Reja: Umumiy pedagogikaning predmeti va tuzilishi


VI. TA’LIMNING PUXTA VA TIZIMLI O‘ZLAShTIRIB OLISh TAMOYILI



Download 0,79 Mb.
bet44/71
Sana14.06.2023
Hajmi0,79 Mb.
#951231
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
1-mavzu

VI. TA’LIMNING PUXTA VA TIZIMLI O‘ZLAShTIRIB OLISh TAMOYILI

Ta’lim jarayonida biz o‘quvchi-talabalarni bilimlarni mustahkam yesda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablaridan biridir. O‘quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv materiallarni tizimli va ongli o‘zlashtirishga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda xosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarini ancha murakkabroq materiallarni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, zamin bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar zaminining puxta bo‘lmasligi keyingi o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishga olib keladi. Ya’ni o‘zlashtirgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni o‘rganilishida va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarning o‘zlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish ba’zi tushunmovchiliklarni yo‘qotish, mustahkamlashga e’tiborini qaratish didaktikning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni uyushtirish, bilimlarni mustaxkamlashga yordam beradi. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldidan o‘zlashtirilishligini o‘quv materialigina esga tushirmay, balki shu o‘quv materialiga bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi ma’lumotlar ham beriladi, o‘zlashtirilgan bilimlarning noaniq tuman bo‘lib qolgan tomonlar oydinlashtiriladi va to‘ldiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib takrorlash tizimli va uzluksiz ravishda to‘ldirib borish muhim didaktik talabdir.

VII. TA’LIMNI INDIVIDUALLAShTIRISh O‘QUVChI-TALABALARNING ShAXSIY VA YoSh XUSUSIYaTLARINI HISOBGA OLISh TAMOYILI

Har bir o‘quvchi-talaba o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv jarayonida ana shu individul xususiyatlarni xisobga olmasalar har qancha unumli metodlardan foydalanmasinlar. O‘quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini ta’minlash. Lekin o‘quvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. O‘quvchi-talabalarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga sig‘maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil ularni o‘rganish ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida o‘quvchi-talabaning kuchli va ojiz tamonlarini uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib olish mumkin. O‘quvchi-talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolarni sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarini rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘zlashtirish bir oz pastroq bo‘lgan o‘quvchi-talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun o‘quvchi-talabaning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda “differensiyalashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan guruhlar uchun tuzilgan dasturlar qo‘llaniladigan metodlar asosida o‘quvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.
Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv dasturi, mazmuni va hajmi o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. O‘rganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar o‘quvchi-talabalarning xaddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalarning sog‘ligi psixik holatida salbiy ta’sir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir o‘quvchi-talabaning xususiyatlarni chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar jarajasida belgilab olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo‘lishga erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la olmaydi. Demaq har bir yosh davrda o‘quvchi-talabalarning imkoniyatlarini o‘rganish va imkoniyatlarga mos ravishda ta’limni tashkil etish, o‘rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda muhim bo‘lib, bu yo‘nalishda ham tegishli ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning iijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalishiga, ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Ko‘rib turganimizdek uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ana shu didaktik tamoyillarini yanada mukammallashuviga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demaq bugungi kunda o‘quvchi-talabalarni ehtiyojlarini hisobga olingan holda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika o‘quv jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq o‘rganish hamda ta’lim samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish