Reja: Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar


Kuchlanishni o`lchash transformatori



Download 0,54 Mb.
bet4/4
Sana31.05.2022
Hajmi0,54 Mb.
#621457
1   2   3   4
Bog'liq
Transformatorlar

Kuchlanishni o`lchash transformatori. Kuchlanish transformatorining
zanjirga ulanish sxemasi va uning belgilanishi 13-rasm, a va b da ko`rsatilgan.
Yuqori kuchlanishli birlamchi chulg`amning o`ramlari soni O`1 nisbatan
ko`p bo`lib, tarmoqqa parallel ulanadi, ya`ni o`lchanadigan kuchlanish bevosita
ta`sir ettiriladi. Ikkilamchi chulg`amning o`ramlari soni O`2 nisbatan kam bo`lib,
unga vol`tmetr, vattmetr, schyotchik va boshqa asboblarning kuchlanish g`altaklari
ulanadi.

13-rasm
Kuchlanish transformatorlaridagi birlamchi chulg`amning nominal kuchlanishi
U1nom yuqori kuchlanishli tarmoqning yoki qurilmaning nominal kuchlanishiga,
ikkilamchi chulg`amning nominal kuchlanishi U1nom esa 100 V ga teng qilib
olinadi. Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab
chiqariladi. Bunday transformatorlarning transformatsiya koeffitsienti:

O`lchanayotgan kuchlanishning haqiqiy qiymatini bilish uchun
vol`tmetrning ko`rsatishini transformatsiya koeffitsienti kU ga ko`paytirish kerak.
Kuchlanish transformatorining past kuchlanishli ikkilamchi zanjirida o`ta
yuklanish yoki qisqa tutashiishdan saqlanish maqsadida himoya saqlagichlari
o`rnatiladi. Ayrim sabablarga ko`ra yuqori kuchlanishli chulg`am izolyatsiyasi
shikastlansa, uning transformatorga tegib qolish havfi tug`iladi. Bunday
falokatning oldini olish uchun kuchlanish transformatorining past kuchlanishli
chulg`ami va temir o`zagi erga ulangan bo`ladi.
Kuchlanish transformatori boshqa elektr o`lchov asboblari kabi 0,5; 1,0; 3,0
aniqlik sinfiga ega.
Tokni o`lchash transformatori. Kuchli toklarni kuchsiz tokka aylantirishda
tok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformator birlamchi chulg`amining
o`ramlari soni ko`p bo`lmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi va
o`lchanadigan tok u orqali o`tadi. Ikkilamchi chulg`amining o`ramlari soni
nisbatan ko`p bo`lib, unga o`lchov asboblari (ampermetr, vattmetr, schyotchiklar-ning tokli g`altaklari) ketma-ket ulanadi.
14-rasm
Tok transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va belgilanishi 14-rasm, a
va b da ko`rsatilgan.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi:

O`lchanayotgan tokning haqiqiy qiymatini bilish uchun ampermetrning
ko`rsatishini transformatsiya koeffitsienti kI ga ko`paytirish kerak. Ikkilamchi
chulg`amning nominal toki (I2nom) 5 amperga mo`ljallangan bo`lib, unga
ulanadigan elektr o`lchov asboblari birlamchi chulg`amdan o`tadigan tokka moslab
darajalanadi. Ulanadigan o`lchash asboblarining elektr qarshiligi unchalik katta
bo`lmaydi. Shuning uchun tok transformatori, ko`pincha, qisqa tutashuv rejimida
ishlaydi. Demak, tok transformatorini ishlatishda ikkilamchi chulg`amga
ulanadigan nagruzkaning qarshiligi nominaldan oshmasligi shart. Birlamchi
zanjirdan tok o`tib turganida ikkilamchi zanjir aslo uzilmasligi va ochilib
qolmasligi kerak. Mabodo ikkilamchi zanjir uzilsa, tok transformatoridagi magnit
oqimi kuchayib ketib, ikkilamchi chulg`am uchlarida hayot uchun havfli
kuchlanish yuzaga keladi. Shuning uchun tok transformatorning ikkilamchi
chulg`ami elektr o`lchov asboblariga ulangan yoki qisqa tutashgan bo`lishi shart.
Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 10 aniqlik sinflariga ega.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy va elektronika asoslari»
Toshkent «O`zbekiston» 2000.y
2. I.P. Kopilov «Elektricheskie mashini» Moskva 2000.g
3. B.N.Sergenkov, V.M.Kiselev, N.A.Akimova «Elektricheskie mashini:
Transformatorı» Moskva 1989.g
4.B.F.Tokarev «Elektricheskie mashini» 1990.g
5. I.N.Bulgakov «Gruppı soedineniya transformatorov» Moskva 1955.g
6.A.S.Karimov, M.M.Mirxaidarov «Nazariy elektrotexnika» Toshkent
1959.y
7.L.S.Jdanov, V.A.Maranjyan «Fizika kursi» Toshkent 1959.y
Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish