Egri soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o’lchamining birligiga) va foizli
(tovarning narxiga muayyan hissada) bo’ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko’proq
foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko’payadi. Soliq
stavkalarining oshirilishi ularning tovarlarning narxidagi hissasining ortishiga olib
keladi. Egri soliqlar aktsizlarni, davlatning fiskal monopoliyalarini va bojxona
bojlarini o’z ichiga oladi. Aktsizlar undirilish usuliga qarab yakka tartibdagi (pivoga,
shakarga, benzinga va hokazo) va universal (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqalar)
turlarga bo’linadi. Ular asosan xo’jalik aktlaridan va aylanmalardan, moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi.
Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab
o’zgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib
turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan edi. 20-yillardan boshlab ko’pgina
mamlakatlarda to’g’ri soliqlar ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon
urushidan so’ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida to’g’ri soliqlar alohida
ahamiyatga ega bo’lib qoldi, daromad solig’i va korporatsiyalarning foydasidan
olinadigan soliq ular ichida asosiy o’rin tutardi.
Yuqoridagilardan kelib chikib, xulosa kilganimizda, to’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to’lovchisi xam bitta shaxs hisoblanadi.Egri soliqlarning huquqiy to’lovchisi mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko’rsatuvchilar, haqiqiy to’lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.
Respublikamizda amal kilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki
maxsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali
davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari moliyalashtirishga yunaltiriladi.
So’ngi yillardanto’g’ri soliqlarning salmog’i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, egri soliqlar salmog’i oshgan. Bu erda hozirgi sharoitda to’g’ri tendendiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to’g’ridan- to’g’ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi.
To’g’ri soliqlar salmog’i YaIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi. Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog’i ham ancha oshmoqda. Ular er, suv, va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Soliqlarning roli yuqoridagi jadvalda o’z ifodasini topgan. Ma’lumotlar shuni qo’rsatadiki, 1991 yilga qaraganda 2002 yilda YaIM tarkibida jami byudjetga tushumlar salmog’i kamaygan. Lekin to’g’ri va egri soliqlar salmog’i ancha oshgan. 1991 yillarda resurs to’lovlari umuman bo’lmagan bo’lsa, 2002 yilga kelib ularga tushum YaIM ning 4% ni tashkil qilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amal qilayotgan to’g’ri va egri soliqlar tarkibiga quyidagi soliqlar kiradi Agar bir davlatda ayrim soliqlar harakati jarayonida: ma’lum bir respublika va mahalliy byudjetga biriktirilgan bo’ladi, ayrimlari esa, byudjetlarni tartibga solib turadigan soliqlarga bo’linadi.
Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va to’lovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga ko’ra ham ikki guruhga bo’linadi:
1. Umumiy soliqlar-respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;
2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yoki ob’ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning o’rni va ahamiyatini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin. Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog’i yuqoridagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi. Yuqoridagi ma’lumotlar tahlil qilinganda yuridik shaxslar soliqlari va boshqa to’lovlari byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etishi ko’rinadi. Bu soliqlar davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishda mustahkamlikni, uzviylikni ta’minlaydi. Bu soliqlarsiz byudjetni rejali moliyalashtirishning iloji yo’qdir. Shuning uchun ularning ahamiyati byudjet daromadlarini shakllantirishda beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |