20-19-guruh talabasi Sanaqulov Anvarning "Xalqaro transport yoʻlaklari "mavzusidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Xalqaro transport yoʻlaklari
Reja:
1.Xalqaro transport haqida
2. Xalqaro transport yoʻlaklari
Xalqaro transport huquqi, eng avvalo suv yo‘llaridagi tashuvlar uchun ishlab chiqilganHozirgikunda xalqaro transport huquqi
konvension tusga ega bo‘libxalqaro savdo huquqi bilan chamcharchasbog‘langan
Xalqaro miqyosda transport faoliyatini tartibga solish ikki turdagikonvensiyalar yordamida amalga oshiriladi:
Birinchidan• cheklangan sonli
davlatlar orasida tuzilgan lokal darajadagi
konvensiyalar
Ikkinchidan• global ahamiyatga ega bo‘lgan, xalqaro tashkilotlar, eng avvalo BMT rahnamoligida tuziladigan konvensiyalar
Xalqaro trasnsport huquqini ishlab chiqadigan eng kuchli
tashkilot – bu BMTdir BMT qoshida beshta mintaqaviy komissiyalar faoliyat olib boradi BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD), Yevropa Iqtisodiy
Komissiyasi (YEEK)dagi ichki transport qo‘mitasi, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiya (YUNSITRAL) lari kiradi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining faol rivojlanib borishi ko‘p hollarda tashqi savdo yuk tashish tizimini rivojlantirish borasida butun Markaziy Osiyo to‘qnashadigan mavjud muammolar hal etilishiga bog‘liq. Akademik V. Bartold qayd etganidek: “Turkiston kelajagi u jahon savdosida qaysi o‘ringa ega bo‘lishiga bog‘liq. Turkistonning savdoga oid mohiyati quruqlikdagi hamda dengiz savdosi mohiyatini qayta tiklovchi temir yo‘llari rivojlanishiga bog‘liq”.
SSSR inqirozga uchraganidan so‘ng, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlar soni 29 ga yetdi va O‘zbekiston Respublikasi bunda alohida o‘rin tutadi, chunki u dunyo okeanidan kamida ikkita davlat hududi bilan ajratilgan jahondagi ikkita davlatlardan biri hisoblanadi.
Mustaqil bo‘lishdan avval O‘zbekiston o‘z tashqi iqtisodiy aloqalarini quyidagi uchta dengiz porti - Ilichevskdagi (Qora Dengizga chiqish), Sankt-Peterburgdagi (Boltiq dengiziga chiqish) va Vladivostokdagi (Uzoq Sharq portlariga chiqish) portlar orqali amalga oshirishi mumkin edi, respublikadan ushbu portlargacha bo‘lgan masofa 3000, 4300 va 8000 km.ni tashkil etib, yuk tashish qiymati oshib ketar edi. Biroq, mamlakatning mustaqil rivojlanib borishi yillari davomida, davlat rahbariyatining maqsadga yo‘naltirilgan siyosati sharofati bilan ushbu yo‘nalishdagi holat tubdan o‘zgardi.
Tashqi savdo yuklarini tashish uchun muqobil transport yo‘laklarini izlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faol chora-tadbirlari hamda mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishi natijasida xalqaro transport yo‘laklari tarmog‘i tashkil etildi va takomillashtirib borilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuk tashishlari quyidagi asosiy transport yo‘laklari orqali amalga oshiriladi:
1-yo‘lak — Boltiqbo‘yi mamlakatlari portlari yo‘nalishida (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit orqali) — Klaypeda (Litva), Riga, Liyepaya, Ventspils (Latviya)Tallinn (Estoniya);
2-yo‘lak — Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlari yo‘nalishida, Belarus va Ukraina orqali (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit orqali) — Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegarasi;
3-yo‘lak — Ukrainaning Ilichevsk portiga (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit orqali), Qora Dengizga chiqish bilan;
4-yo‘lak — TRASEKA yo‘lagi sifatida ma’lum bo‘lgan Transkavkaz yo‘lagi yo‘nalishida (Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan tranzit orqali), Qora Dengizga chiqish bilan;
5-yo‘lak — Eronning Bandar Abbos portiga (Turkmanistondan tranzit orqali), Fors ko‘rfaziga chiqish bilan;
6-yo‘lak — Qozog‘iston – Xitoy chegarasi orqali sharqiy yo‘nalishda (Dostiq/Alalshankou) Xitoyning sharqiy portlarigacha, shuningdek Uzoq Sharqning Naxodka, Vladivostok va boshqa portlarigacha;
7-yo‘lak — Xitoy portlariga (Qirg‘izistondan tranzit orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va Janubiy-Xitoy dengizlariga chiqish bilan;
8-yo‘lak — afg‘on muammosining tartibga solinishi munosabati bilan Afg‘onistondan tranzit orqali Eron va Pokistonning Bandar Abbos, Chaxbaxar (Eron Islom Respublikasi, EIR), Gvadar va Karachi (Pokiston Islom Respublikasi, PIR) portlariga janubiy muqobil transport yo‘laklarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi istiqbollar ochib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |