Reja: Totalitar tuzum davrida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati davlat hokimiyati vakillik organlari rivojlanishida dastlabki bosqich


-§. Bir palatali parlament tizimida



Download 84 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi84 Kb.
#209432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasida zamonaviy davlat hokimiyati vakillik organlarining tarixi va rivojlanish bosqichlari

3-§. Bir palatali parlament tizimida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati (1995-2004 yillar)

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatlari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining «Oliy Majlis to`g`ri-sida»gi konstitutsiyaviy qonuni (1994 yil) va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining muvaqqat ish tartibi bilan belgilanadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bobi O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga bag`ishlangan.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutloq vakolatlari belgilab qo`yilgan. Bu degani ushbu moddada ko`rsatilgan vakolatlar respublikamizda faqatgina Oliy Majlis tomonidan amalga oshirilishi mumkin, ya'ni Oliy Majlis sessiyalarining kun tartibi shu masalalarga taalluqli bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida ko`zda tutilgan Oliy Majlisning mutloq vakolatlarini quyidagi sohalarga ajratish mumkin:

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat qurilishi sohasidagi vakolatlari:

-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan qator davlat organlarini tuzish va tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qator davlat organlarini tuzish va tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod qilish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;

-O`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash;

-O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

-O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash;

-Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

-Vakolat muddati tugashi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;

-O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi va uning o`rinbosarlarini saylash;

-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

-O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

-O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudini saylash;

-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to`xtatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;

-Davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish;

-Ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish, O`zbekiston Respublikasining chegaralarini o`zgartirish;

-Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomini o`zgartirish va ularning chegaralarini o`zgartirish;

-Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to`xtatish) qilish.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining iqtisodiy va sotsial-madaniy qurilish sohasidagi vakolatlari:

-O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

-Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy etish;

-Boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun qabul qilish sohasidagi vakolatlari:

- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish;

-O`zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish hamda ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish.

O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi davlat qurilishi, iqtisodiy va sotsial-madaniy qurilish va qonun qabul qilish sohalarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko`zda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o`z vakolatlarini ma'lum turdagi huquqiy hujjatlar qabul qilish bilan amalga oshiradi.

Yuqorida zikr etilganidek, Oliy Majlis qabul qiladigan huquqiy hujjatlar orasida Konstitutsiya alohida o`rin egallaydi, chunki Konstitutsiya boshqa qonunlar va davlat organlari qabul qiladigan huquqiy hujjatlar uchun yuridik asos bo`lib xizmat qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilishi mumkin bo`lgan huquqiy hujjatlarning turlari batafsil ko`rsatib berilgan. Ular qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar deb atalgan. Shu moddada huquqiy hujjatlar qabul qilishning asosiy shartlari ham ko`rsatilgan. Masalan, qonunni qabul qilish uchun Oliy Majlis deputatlarining ko`pchilik ovozi talab etiladi.

Oliy Majlis qabul qiladigan huquqiy hujjat-lar orasida qonunlar oliy yuridik kuchga ega. Davlat organlari qabul qiladigan hamma hujjatlar Oliy Majlis qonunlariga mos bo`lishi shart. Oliy Majlis qabul qiladigan qonunlar O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.

Oliy Majlis qabul qilishi mumkin bo`lgan huquqiy hujjatlarning yana bir turi qarorlardir. Qarorlar davlat organlarini tuzish bo`yicha, Oliy Majlis struktura qismlarini tuzish bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarini tasdiqlash bo`yicha ham qabul qilinishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat, iqtisodiy va sotsial-madaniy qurilish masalalarini muhokama qilgan taqdirda ham qarorlar qabul qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyati O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonun, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining muvaqqat ish tartibi va boshqa huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini tashkil etish va uning yig`ilishlarini olib borish O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonun va Oliy Majlisning vaqtinchalik ish tartibiga muvofiq Oliy Majlis raisi va uning o`rinbosarlariga yuklatiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi va uning o`rinbosarlari Oliy Majlis deputatlari orasidan Oliy Majlis vakolati muddatiga yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi va uning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi Oliy Majlis deputatlarining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligining yashirin ovoz berishi orqali muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining raisi Oliy Majlis muhokamasiga qo`yiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi, Oliy Majlis yig`ilishlarini chaqiradi, Oliy Majlis kun tartibiga kiritiladigan takliflarni qo`mitalar va komissiyalar raislari bilan birgalikda tayyorlaydi, Oliy Majlis yig`ilishlariga raislik qiladi, Oliy Majlis qo`mita va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, qonunlarning va Oliy Majlis qarorlarining ijrosini nazorat qilishni tashkil etadi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlarini imzolaydi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tashkil etishda Oliy Majlis Kengashi muhim o`rin tutadi. «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonunga muvofiq Oliy Majlis ishini tashkil etish hamda ushbu qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish uchun birinchi sessiyada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi tuziladi. Kengash tarkibiga Oliy Majlis raisi, uning o`rinbosarlari, doimiy qo`mita va komissiyalarning raislari va Oliy Majlisdagi rasmiy fraksiyalarning vakillari kiradi.

«O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonunda Oliy Majlis Kengashining vakolatlari belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining a'zosi hisoblanadi. Bu xalqaro tashkilotning huquqiy holati, Mustaqil Davlatlar Ham-do`stligiga kiruvchi mamlakatlaring davlat boshliqlari tomonidan 1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining Ustavi bilan belgilab berilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Armaniston, Belorussiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston davlat rahbarlari bilan ana shu Ustavni imzolagan.1

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining to`laqonli faoliyat olib borishini ta'minlash maqsadida davlatlararo organlar tuzilgan, bularning asosiylaridan biri Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a'zo davlatlar hukumatlarining boshliqlari Kengashidir. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ustavida shu tashkilotga a'zo davlatlar parlamentlarining o`zaro hamkorligi masalalari ham belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga kiruvchi davlatlar parlamentlari bilan bevosita doimiy aloqalar o`rnatgan.



Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ustavining 36-moddasiga muvofiq a'zo davlatlarning parlamentlari o`zaro hamkorliklarini Parlamentlararo Assambleya orqali amalga oshiradilar2. Parlamentlararo Assambleya parlamentlar o`rtasida konsultatsiyalar o`tkazadi, Hamdo`stlik doirasida o`zaro hamkorlik masalalarini ishlab chiqadi, milliy parlamentlar faoliyati doirasiga tegishli takliflarni ishlab chiqishni tashkil etadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ustavining 37-moddasiga muvofiq Parlamentlararo Assambleya shu davlatlar parlamentlarining delegatsiyalaridan iborat3.

Parlamentlararo Assambleya faoliyati Palamentlararo Assambleyaning Kengashi tomonidan tashkil etiladi.

Parlamentlararo Assambleya faoliyati tashkil etilishining tashkiliy tomonlari Assambleyaning Reglamenti - ish tartibi bilan amalga oshiriladi.

Parlamentlararo Assambleyaning doimiy o`tadigan joyi Sankt-Peterburg shahridir. Hozirgi kunga qadar Parlamentlararo Assambleya ishida O`zbekiston Respublikasining parlamenti faol ishtirok etib kelmoqda.



O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati boshqa davlatlarning parlamentlari bilan doimiy o`zaro aloqalarni ta'minlash maqsadida 1993 yil 11 martdagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining qoidalari tasdiqlandi hamda uning ijroiya qo`mitasi tashkil qilindi. Oliy Majlis huzurida Milliy parlament guruhining huquqiy holati belgilangan qoidalar qabul qilingan1. Unga ko`ra:

O`zbekiston Respublikasining Milliy parlament guruhi parlamentning barcha a'zolaridan iborat bo`lib, u Oliy Kengashning qarori bilan tuziladi.

Milliy parlament guruhi o`z faoliyatida Parlamentlararo Ittifoqning, o`zi a'zo bo`lgan boshqa parlamentlararo tashkilotlarning tartib-qoidalariga amal qiladi, ularning ustavlari va qoidalariga rioya etadi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Milliy parlament guruhining rahbari hisoblanadi.

Milliy parlament guruhi a'zolarining umumiy yig`ilishi Milliy parlament guruhining rahbar idorasi hisoblanadi, bu yig`ilish zaruratga qarab o`tkaziladi. Milliy parlament guruhining yig`ilishi, basharti, unda parlament jami a'zolarining uchdan ikki qismidan ko`pi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Umumiy yig`ilish Milliy parlament guruhining ijroiya qo`mitasini saylaydi, ijroiya qo`mitasi ishiga doir hisobotlarni tinglaydi, O`zbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining faoliyati bilan bog`liq eng muhim masalalarni qarab chiqadi.

Umumiy yig`ilishni Milliy parlament guruhining rahbari yoki ijroiya qo`mitasi chaqiradi.

Umumiy yig`ilish qaror va murojaatnomalar qabul qiladi, noma va maktublar yo`llaydi.

Basharti, yig`ilishda ishtirok etayotgan parlament a'zolarining yarmidan ko`pi yoqlab ovoz bersa, yig`ilish qarori qabul qilingan hisoblanadi.

Milliy parlament guruhining ijroiya qo`mitasi tarkibi rais, kotib va qo`mita a'zolaridan iborat bo`ladi.

Milliy parlament guruhining ijroiya qo`mitasi:

- ish rejasi tayyorlaydi va uni tasdiqlash uchun taqdim etadi;

- ijroiya qo`mitaning har bir a'zosiga aniq ish jabhasini biriktirib qo`yadi;

- O`zbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhi a'zo bo`lgan parlamentlararo tashkilotlarning qarorlarini amalda ro`yobga chiqarish uchun chora-tadbirlar ko`radi;

- parlamentlararo tashkilotlar faoliyat ko`rsatishini ta'minlash uchun ma'muriy va moliyaviy masalalarga doir zarur chora-tadbirlar ko`radi hamda bu tashkilotlarning kotibiyatlari bilan muntazam aloqa bog`laydi;

- Parlamentlararo Ittifoq va boshqa parlamentlararo tashkilotlarning tadbirlarida qatnashish uchun Milliy parlament guruhi a'zolari yuborilishini ta'minlaydi, delegatlarning vazifalarini belgilab beradi, ishlarida ko`maklashadi hamda tadbir o`tkazilayotgan mamlakatda bo`lishlari bilan bog`liq barcha zarur choralarni ko`radi;

- qabul qilingan qarorlar yuzasidan Milliy parlament guruhining tutadigan mavqeini belgilaydi, ana shu mavzular bo`yicha materiallar (bayonnoma, rezolyutsiya loyihasi, qo`shimchalar, tuzatishlar) taqdim etadi, hukumat tasarrufidagi va hukumat tasarrufida bo`lmagan tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashish zarurligi to`g`risida qarorlar qabul qiladi;

- kundalik faoliyatga doir masalalarni o`rganadi va parlamentlararo tashkilotlarning faoliyatiga, ustavi, tuzilishi va budjetiga o`zgartirishlar kiritishga, ular o`tkazadigan tadbirlarning kun tartibiga qo`shimcha bandlar kiritishga doir takliflarni ilgari suradi;

- parlamentlararo uchrashuv o`tkaziladigan mamlakat parlamenti rahbariyati va delegatsiyasi bilan ikki tomonlama aloqalar o`rnatadi.

Parlamentlararo tashkilotlarning qarorlaridan Milliy parlament guruhi, shuningdek, zaruratga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti va hukumati ham xabardor etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining parlamentlararo tadbirlarida ishtirok etayotgan delegatsiyasi yozma ravishda hisobotlar tayyorlaydi va ijroiya qo`mitasining majlislarida, zaruratga ko`ra parlament guruhining umumiy yig`ilishlarida axborot beradi.

O`zbekiston Respublikasining parlamentiga navbatdagi saylov o`tkazilganidan keyin Milliy parlament guruhining yangi tarkibi tuzilib, uning umumiy yig`ilishida ijroiya qo`mitasining yangi a'zolari saylangunga qadar avvalgi tarkibdagi ijroiya qo`mitasi o`z ishini davom ettiradi.

Ushbu qoidalarga doir har qanday tuzatish umumiy yig`ilishda ovoz berish yo`li bilan qabul qilinishi lozim.

Parlament guruhining barcha a'zolari kiritiladigan tuzatishlar bilan ular yig`ilishda muhokama qilinishidan oldin tanishib chiqishlari lozim.



Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish