TA’LIM QONUNIYATI, QONUNLARI
Didaktikada ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan qonun-qoidalar va tamoyillar ishlab chiqilgan. Shunday ekan, “qonuniyat”,“qonun”, “qoida”, “tamoyil” degan tushunchalarning tom ma’nosini aniqroq bilib olishimiz lozim.
Qonuniyat - bizning ixtiyorimizdan tashqari obyektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar o‘rtasidagi, ularning tadrijiy rivoji (evolyusiyasi) zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘lanish. Tabiiy fanlarda, uni qonun deb ham nomlaydilar. Masalan, Yerning tortilish qonuni, Markazdan qochma kuchqonuni, Jovul-Lens qonuni va hokazo.
Ta’lim-taryiya jarayonining qonuniyatlarini tushuntiradigan bo‘lsaq ular ta’lim-tarbiya jarayonining tadrijiy rivoji zaruriyatidan kelib chiquvchi ta’lim-tarbiyani bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklardir. Chunonchi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi orasidagi zaruriy bog‘liqlik yoki ta’lim beruchi bilan o‘quv dasturi orasidagi zaruriy bog‘liqlik va hokazolar.
Qonun atamasi aslida insoniyat tomonidan yaratilgan tartib va koidalarga nisbatan ishlatiladi. Ammo tabiiy fanlarda, ularni o‘rganish jarayonida aniklangan tartiblarni Alloh taolo, ya’ni Xudo tomonidan, ishlab chiqilgan tartib-qoida degan mazmunda, uni qonun deb nomlanib kelingan. Izohli lug‘atlarda bu atamalar sinonim sifatida qo‘llanilgan. Ilmiy nuktai nazardan qaralganda, tabiiy fanlardagi tabiat qonunlaridan tashkari, barcha bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan va ularning tadrijiy rivoji natijasida paydo bo‘lgan bog‘liqliklarni qonuniyat deyiladi. Ijtimoiy hayotdagi inson va narsalar orasidagi goho zaruriy, goho nozaruriy (birovni foydasini ko‘zlab) o‘rndtilgan bog‘liqliklar qonun deyiladi.
Qoida – bu inson harakat tartibining oxirgi bosqichi bo‘lib, obyektiv qonuniyatlar asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib, konkretlashtirib beruvchi harakat tartibidir. Qoidalar nazariya bilan amaliyot orasini bog‘lab turuvchi vositadir.
Uni pedagogik jarayon misolida ko‘radigan bo‘lsaq u o‘qitish qoidalarida namoyon bo‘ladi. O‘qitish qoidalari tipik vaziyatlarda o‘qituvchilarning tipik harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib aytganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar o‘zini qanday tutishi kerakligini ko‘rsatib beradilar. Shuning uchun ular amaliyotga yaqin turadilar.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik koidalarga ikki xildagi qarash mavjud. Birinchisi, amaliyotchi o‘qituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini bilish shart emas, ular olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dars o‘tish qoidalarini o‘zlshtirib olsalar, shuning o‘zi yetarli deydilar. Shu kunda xorijiy mamlakatlarda va Oktyabr inqilobidan oldingi rus pedagogikasida bu fikr ustunlik qilgan. Bu masalaga ikkinchi turdagi qarash ham bor, ular amaliyotchi o‘qituvchilarning faqat tayyor o‘qitish qoidalariga bog‘lab qo‘ysaq ularning tashabbuskorligini cheklab ko‘ygan bo‘lamiz deydilar. Bularning ikkalasining fikrlarida ham mantiq bor. Haqiqat, har doimgideq ikkalasining o‘rtasida yotadi. O‘qituvchilarni pedagogik qoidalarga qattiq bog‘lab qo‘yib, ularning erkini cheklash yomon bo‘lgani kabi, amaliyotdan uzilgan va juda ham nazariylashgan pedagogik tamoyillarni va qonuniyatlarni pedagoglardan talab qilish va pedagogik jarayonni erkin harakatlarga aylantirib ko‘yish ham noo‘rin.
Ta’lim-tarbiyada, boshqa mehnat turlaridagideq standart holatlar juda ko‘p. Bu holda o‘qituvchi uchun ko‘p ham tashabbus ko‘rsatishi shart emas, aks hollarda, o‘qituvchining tashabbuskorligi darsni muvaffaqiyatli o‘tishiga halal ham beradi. Bu holda, dars o‘tganda aynan pedagogik koidalarga rioya qilish talab qilinadi.
Qoidalar didaktika tamoyillaridan kelib chikkani kabi, didaktika tamoyillari o‘z ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq, koidalar o‘z ichiga yana ko‘p sonli o‘qituvchi va pedagoglarning ko‘p yillik tajribasini ham qamrab olgan bo‘ladi.
Dars o‘tish koidalari qancha degan savolga K.D.Ushinskiyning so‘zlarini keltirish o‘rinlidir. U, barcha pedagogik koidalarni bir varakka sig‘dirish xam mumkin, ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin, degan ekan.
Odatda ular tavsiyanoma, ko‘llanma va eslatmalar sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |