Mikrofon va naushniklar. Mikrofon – tovush tebranishini elektr tokining tebranishiga o‘zgartirib beruvchi elektr akustik asbob bo‘lib, kiritish qurilmasi hisoblanadi. Mikrofonlar telefon va magnitofon, tuvushni va video tasvirni yozish kabi qurilmalarda, radio
SHOROX-7 Oktava MK-319 Sennheiser Simli Tasmali elektretli sig‘imli dinamik mikrofon.
Elektr signalni uzatish usuli bo‘yicha naushniklarning quyidagi turlari mavjud:
Simsiz naushniklar
|
Koss qoplamali naushniklar
|
Quloq ichiga qo‘yiladigan naushniklar
|
Mikrofonli naushniklar
| Tovush platasini o‘rnatish
Tovush platasini o‘rnatishdan oldin, tizimli blokni ochish kerak bo‘ladi.
Barcha zamonaviy tovush platalari Plug and Play standartini qo‘llovchi PCI formatli platalarda ishlab chiqariladi. ISA platalariga qaraganda zamonaviy PCI platalari apparat resurslarini kamroq talab etadi, markaziy protsessorga kamroq yuklama bilan ta’sir o‘tkazadi hamda zamonaviy hajmli tovushning API interfeysini ham qo‘llaydi. Bu interfeys zamonaviy kompyuter o‘yinlarining barchasida keng qo‘llaniladi.
Kengaytirish razyomini tanlash. Agar bir necha razyomlar bo‘sh bo‘lsa, yangi platani ulardan uzoqroqga joylashtirish lozim. Bunda ularning tarafidan kelayotgan xalallar ancha pasayadi, bu tovush platasi uchun muhimdir, chunki xalallar yangrayotgan tovushning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tanlangan kengaytirish sloti ustida joylashgan orqa metall panel mahkamlangan vintni burab bo‘shating. O‘rnatish jarayonida plataning metall tayanchi va qirralarini ushlang. Bunda plataning hech qaysi tarkibiy qismiga tegmang, chunki statik elektr zaryadlari uning qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin. Razyomning tilla rang bilan qoplangan kontaktlariga tegmang. Agar sizda antistatik bilakuzugingiz bo‘lsa, uni taqib oling.
Tovush kartasining razyomlarini tanlashda ularning tizimga ulanishi kerak bo‘ladigan tashqi kabellariga e’tibor berish lozim, chun ki ular oldindan tizimga ulangan simlarga halaqit berishlari mumkin.
Tovush platasining kabelini boshqa kabellardan chekkada «o‘tkazish» imkonini beruvchi razyom eng qulay variant hisoblanadi. Tashqi interfeys modulli audioadapterni (Sound Blaster Live yoki Audigy) o‘rnatganda, yassi kabelni audioadapterdagi mos keladigan razyomga bemalol ulash mumkinligiga amin bo‘ling.
Kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi ko‘rsatilgan. Unga optik jamlagichlarga olib boradigan 4 ta simli analog va 2 ta simli raqamli kabellar hamda platani ichki modul bilan bog‘lovchi maxsus yassi kabellar ulangan.
Platadagi tovush razyomiga CD-ROM jamlagichining tovush kabelini ulang. Bu razyom to‘rtta kontaktli bo‘lib, unga to‘g‘ri o‘rnatilishi uchun maxsus belgi qo‘yilgan.
Ba’zi bir yangi CD va DVD jamlagichlar ikki razyomga ega bo‘lgan maxsus raqamli audiokabel bilan jihozlangan. Kabelning bir uchini jamlagich razyomiga, ikkinchi uchini esa tovush platasining CD SPDIF yoki CD Digital Audio razyomiga ulang (6.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |