Reja: Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar. " Farhod va Shirin" dostoni kompozitsiyasi va sujeti


Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida an’ana va o’ziga xoslik



Download 30,13 Kb.
bet4/5
Sana07.03.2022
Hajmi30,13 Kb.
#485899
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” dostonlari

Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida an’ana va o’ziga xoslik.
Majnun - birinchi navbatda inson. Insonning komillik-poklikka intilishida esa ishqi majoziy imtihon maydoni. Chunki ana shu maydonda inson ishq yo’lidagi dard, kuyish-yonishlar, jonni kuydiruvchi yuzlab sho’`la-yolqinlar ko’rasida toblanadi - har xil xiraliklardan poklanadi va poklikda shuhrat qozonadi ("poklikka mavsuf").
Ul o’tda chu ehtizoz topdi,
Andoqki kerak gudoz topdi.
Har g’ashlig’din erdi noqis
Bo’ldi bu gudoz bila xolis. (9-tom, 294)
Boshqacha aytganda, u "o’zligi" - surati majoziyligidan qutulib, ma`naviy - axloqiy poklik darajasiga, ya`ni komil inson darajasiga erishib, odamlarni maftun etadi ("birovga mash`uf"). Majnun ana shu darajadagi timsol bo’lib, Ilohiy zotning sifatlaridan bahramand bo’lgan- komil insondir. Demak, Majnun majoziy ishqda komillikka erishib, haqiqiy ishqdan bahramand bo’lganlarning Ramzidir. Majnunning bunday yuksak komillik darajasiga erishuvining asosiy omili Laylidir. Layli komillikni namoyon etadigan ko’zgudir, mazhardir. Majnun ana shu ko’zguda o’zini emas, balki Laylini-komillikni ko’radi:
Ham Layli o’lub tilida zikri,
Ham Layli o’lub ichida fikri.
Har yon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilva oro. (9-tom, 149)
Shuning bilan bir qatorda:
Majnun sog’inib o’zini Layli,
Aylar edi nozu ishva mayli.
Layli o’zini sog’indi Majnun,
Shukr ettiki, yori bo’ldi maqrun.
Ul bu bo’ldiyu lek bu ul
Topmadi aroda ikkilik yo’l. (9-tom, 250)
Demak, Majnun va Layli komillikda vahdatni - yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning ko’rinishi bo’lib, unda jismoniylik emas, balki ma`naviylik yetakchi mavqeni egallaydi. Bunday yuksak darajadagi xos ishqni tushunmaydiganlar Majnun va Layli ishqi mohiyatini ham tushunmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor.
Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qo’lini cho’zganlar ham borligini Navfal obrazi misolida ko’rsatadi. Chunki:
Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.
Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila bum…
Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,
G’am dashti aro yugurgan erdi. (9-tom, 152-153).
Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar o’rtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga ko’tarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining o’zaro ishqi Alisher Navoiy ta`riflagan "avom ishqidurkim, …derlar: "falon falonga oshiq bo’lubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar`iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…" [14-tom, 67].
Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urg’u beradi, chunki bu martaba komillik martabasi bo’lib, unda "pok ko’zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngul ul pok yuz oshubidin ko’zg’olmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq"dir [14-t. 68].
Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon qiladi:
Yozmoqda bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli. (9-tom, 310-312).
Shunday qilib, Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi ikkinchi - "Farhod va Shirin", uchinchi - "Layli va Majnun" dostonlari haqida umumiy yo’nalish tarzida mulohaza yuritdik. Agar diqqat bilan qaralsa, bu ikki dostonni bir-biriga yaqinlashtiruvchi mushtarak mavzu - komil inson mavzusi bor. Bu mavzu ularni bir-biriga bog’labgina qolmaydi, balki mavzuning har bir dostonda o’ziga xos tarzda yoritilishi ularning uslubiy o’ziga xosliklarini namoyon etadi, ya`ni "Farhod va Shirin"da bu mavzu ijtimoiy faollik ko’lamida yoritilsa, "Layli va Majnun"da esa asosan ishq maydonidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur tasviri orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi.



Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish