Reja: Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar. " Farhod va Shirin" dostoni kompozitsiyasi va sujeti



Download 30,13 Kb.
bet2/5
Sana07.03.2022
Hajmi30,13 Kb.
#485899
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” dostonlari

Mafoiylun mafoiylun fauvlun
54 bob, 5782 baytdan iborat bo’lgan doston an`anaviy hamd va na`tlar bilan boshlanib, qalam vasfi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy haqidagi boblardan so’ng dostonning yozilish sabablari va undan kuzatilgan maqsad bayoni beriladi. Shundan so’ng Badiuzzamon mirzoga bag’ishlangan bob keladi. Bularning hammasi dostonning muqaddimasi bo’lib, undan keyin Farhodning tug’ilishi, unga nom qo’yish bilan bog’liq hamda Farhodning vafotigacha bo’lgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Farhod vafot etgach, Sheruya Xusravni o’ldirib, Shiringa talabgor bo’ladi. Shirin esa Farhod qabrida uning yonida vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Mehinbonu ham olamdan o’tadi. huddi shu vaqtda Chindan Farhodni yo’qlab, Bahrom keladi, Farhod vafotini eshitadi. Sheruyani yengib, Arman o’lkasida bir odil kishini podshoh qilib qo’yadi.
Dostonning voqeasi shu yerda tugaydi. Shundan so’ng yana ikki bob bor: biri - Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Shohg’arib mirzoga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi va oxirgisi xotima - xulosa bo’lib, unda dostonning yozilish tarixi (889 h. - 1484 m.) ham bayon etilgan:
Chu tarixi yilin onglay dedim tuz,
Sekiz yuz sekson erdi dog’i to’qquz. (8 - tom, 477)
Alisher Navoiy dostonining bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e`tiroficha, u ham, Xusrav Dehlaviyda bo’lganidek, Farhodni Chin xoqonining o’g’li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo’yish masalasiga shoir alohida e`tibor berib, shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug’ilishi - kelajakdagi komil insonning tug’ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:
Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand,
Bo’lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko’nglin aylabon xush,
Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash.
Jamolidin ko’ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo’yub yuz himmatu iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti. (8 - tom, 66-67)
Keltirilgan misolning uchinchi va to’rtinchi baytlarida Farhod so’zining ma`nosi quyidagicha sharhlangan:
Ikkinchi sharh:
Bu "far"ni "hodi"yi baxt etgach irshod,
Ravon shohzoda otin qo’ydi Farhod. (8-tom, 67)
Bunda shoir "Farhod" so’zini ikki qismga - "far + hod" bo’lib shunday sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo’lgan shahzoda Farhod - baxt tomon "hodiy"lik-yo’lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya`ni Farhod baxtli bo’lishga intiluvchilar rohnamosidir.
Uchinchi sharh:
Anga farzona Farhod ism qo’ydi,
Hurufi ma`xazin besh qism qo’ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab. (8-tom, 67)
Bunda shoir Farhod so’zining har bir harfi "firoq", "rashk", "hajr", "oh" va "dard" so’zlarining birinchi harflaridan iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning "ishq" ahlidan ekaniga urg’u beradi.
Shunday qilib, "Farhod" so’ziga berilgan bu uch sharhga diqqat qilinsa, unda shu nomga (Farhod) ega bo’lib, Alisher Navoiy tasvirlagan badiiy obrazning mohiyati ochiladi hamda butun doston davomida u ana shunday fazilatlari bilan namoyon bo’ladi.
Bu hol uning yoshligidan, maktabda o’qish jarayoni, ilm o’rganishidan ko’zga tashlanadi. Alisher Navoiyning yozishicha, yosh Farhod:
Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni…
O’qub o’tmak, o’qub o’tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori… (8-tom, 70-71)
Shuning bilan bir qatorda Farhod:
“Demonkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok,
Tili poku so’zi poku o’zi pok”, - bir olijanob inson sifatida ham shakllanib boradi. Bu bayt "Hayrat ul-abror"da oshiq haqida:
Oshiq ani bilki erur dardnok,
Ham tili, ham ko’zi-yu ham ko’ngli pok, - deb yozganlarining Farhod misolida amalga oshganini, ya`ni umumlashma fikrlarning badiiy obrazda mujassamlashganini ko’rsatadi.
Alisher Navoiy tasvirida Shirin Mehinbonu tarbiyasidagi malika. U har jihatdan: zohiriy, botiniy, ma`naviy va ma`rifiy jihatdan ham go’zal va beqiyos. Shuning uchun shoir Shirin siymosi-portretini shunday bir mahorat bilan chizadiki, uni o’qigan kishining ko’zi o’ngida bu timsol butun borligi bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashqari uning ma`naviy-ma`rifiy saviyasi ham ana shunday go’zal va yuksak darajada. Shuning uchun uning atrofidagi o’n qiz - Dilorom, Diloro, Diloso, Gulandom, Sumanbu, Sumanso, Parichehr, Parivash va Paripaykarlar ham Shiringa munosib bo’lib, biri she`riyat, biri musiqa, biri mantiq, biri hay`at, biri tarix, biri hisob, biri muammodonlikda tengi yo’q foziladirlar:
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,
Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan. (8-tom, 272)
Bunda Alisher Navoiy Mehinbonu saroyidagi ajoyib bir ijodkorlik va bilimdonlik muhitini tasvirlaydi. Buning sababini esa Mehinbonuning o’zida ko’radi:
Mehinbonu ki donishparvar erdi,
Bilik ahlig’a shohi sarvar erdi. (8-tom, 273)
"Farhod va Shirin"dagi bu tasvir Shirin kabi komil insonlarni etishtiruvchi komil sharoitnи ham nazarda tutadi. Shunday bo’lganda faqat erkaklargina emas, balki ayollar ham o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqora oladilar. Bu esa Alisher Navoiyning orzusi va asosiy maqsadi hamdir. Shuning uchun Alisher Navoiy tasviridagi Shirin o’z taqdirini o’zi hal qiladigan erkin shaxs. Bu holat quyidagi lavhada yaqqol ko’zga tashlanadi: Shirinning dovrug’ini eshitgan Xusrav unga sovchi yuboradi. Bu haqda Shiringa aytganlarida, u shunday javob beradi:
Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o’lsam ushbu basdur.
Agar Bonu iloji bilsa, qilsun,
O’zumni o’ltururmen, yo’qsa bilsun. (8-tom, 293)
Dostonda Mehinbonu, Farhod otasi Xoqon, Shopur, Bahrom va shunga o’xshash timsollar ham borki, ular asosiy qahramonlarning faoliyatini qo’llab-quvvatlaguvchi ijobiy timsollar sifatida tasvirlanadi. Ana shulardan biri bo’lgan Shopur haqida quyidagilar yozilgan:
Hunar bobida ustodi zamona,
Zamona ichra naqqoshi yagona.
Varaqni kilki aylar chog’da tasvir,
Bo’lub noyib manobi kilki taqdir.
Ne surat yozg’ali topib chu dast ul,
Jahonni aylabon suratparast ul… (8-tom, 217, 219)
Shunday qilib, Farhod Shopur timsolida o’ziga munosib do’stni ko’rib, umri oxirigacha u bilan birga bo’ldi.
Ammo dostonda Xusrav, Sheruya singari salbiy timsollar ham borki, ular qattiq qoralanganlar. Buning sababi esa ularning xatti-harakat va qilmishlari ezgulik, osoyishtalik, obodonlikka qarshi bo’lib, insonlarni komillikka intilishlariga g’ov bo’lganliklaridadir. Farhod, Shirin, Mehinbonu va minglab odamlarning o’limiga sabab bo’ladilar. Xusrav o’z o’g’li Sheruya tomonidan o’ldiriladi, Uni esa Farhodning emakdosh ukasi Bahrom mag’lubiyatga uchratadi.
Demak, Alisher Navoiy tasvirida zulm yengiladi, adolat tantana qiladi.

Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish