Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan)
kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli
qog’ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa
tortish mol-mulkning kadastr bo’yicha aniqlanadigan o’rtacha daromadliligi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi
shaxsiy soliqlarga o’tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham,
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo’yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to’lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy
soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi daromad solig’i, pullik sarmoyalardan
tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o’sishidan olinadigan soliq,korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg’a qilishdan
olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliq va
hokazo.
Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va
xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki
xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo
qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo’lib qoladi.
Egri soliqlar to’g’ri soliqlardan farqli ravishda to’lovchining daromadi yoki mol-
mulki bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi.
Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek xizmat ko’rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo’ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to’lovchisi bo’ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko’rsatadigan shaxs aslida soliqni yig’uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo’shiladi.
Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish
bo’yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak
bo’lganida va talab barqaror bo’lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning
ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to’lanadi. Egri soliqlarning asosiy
to’lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo’ladilar.
Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o’z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to’laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo’lgan tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |