kiradi. Aloqa liniyasidan birgalikda foydalanishni tashkil etishda tarmoqda uzatilayotgan so`rov, xabar va ma`lumotlar bir necha mayda bo`laklarga bo`lingan ―paket‖lar ko`rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TSR (Transfer Control Protocol) paketlari deb ataladi.
Har bir TSR paket tarkibida jo`natuvchi va qabul qiluvchi IP adreslar mavjud bo`ladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalanadi. Tarmoq tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (internet protokol) manzil deb ataladi.
Kompyuterlarni nomlash uchun (identifikatsiyalash) 32 razryadli IP adres ishlatiladi. IP adresda tarmoq nomeri va unda ko`rsatilgan kompyuter nomeri bo`ladi. Har bir tarmoq adresi Internet tarmog`ining informatsion markazi tomonidan beriladi.
Tarmoqlardagi boshqa kompyuterlar bilan aloqani tashkil etishda bunday adreslardan foydalanish foydalanuvchiga noqulaylik keltirib chiqaradi. SHuning uchun domen nomlar kiritilgan. Bu tizimda tarmoq kompyuterdan foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan nomlar ko`rsatilgan. Bu nomlarda mos adreslar yashiringan bo`ladi.
Domen nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: korxonalar identifiqatori va nuqtalar bilan ajratiladigan domen identifikatori. YUqori darajali domenlarga kuydagilar kiritilgan:
com – tijorat tashkilotlari uchun masalan: Microsoft.com.ibm.com.
edu – o`quv muassalari uchun, masalan: vcu.edu (virgima Commowealth
University), cmu. Edu (Kornegi Mellon Universiteti) gov – davlat muassasalari uchun: masalan: Watehouse. Gov (oq uy). org – notijorot tashkilotlar uchun, masalan: irex. org (ayreks tashkiloti).
Net- internetning xizmat provayderlari uchun, masalan: internec. net ( inter NTC)
Davlatlarni izohlovchi domen kodlari mavjud:
· UZ
|
O`zbekiston
|
· LI
|
Lixtenshteyn
|
· UK
|
Buyuk Britaniya
|
· CH
|
Xitoy
|
· CA
|
Kanada
|
· RU
|
Rossiya
|
· CH
|
SHveytsariya
|
· DE
|
Germaniya
|
· AV
|
Avstraliya
|
|
|
Internet adreslaridan foydalanuvchilarga tarmoqga ulangan kompyuterda ularning registratsion nomlari bo`lishi mumkin. Bu nomdan so`ng @ belgi bo`ladi. Barcha tomondagilar kompyuter nomiga birlashtiriladi. Masalan: kompyuterda Axmad nomi bilan registratsiya qilingan foydalanuvchi, internetdagi mavjud nom tutoz. sptu. edu adresi quydagicha bo`ladi: axmad @ tutoz. sptu. edu. Internetda nafaqat insonlar nomi, balki guruxlar nomi ham ishlatilishi mumkin. Axtarish yo`lini qayta ishlashda domenlarda maxsus server nomlari mavjud. Ular domen nomlarini mos raqam adreslariga qayta shaklantirib beradi.
Bir necha kompyuterlarni birlashtirishda ularni manzilgohlash muammolari paydo bo`ladi. Ular manzilgohlash raqamli (masalan, 129.26.255.255) va belgili (site. domn.ru) bo`lishi mumkin. Bitta va o`sha manzilni turli formatlarda yozish mumkin.
129.26.255.255 raqamli manzilni o`n oltilik raqamlari bilan 81. 1a.ff.ff deb yozish mumkin.
Manzilgohlash nafaqat alohida interfeyslarni nomlash uchun, balki ularni guruhlarini (guruh manzillarini) manzilgohlash mumkin. Guruh manzillarini yordamida ma`lumotlarni bir vaqtning yozida bir nechta uzellarga yuborish (jo`natish) mumkin. Kompyuter tarmoqlari texnologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi topologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi manzillar ishlatiladi. Bunday adreslar bo`yicha jo`natilgan ma`lumotlar barcha tarmoq uzellariga etkazilishi kerak bo`ladi.
Ko`pchillik manzillar, manzilgohlash sxemasi bo`yicha krititilishi mumkin buni adresli kenglik deyiladi.
Adresli kenglik - yassi (chiziqli) yoki ierarxik bo`ladi. CHiziqli (YASSI) adresli kengik hech qanday strukturalashtirilmagan, ierarxik adreslash sxemasida, ular bir - biriga kiritilgan (taxlangan) guruhchalar ko`rinishida bo`lib, adres doirasini ketma - ket qisqartirib, oxirida alohida tarmoq interfeysini aniqlaydi.
Belgili manzilgohlash odamlarga qulay, ammo formatning o`zgaruvchanligi va katta uzunligi hisobiga ularni tarmoqdan uzatilishi uncha tejamli emas. Manzillarni bir turdan ikkinchisiga o`tkazish uchun maxsus yordamchi protokollar ishlatiladi. Bunday protokollarni - manzillarga ruxsat etish protokollari deyiladi.
Ierarxik sonli manzillarning turli tarmoq IP va IPX manzillaridir. Bularda ikki darajali ierarxik bo`lib, manzil katta qism - tarmoq nomerli (tartibli) va kichik - uzel nomeri (tartibi) ga bo`linadi. Bunday bo`linish tarmoqlar orasida faqatgina tarmoq tartibiga asoslangan xabarlarni uzatish mumkin, uzel tartibi esa, xabar uzatilgach kerakli tarmoqga etkazish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy tarmoqlarda uzellarni manzilgohlash uchun bir vaqtning o`zida yuqorida ko`rsatilgan sxemalardan foydalaniladi.
Tarmoq texnologiyasi Ethernet - hisoblash tarmog`ini tuzish uchun etarli, kelishilgan standart (andoza) bayonnoma va ularni bajaruvchi dasturiy apparat vositalarining to`plamidir. Bu to`plam minimal vosita to`plami bo`lib, ular yordamida ishga qobiliyatli tarmoq tuzish mumkin. Ayrim vaqtlarda tarmoq texnologiyasi deb ham ataydilar, Ethernet asosida istalgan tarmoqning bazasi tuziladi.
Ma`lumotlarni taqsimlovchi muhitga uzatuvchi tasodifiy kirish usuli asosiy tamoyini tashkil etadi. Ethernet standartida elektr aloqalarining topologiyasi qat`iy belgilangan, kompyuterlar taqsimlovchi muhitga ―umumiy shina‖ strukturasiga mos ravishda ulanadi. SHinaning vaqt bo`yicha taqsimlanishi yordamida ikkita kompyuter ma`lumotlar bilan olmashadi. Aloqa yo`liga kirishni boshqarish Ethernetning maxsus kontroleri bo`lgan - tarmoq adapteri orqali amalga oshiriladi.
koaksial kabel
Rasm 9. Ethernet tarmoq.
Ethernet tarmoq shunday tuzilganki, ma`lumotlarni uzatuvchi taqsimlaydigan muhitni kadrni tushishida barcha tarmoq adapterlari bir vaqtning o`zida bu kadrni qabul qiladi. Kadrning boshlang`ich maydonning birida joylashgan manzilni vazifasini taxlil qiladilar va bu manzil agar ularning shaxsiy manzili bilan mos tushsa, kadr tarmoq adapterining ichki buferiga joylashadi. SHunday qilib, manzilchi - kompyuter unga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni oladi. Ayrim xollarda ikkita yoki undan ortiq kompyuterlar, tarmoq bo`sh deb, axborotlarni uzatadi, bunday holda tarmoq bo`yicha uzatilayotgan ma`lumotlarni to`g`ri kelishiga to`sqinlik qiladi - bunday xolat kolliziya deb ataladi.
Ethernetning asosiy afzalligidan biri shundaki uning tejamkorligidir. Bu tarmoqlarni tuzish uchun har bir kompyuter uchun bittadan tarmoq adapteri va kerakli uzunlikdagi koaksial kabelli bitta fizik segment kerak xalos. Bundan tashqari Ethernet tarmog`ida etarli darajada muhitga kirish, manzilgoxlash va ma`lumotlarni uzatish algoritmi oddiy tuzilgan, shuni ham aytish joizki Ethernet tarmog`ini kengaytirilishi yaxshiligi, ya`ni yangi uzellarni ulashni engilligi uning afzalligini yana bir bor oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |