Reja: Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi



Download 4,31 Mb.
bet5/15
Sana24.06.2022
Hajmi4,31 Mb.
#698284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi. орол ва тупроқ

O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990 yili (Jzbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan.Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokimyoviy, ekologik va boshqa xossalari o‘zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o‘zgarishi albatta ifloslanish turiga, harakteriga, darajasiga va vaqtiga ko‘ra o‘zgaradi. Tuproq xossalarining o‘zgarishiga qarab, unda o‘suvchi o‘simlik dunyosi va hayvonot olamida ham o‘zgarishlar yuz beradi.Har qanday kimyoviy modda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar ( Organizmlar haqida referat ) faolligi va miqdori, fermentlar faolligi zarar ko‘radi. YA’ni shartli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta’sirida ayrimlari nobud bo‘ladi, ba’zi bir mikroorganizmlar esa o‘zining faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo‘lsa, tuproq biologik olami to‘lik nobud bo‘lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so‘ng tuproqda ular bilan bog‘liq bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi.Quyidagi chizmada kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalariga ta’siri keltiriladi.Tuproqning takrorlanmas xususiyatlaridan biri, tabiiy tarzda o‘zini o‘zi tozalashidir. Ya’ni tuproq qatlamlariga tushgan og‘ir metallar, chiqindilar, pestitsidlar, neft va neft mahsulotlari, radioaktiv modsalar tuproqqa tushganda turli mikroorganizmlar tomonidan o‘zlmng‘iriladi. Misol uchun, neft va neft mahsulotlarini parchalovchi bakteriyalar, og‘ir metallar va turli mineral tarkibli moddalarni parchalovchi mikroorganizmlar, chirituvchi hamda bijg‘ituvchi mikroorganizmlar tuproqning o‘zini o‘zi tozalash imkonini beradi. Qanchalik tuproqning biologik olami boy bo‘lsa, tuproq qoplami shunchalik toza, unumdor va serhosil bo‘ladi. Tuproqda mavjud barcha tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar, o‘similik va hayvonot dunyosi) uning biomassasini tashkil etadi.Tuproq qoplamidagi tirik olam haqida so‘z yuritganda dastlab undagi o‘simlik dunyosi va mikrobiologik olami ko‘z oldimizga keladi. Yuqorida ma’lum qildikki, tuproq qoplamiga turli ko‘rinish va tarkibdagi kimyoviy moddalarning tushishi natijasida dastlab uning tirik olami zarar ko‘radi. Bunda tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va boshqalar), hashoratlar, o‘simlik qoplami va boshqalar ifloslovchi moddaning kimyoviy xususiyatiga ko‘ra turlicha ta’sir qiladi.Tuproq tarkibida kimyoviy moddalarning qabul qilingan meyoridan (QQM) ortishi asosiy tirik qoplamni keskin kamayishiga va ayrim hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi. Natijada esa tuproq biologik dunyosi qayta tiklanishi uchun bir qator rekultivatsiya tadbirlarini olib borishda 5-15 yil vaqt talab etadi.Kimyoviy ifloslanishlar natijasida tuproq unumdorligi pasayadi va qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlik miqdori va sifati ta’sir qiladi. Tuproq mikroorganizmlarining roli shundaki, tuproqda boradigan bir qator hayotiy jarayonlar, oziqa elementlarining o‘zlashtirilishi, biokimyoviy jarayonlar, chirindi hosil bo‘lishi, nafas olish va boshqalar barchasi mikroorganizmlar ishtirokida kechadi.Tuproq bilan tirik organizmlarning o‘zaro bir - biriga ta’siri tuproq hosil bo‘lish jarayonining eng asosiy omillaridan biri, biosferaning rivojlanishi va kurrai zaminimiz hayotining evolyutsiyasi bilan bog‘liqdir. Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi .Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi. Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o‘rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.Tuproq qoplamiga ko‘proq to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o‘rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi (4-jadval).2-jadval Qishloq xo‘jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish Kategoriyalari tuproqlarni kimyoviy ifloslanishini muhofaza qilish bugungi kunda yer kurrasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, shu bois bu masalaga jiddiy yondashishni talab etiladi. Chunki bu insoniyatning barcha turmush faoliyati bilan uzviy bog‘liqsir.Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida ayrim element va moddalar uchun tegishli ifloslanish darajalari keltiriladi (6-jadval).Dunyo olimlari (SL.Davidova, V.I.Tagasov, 2002 y.) tomonidan turli kimyoviy modsalarning havflilik nuqtai nazaridan stress -indeks ko‘rsatkichlari belgilangan, bunga ko‘ra pestitsidlar - 140, og‘ir metallar - 135, AES chiqindilari - 120, qattiq shakldagi zaharli chiqindilar - 120, metallurgiya materiallari - 90, tozalanmagan oqava suvlar - 85, oltingugurt (II) - oksidi - 72, neft -72, kimyoviy o‘g‘itlar - 63, organik maishiy chiqindilar - 48, azot oksidlari - 42, saqlanayotgan radioaktiv chiqindilar - 40, shahar chiqindilari - 40, uchuvchan uglevodorodlar - 18, uglerod oksidi - 12 indeks ko‘rsatkichlari bilan belgilangan.I (jadval Lyrim kimyoviy modda va elementlarning ifloblanish darajasi. Tuproq tirik tabiiy murakkab tana bо‘lib, bunda tinimsyu ravishda biologik va kimyoviy jarayonlar kechadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar hududning iklimiy, gidrologik, ekologik sharoiti, biologik dunyosi va tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga uzviy bog‘liq tarzda turlicha kechadi.Tuproqka doimiy ravishda tabiiy va antropogen omillar о‘zining ta’sirini о‘tkazadi, buning oqibatida esa tuproqning xossa hususiyatlari о‘zgaradi. Hususan, neft uglevodorodlari tabiiy muhit va tuproq qoplamining ifloslovchi asosiy moddalar qatoriga kiradi. Uning kimyoviy ta’siri tuproqning morfologik, fizik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, biokimyoviy va biologik xossalarini о‘zgartiradi, natijada tuproq unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Qolaversa tuproqdagi organik moddalarning minerallanish jarayoniga, umumiy va guruhiy mikroorganizmlarning xilma-xilligiga, ularning miqdorining kamayishiga, fermentlar (katalaza, invertaza, polifenoloksidaza, oksidaza, proteaza, fosfataza, degidrogenaza) faolligining susayishiga, tuproqning nafas olishi va morfologik belgilarining о‘zgarishiga ta’sir etadi.Ekosistemaning neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muammolardan tashqari geoekologgas muammoga ham sabab bо‘lib, litosferaning yuqori qismi va suv .tо‘planuvchi qatlamiga singib bir qator holatlar yuzaga kelishi mumkin.Gidrogeologiya instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududining yer osti sizot suvlari ustida katta miqdorda neft va neft mahsulotlari tо‘plangan va tuproq qatlamlaridan yer ostiga qarab sizib о‘tgan. Ifloslanishning kengayishi boshqa xudud tuproqlarining ham ifloslanishiga olib kelgan.Tuproqda uglevodorodlarning 5gr/100gr tuproqda uchrashi unda kechuvchi nitrifikatsiya jarayonining bir necha bor sekinlashishiga va mikroorganizmlarning keskin kamayishiga olib keladi.Tuproqning eng noziq kismi hisoblangan biologik dunyosi ifloslanish natijasida sezilarli zarar kо‘radi. Ayniqsa umumiy mikroorganizmlar,geterotrof,uglevodorodoksidlovchi,denitrifikator,nitrifikator bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, mayda hashoratlar va о‘simliklar zaharli kimyoviy ta’sirga nisbatan chidamsiz hisoblanadi.Respublikamiz sug‘oriladigan tuproqlarining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, tuproq xossalarini о‘zgarishini о‘rganish va uning rekultivatsiyasi bо‘yicha T.Abdraxmonov, L.Tursunov, A.Vaxobov, U.Jurayeva, Z.Jabbarov va E.Xushvaqtovlar 2006-2008 yillarga mо‘ljallangan DITD-7 yо‘nalishidagi rо‘yxat raqami A-7-070 «Sug‘oriladigan tuproqlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish holati va uni tozalashning biologik asoslari» mavzusida amaliy loyixasi (amaliy granti) doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tadqiqotchilar ifloslangan hudud tuproqlarining mikrobiologik olamini о‘rganishlariga kо‘ra mikroorganizmlar neft miqdori va fasllar bо‘yicha turlicha miqdorda uchrashi aniqlangan).






2. Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta’siri



Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish