Kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi: 1 – mahkamlovchi vint; 2 – avtojavobgar, analogli audiorazyom; 3 – SD-audio analog kabeli; 4 – Aux in analogli razyom; 5 – 8V 1394 (IEEE-1394a) kirishchiqish razyomi; 6 – CD SPDIF raqamli audiokabel; 7 – Auding qurilmasining kirish-chiqish kabeli; 8 – o‘yin porti moslamasining kontaktlari (djoystik).
Shundan so‘ng tovush fayllarini raqamli o‘zgartirish va musiqiy kompozitsiyali egiluvchan disklar asosida MP3 fayllarni yaratishni amalga oshirish mumkin.
Endi platani razyomga o‘rnatish mumkin. Avval o‘zingizdan elektrostatik zaryadlarni olish uchun kompyuterning metall qopqog‘ini ushlang. So‘ngra platani chekkasidan ushlab turgan holda ken gaytirish slotining ariqchasimon o‘yiq joyiga o‘rnating. Platani qotirish vintlarini burang va kompyuterni yig‘ing.
Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatishni yakunlash.Moskeluvchi razyomga akustik tizimlarni ulash mumkin. Odatda, tovush platasidan chiqish quvvati 4 W ni tashkil etadi. Agar plataning chiqish quvvatidan akustik tizimning hujjatida berilgan ishlash quvvati kam bo‘lsa, u holda tovush balandligini maksimal darajagacha ko‘tarish tavsiya qilinmaydi. Yaxshisi akustik tizimni ichiga joylashtirilgan tovush platasining chiziqli chiqishiga ulanuvchi kuchaytirgich bilan birga qo‘llash lozim. Agar akustik tizim to‘rt va undan ortiq kolonkaga ega bo‘lsa, qaysi razyom oldi kolonkalarni va qaysinisi orqa kolonkalarni ulash uchun xizmat qilishini hisobga olish kerak. Orqa kolonkalar yordamida hajmli jaranglanishini shakllantirish uchun audioadapter bilan birga beriladigan sozlash dasturidan foydalaning.
Gohida operatsion tizim ba’zi bir drayverlarni o‘rnatish uchun Windows ning o‘rnatiluvchi kompakt-diskini talab etadi.
Stereotizimni ulash.Audioadapterni stereotizimga ulab, sifat jihatidan ajoyib tovushga hamda DVD disklarni eshittirish uchun Dolby Digital standartini qo‘llanishiga ega bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik stereotizimlarda RCA yoki phono ko‘rinishidagi kirish kontakt razyomlari qo‘llaniladi. Bunday razyomlar ba’zi audio adapterlar uchun standart bo‘lib hisoblanadi, ammo ko‘pchilik tovush platalari kich kina phono-razyomlar bilan jihozlangan, shuning uchun stereotizimni ulash uchun maxsus ulash moslamasi kerak bo‘ladi.
Stereotizimni tovush platasiga ulash uchun kabeldan foyda laniladi. Agar tovush platasida akustik tizimga yoki naushnikka chiqish va chiziqli stereochiqish bo‘lsa, sifatli tovush olish uchun stereotizimni chiziqli stereochiqishga ulash maqsadga muvofiq bo‘ladi.