Reja: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari


OSI modelining darajasi kompyuter tarmoq standartlash va modulligi



Download 423,51 Kb.
bet16/16
Sana02.02.2022
Hajmi423,51 Kb.
#425577
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mustaqil ish Kompyuter turlari tarmoqlar va viruslari

OSI modelining darajasi kompyuter tarmoq standartlash va modulligi
Zamonaviy tarmoqlar ko`p darajali tamoyil bo`yicha barpo etilmokda. Standartlash bo`yicha xalqaro tashkilot OSI ochiq - tizim modeli darajalar o`rtasidagi vertikal standartni o`zaro bog`lanishini yoritib beradi. Standartlash bo`yicha etti darajali etalon modeli OSI 1978 yil barpo etildi.
Hozirda esa, u keng tarqalgan bo`lib, ochiq - tizim uchun ishlatilib kelmokda.
Bu etti funktsional darajalar abonent sistemalarini o`zaro harakatdagi jarayonlarini mustaqil tarkibiy qismi deb qaraladi. Ularning vazifalarini protokollar darajasi bo`yicha ko`rib chiqamiz. 1-daraja – kanalli daraja.
Ma`lumotlarni uzatish kanali bilan bevosita bog`langan bo`lib, axborotlarni tashuvchi elektr signallar uchun fizik yo`l bilan ta`minlaydi. 2-daraja – kanalli daraja.
Ma`lumotlar blokini (kadrlarni) 1-darajadan xatosiz uzatishni ta`minlaydi. U bit oqimida kadrni boshlanishini va tugallanishini aniqlaydi, kadrlar yoki ketmaketlik, xato bor-yo`qligini tekshiruvchi va uni tuzatuvchi protseduralarni ulaydilar. 3-daraja – tarmoqli daraja.
Bu daraja tarmoqdagi istalgan ikkita nuqta aloqasini ta`minlash uchun unga 2 daraja taqdim etgan barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Bu daraja ko`p aloqa yo`llariga ega bo`lgan tarmoq bo`yicha axborotni (provodka) kuzatish, yoki marshrutlashni talab qiladigan birgalikda ko`plab ishlaydigan tarmoqlarni, ya`ni ma`lumotlarni kaysi yo`ldan uzatilishini aniqlashni amalga oshiradi. Marshrutlash, adreslarni qayta ishlashni bajarish shuningdek, demul`tepleksorlash shu darajada bajariladi. Tarmoqli daraja ishlash bo`yicha 2 turi mavjud:

  1. Virtual kanal usuli–bunda chaqiriq bo`yicha aloqa kanali o`rnatilib, axborot uzatiladi va axborot tugashi bilan kanal yopiladi.

  2. Deytagramm usuli–bu usul mustaqil bo`lib, ular uzatadigan barcha zarur axborotlarni o`zida mujassamlashtiradi.

4-daraja – transportli daraja.
Kompyuter tarmoqlarida bajariladigan jarayonlar o`rtasida paket axborotlarni uzatishni reglamentlashtiradi. Ma`lumotlarni uzatilishini tashkil etilishini tugatadi, oqim ma`lumotlarini ―skvoznoy‖ asosda tekshiradi. Axborotni oldingi kurinishi bo`yicha bloklardan axborotlarni tuplaydi.
Bu daraja ko`plab tarmoq va shlyuzlarda aloqani ta`minlash uchun mukammal va ishonchli adreslash sxemasini o`z ichiga olishi kerak. Transport daraja–barcha yuqori darajalardan istagan detallarni va ma`lumotlarni uzatish muammolarini berkitadi, u o`zidan kuyi daraja bilan standart o`zaro harakatni ta`minlaydi.
5-daraja–seansli daraja.
O`zaro aloqadagi foydalanuvchilarni boshqaradi. Ularning aloqasini o`rnatadi, avariyali tugallangan seanslarni tiklaydi. Bu daraja regional (domen) kompyuter nomlarini sonli adreslarga va aksincha qayta nomlab beradi. U kompyuter yoki qurilmalarni emas, balki tarmoqdagi jarayonlarni boshqaradi, ularning o`zaro harakatlarini quvvatlaydi, – amaliy daraja o`rtasidagi jarayonlar aloqa seanslarini boshqaradi.
6-daraja–ma`lumotlarni taqdim etuvchi daraja.
Bu daraja uzatiladigan axborotlarni sintaksisi va semantikasi bilan ish yuritadi, ya`ni bu erda xabarlashayotgan ikki kompyuterga nisbatan, ular qabul qiladigan va uzatadigan axborotlarni qanday taqdim etilishini va qabul bo`yicha o`zaro tushunishni o`rnatadi. Masalan, matnli axborotlarni qayta kodlash, tasvir, raspakovka, tarmoq fayllar tizimini quvvatlash va x.k. masalalarni echadi.
7-daraja–amaliy daraja.
Bu daraja tarmoq va foydalanuvchi o`rtasida interfeysni, inson uchun barcha xizmatlarni mumkinligini ta`minlaydi. Bu darajada kamida 5 ta amaliy xizmat bajariladi: fayllarni uzatish, masofaviy terminalli kirish, xabarlarni elektron uzatish, so`rov xizmati va tarmoqni boshqarish.
Amalda hisoblash tarmoqlarini barpo etish va uni rivojlantirishda tarmoq tizimlarini tashkil etishdagi barcha kompleks savollar bo`yicha standartlarni ishlab chiqarish zaruriyati yuzaga keldi. Standartlash bo`yicha xalqaro tashkilot yangi tarmoqlarni va standartlarni aniqlashga imkon yaratdi.
ISDN – bu telefon tarmog`i bo`yicha raqamli ulanish standarti bo`lib, kabelli asbob-uskunalarda ishlaydi.
ISDNning 2 turi mavjud: ISDN BRI (Integrated Services Digital Networkintegrirovanno`e slujbo` tsifrovo`x setey, Basic Rate Interface-interfeys bazovogo dostupa) va ISDN PRI (Primary Rate Interfaces-interfeys osnovnogo dostupa).
ISDN BRI standarti maxalliy telefon kompaniyalari uchun mo`ljallangan. Bu standartga asosan ISDNda uchta dupleks kanali bo`lib, ular ma`lumotlar uzatish va so`zlashish uchun ajratiladi.
X.25-ulanish standarti – bu paketli kommutatsiyalangan tarmoq ishi uchun ishlatiladi. Axborotni uzatish va qabul qilish uchun tarmoqda abonentlar o`rtasida vaqtinchalik mantiqiy aloqa o`rnatiladi. X.25-past tezlikka ega bo`lib, ISDN standartiga nisbatan narxi arzonroq.
X.400-ulanish standarti global tarmoqda axborotni uzatish uchun ishlatiladi. Modemlarni yaratishda signallarni Uzatuvchi standartlar qo`llaniladi:
V.22 bis–ma`lumotlarni tezlik bo`yicha uzatish standartidir. Uning tezligi 2400 bit/sek. V.32–9600 bit/sek va V.32 bis–1400 bit/sek tezlik bo`yicha uzatish standartidir. Hozirda MKKTT V.42 modem standarti ishlatimoqda-bu standart xatolarni korrektsiyalashda ishlatiladi.
MNP5–standart ma`lumotlarni zichlashtirish usulini bajaradi.
YAna bir standart protokol mavjud. U deytagrammdan foydalanuvchi protokol
UDP (User Datagram Protocol) bo`lib, ayrim amaliy dasturlarda ishlatiladi.
Modullik bu hisoblash tarmoqlarining tabiiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Tarmoq kompyuterlar, tarmoq adenterlari, mostlar, marshrutizatorlar, modemlar, operatsion tizimlar va ilova modullari kabi juda ulkan turli tuman modullardan tashkil topgan.
Korxonalar tomonidan kompyuter tarmoqlariga turli talab qo`yilishi, tarmoqni tuzishda, qurilmalari va dasturlarni turli qilib ishlab chiqishni taqoza etadi. Bularni turli tuman ishlab chiqilishining yana bir sababli shundaki, ko`pchilik qurilma va dasturlar asosiy va qo`shimcha funktsiyalarni mujassallashtirish bilan farq qiladi. Tarmoqlardagi modullik va standartlik tushunchasi bir - biri bilan chambarchas bog`langan va modullik yondoshish tarmoqlarda standartlar bilan kuzatilgandagina o`z samarasini beradi.
Hozirgi kunda kompyuter hisoblash tarmoqlari rivojlanib bormokda. Global tarmoqda ma`lumot almashuvining bir qancha imkoniyatlari mavjud. Uzoqlashgan kompyuter bilan aloqa o`rnatishingiz va undan xuddi uning oldida o`tirgandek foydalanishingiz, elektron jurnallarga yozilishingiz, xabarlarni elektron pochta orqali yuborishingiz va olishingiz mumkin. Bu qayd etilgan imkoniyatlarni o`rganishda, mavzu bo`yicha, hisoblash tarmoq rivojlanishi, ularning vazifalari, yirik kompyuter tarmoq turlari, ularning tavsiflari va hisoblash tarmoq zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari va muammolari yaratildi. Kompyuter tarmog`i - hisoblash tizimning taqsimlangan xususiy holatini taqdim etadi, bunda kompyuter guruhlari avtomatik rejimda ma`lumotlar bilan almashgan xolda o`zaro aloqadagi masalalarni kelishilgan xolda bajaradi. Tarmoqning apparatli komponentlarni kompyuterlar, kommunikatsion asbob – uskunalar, operatsion tizim, tarmoq ilovalari tashkil etadi.

Adabiyotlar ro’yhati



  1. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.



Download 423,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish