Ikkinchi vazifasi – ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchi vazifasi –ta’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini takomillashtirish.
To‘rtinchi vazifasi – yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi va talabalarning tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash.
Beshinchi vazifasi – insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo.
Demaq ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan kurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar xosil kilish, ularda dunyokarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish xamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir.
Ta’lim orkali yosh avlodga insoniyat tajribasi orkali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar xamda e’tikodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘kituvchi va o‘quvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘kituvchi va o‘quvchi-talaba faol ishtirok etadi. O‘kituvchi anik maksadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi-talabalar esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, kiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idroq xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni xosil kilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |